Sh tartibi reja
Birinchidan, fikr olingan manbani, tadqiqotchi kimlarning g'oyalari va materiallariga tayanib ishlayotganligini bilish uchun
Download 30.42 Kb.
|
3 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy ishda havolalar quyidagi hollarda beriladi: a) Biror tadqiqotchi
Birinchidan, fikr olingan manbani, tadqiqotchi kimlarning g'oyalari va materiallariga tayanib ishlayotganligini bilish uchun kitobxon bob (asar) oxiriga qayta-qayta murojaat etishi zarur. Ikkinchidan, bunday tizimdan foydalanish muallifdan katta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Zeroki, bitta raqamdagi xato manbani tamoman o'zgartirib yuboradi. Ilmiy ishda esa bu nafaqat qo'pol xato, balki salaflarga hurmatsizlik deb ham sanaladi.
Havolalarni uchinchi usulda (asar muallifi va uning bosilgan yiliga ishora etuvchi qisqartma bilan berish yo'li) ilmiy ishlarda eng qulay va tejamkordir. Bu usuldan havola berishning to'rtala turida ham bemalol foydalanish mumkin. Bu usuldan foydalanganda manbaning shartli qisqartmasi yo ishning boshida - shartli qisqartmalar bo'limida, yoki ishning oxirida "Foydalanilgan adabiyotlar va ularning qisqartmalari" - qismida to'liq ochib boriladi. Bunday qism ilmiy tadqiqlotda, xususan, dissertatsiyada "Adabiyotlar ro'yxati" zaruriy qismi o'rnini ham bosadi. Ilmiy ishda havolalar quyidagi hollarda beriladi: a) Biror tadqiqotchi (muallif)ning asari, ma'ruzasidan ma'lum bir fikr, izoh yoki ma'lumot aynan keltirilganda. Bunda bu olinma ko'chirma gap sifatida imlo qoidalariga mos ravishda berilgani ma'qul va oxirida olinma manbayi ko'rsatilishi shart. Bunday olinma bitta atama, bir-ikki so'z birikmasi yoki gap hajmida ham, katta (ba’zan bir-bir yarim bet) band (yoki abzaslar)dan iborat bo'lishi ham mumkin. Bunday olinmada tadqiqotchi olinmaning ma'lum bir qismini tushirib qoldirsa, o'sha o'rin ko'p nuqta (...) bilan belgilanadi; bir qismini alohida bo'rttirib (kursiv, ajratilgan harf, ostiga chizish v.h. usulda) ajratsa, olinma ichidagi izohda ko’rsatilishi lozim. b) Tadqiqotchi o'z fikrini bayon qilayotganda boshqa tadqiqotchilarning ismi sharifini tilga olib, ularning materialiga tayanib tahlil olib borayotganligini eslatganda ham manbalarga havola berishi zarur. d) Tadqiqotchi biror hodisa (voqea) tavsifini berayotganda o'zgalarning ishidan olgan (o'zlashtirgan) ma'lumotlarni alohida ta'kid bilan ajratmay, o’z nutqiga singdirib borgan hollarda o'zlashtirilgan ma'lumot manbayi shu ma'lumotdan keyin ko'rsatilishi zarur. Ilmiy havola ilmiy haiollik belgisidir. Havolalar orqali tadqiqotchi o'z salaflari bilan bog'lanadi, ularning xizmatini tan oladi, kimlarning yelkasida turib tadqiq olib borayotganligini e'tirof etadi. Lekin havolalarning haddan tashqari ko’pligi ham ijobiy hodisa sanalmaydi. Ayrim hollarda bir fikr o'nlab tadqiqotchilarning ishlarida keltiriladi. Keyingi tarqiqotda bu manbalarning barchasini keltirish shart emas. Bunday holda shu fikrni birinchi bo'lib asoslagan olimning ishiga havola yetarlidir. Har bir fanda o'zining akseomalari - isbotsiz qabul qilinadigan, haqiqat deb sanaladigan fikr va talqinlari mavjud. Shunday ilmiy fikrga havola zarur emas, lekin bu fikr shubha ostiga olinsa, inkor yoki tanqid etilsa, havoia zarur. Download 30.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling