Mustahkamlash uchun topshiriqlar: Quyidagi matnlarni o‘qing va
rasmiy-idoraviy uslubning qaysi turiga kirishini ayting va mazmunini esda
saqlang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
1-modda: O‘zbekiston suveren demokratik respublika.
4-modda: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
10-modda: O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika va
Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
18-modda: O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega bo‘lib jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar.
41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy bilim
olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
48-modda: Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa
kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga
majburdirlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
F A R M O N I
Nukus shahrini
“DO‘STLIK”
Ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan
munosib hissasi, murakkab ekologik sharoitga qaramasdan, hayotning
ko‘plab sohalarida yuqori natijalarga erishayotgani, yurtimizda yashayot-
gan barcha millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash,
milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitish, yosh avlodni Vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida shahar ahli amalga
oshirayotgan katta ishlarni inobatga olib hamda 70 yilligi munosabati bilan
Nukus shahri “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
2003-yil 11-sentabr PF 331
77
76
Do'stlaringiz bilan baham: |