Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- OMMABOP NUTQ USLUBI, UNING XUSUSIYATLARI
- Topshiriq
MEN SEVGA N DASTUR
I . Menga yoshlar teleradiokanalining har kuni tongda beriladigan yo‘l- yo‘lakay ko‘rsatuvi juda yoqadi. Chunki, u ko‘ngilochar ko‘rsatuv hisablanib, bir nechta rubrikalarga bo‘lingan. Har biri alohida mavzuni hikoyo qiladi, bashlovchidan tortib har bir ishtirokchigacha tomoshabinni o‘ziga mahliyo qiladi. Turfa xil ma’lumot va yangiliklar odamni hayratga soladi. Tanlangan mavzular, ularning dolzarbligi va uni boshlovchilarning bayonlash usullari bu ko‘rsatuvlarni har kuni ko‘rishga chorlayveradi. Mavzular hayotiy vaqea- hodisalarga asoslanib tanlangan. Jurnalistlarning imidji ham o‘ziga xos. — O‘zbekcha o‘qishga qiynalmaysizmi? — Deyarli qiynalmayman. OMMABOP NUTQ USLUBI, UNING XUSUSIYATLARI Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televidenieda ishla- tiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta-jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplar, yoyiq undalmalar, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi. Topshiriq: Berilgan matnlarni ifodali o‘qib, ommabop uslubga xos xusu- siyatlarni aniqlang. MUZEYDAGI MASHG‘ULOT BILIMLARNI BOYITDI O‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, bilimlarini oshirishda sayohat darslari, muzeylarda olib borilgan mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega. Bu kabi amaliy tadbirlarni uyushtirish o‘qituvchidan mas’uliyat talab etadi. — Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning 570 yillik yubileyi arafasida o‘quvchilar bilan navbatdagi darsni ulug‘ shoir nomi bilan ataluvchi adabiyot muzeyida o‘tishni rejalashtirdim, — deydi poytaxtimizning Olmazor tu- manidagi 119-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Muharram Erka- bayeva. —Avval o‘quvchilarga shoir ijodi va faoliyati, asarlarini kitobdan topib o‘qishlarini, ruboiy va g‘azallaridan yod olishni vazifa qilib berdim. Muzyega tashrif buyurganimizda o‘quvchilarning yuzida mamnunlik hissini ko‘rdim. Muzey eksponatlari— Navoiy hayoti va ijodiga oid suratlar, asarlar va ularga ishlangan miniaturalar o‘quvchilarning ulug‘ alloma haqidagi bilimlarini boyitdi. Muallima amaliy mashg‘ulot davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, shoir ijodidan namunalar yod o‘qib berishganini alohida ta’kidladi. “Ma’rifat” gazetasidan 73 72 nu+kas” to‘qqiz kishi degan ma’noni bildiradi. Nukuslilar asli mo‘g‘ul qabilasi bo‘lganini e’tiborga olsak, bu etnonimning etimologiyasi haqidagi fikrlar uzil-kesil hal bo‘lmagan deyish mumkin. Toponimika: O‘quv qo‘ll./ S.Qoraev- T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2006. 153-bet. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maydoni 166,6 ming kvadrat kilometr, aholisi 1mln 530,2 ming kishi. Poytaxti — Nukus shahri. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy sohilida joylash- gan. Respublika hududida 15 tuman (Amudaryo, Beruniy, Bo‘zatov, Kegeyli, Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qanliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot), 12 shahar, 16 shaharcha bor. Qoraqalpog‘iston hududi geografik jihatdan Qizilqumning shimoli-g‘ar- biy qismi, Usturt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasidan iborat. Orol dengizining janubiy qismi ham Qoraqalpog‘iston hududida. Ayrim tog‘li joylari ham bor. Ulardan eng kattasi Sulton Uvays tog‘ tizmasidir. Toponimika: O‘quv qo‘ll. /S.Qoraev. T.: ”O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, 2006. 150-bet. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling