Shahar yo‘llari va ko‘chalarining arxitektura landshaft yechimlari
Shahar yo’llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash
Download 384.09 Kb.
|
1 Mavzu “Shahar yo‘llari va ko‘chalarining arxitektura landshaft
Shahar yo’llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash
to’g’risida umumiy ma’lumotlar Hozirgi avtomobil yo’llarini arxitektura-landshaft loyihalash tushunchasi birdan paydo bo’lmagan. Yo’lga estetik ko’rinish berish inson hayoti rivojlanishining uzoq vaqt davom etgan jarayonida va u yaratgan material dunyosida shakllanib borgan. Umuman yo’lning landshafti to’g’risidagi tushuncha nisbiy tavsifga ega. U tarixiy davrga bog’liq holda o’zgarib turadi va har xil halqlarda har xil ko’rinishda bo’ladi. Shu bilan birgalikda landshaft estetik loyihalashning umumiy asosir. Bu inson tomonidan qadimgi davrda shakllantirilib, hozirgi vaqtgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunda yo’lni landshaftli estetik loyihalashning uchta jihati mavjud: yo’lning xusni (chiroyi) va undan olinadigan foyda uning funksional-estetik maqsadliligi; yo’lning tashqi ko’rinishi, obyektning fazoda arxitektura estetikasi; yo’lda harakatlanganda olinadigan xissiyotlarning yig’indisi deb tushuniladigan yo’lning xusni (chiroyligi), yo’l atrofining xusni. Bu keltirilgan estetik jihatlar toza «ideal» ko’rinishda mavjud emas. Ular o’zaro birlashadilar va bir birlarini boyitadilar. Ammo tarixiy tahlillar inson sivilizatsiyasining qadimgi rivojlanish bosqichida ularning mavjud bo’lganini ko’rsatadi. Qadimgi yo’llar takomillashgan obyekt hisoblanmagan – ularda harkatlanish ko’pincha qiyin va xavfli bo’lgan. Yo’lda yuruvchi yo’lovchining harakati yyengil va tez bo’lishi – yo’lning sifatiga: uning kengligiga, ravonligiga, to’siqlarning borligiga, dam olish imkoniyatiga, tunash joyiga, suv manbalariga bog’liq bo’ladi. Qadimda, Assiro-Vavilonda, qadimgi Hindistonda, Gretsiyada, Xitoyda yuzaga kelgan mifologik manbalarda yo’lga tegishli bo’lgan «to’g’ri», «keng», «tog’li» atamalarni uchratish mumkin. Shunday qilib qadimda yo’lning sifati to’g’risida texnik deb ataluvchi ideal-abstrakt tushunchalar tug’ilgan: ya’ni uning to’g’riligi, kengligi, qoplamaning ravonligi, yo’lda toshlar yoki boshqa buyumlarning bor yoki bo’lmasligi. Ammo qadimda bunyod qilingan, ya’ni qurilgan yo’llarni hozirda «obodonlashtirish» deb ataluvchi atamasiz tafakkur qilib bo’lmaydi. Eng qadimgi yozuvlarda yo’l to’g’risida, shuningdek yo’lni obodonlashtirish usullari, ularning darajasi haqida to’g’ridan-to’g’ri ma’lumotlar keltirladi. Bu ma’lumotlar bizning eragacha bo’lgan 1299 yilda yashab o’tgan Misr fir‟avni Ramzes II ga tegishli bo’lib, unda yo’lni obodonlashtirishga katta e‟tibor berilgan. Yo’lning amaliy va estetik sifati ko’p holatlarda uni texnik jihatdan ko’rilayotgan davr uchun transport turiga bog’liqdir. Birlamchi yo’llar yoki yo’lovchi yo’lakchalari joyning relyefiga uzviy bog’liq, ular sun‟iy shaklda bir biridan ajralib turmagan. Ammo g’ildirakli transportning paydo bo’lishi bilan (Shumer, 6000 yil avval) ayrim hududlarda bo’ylama qiyalikni ko’tarmalar, ya’ni sun‟iy yo’l qurish bilan o’zgartirishga to’g’ri kelgan. Bunday ko’tarmalar qadimgi Mesopotamiyada, Persiyada va boshqahududlarda qurilgan, ammo yo’l umuman muhandislik inshooti sifatida ko’rilmagan. Sifatli o’zgarish bizning eradan avval IV-II asrda qadimgi Rimda ro’y bergan. Bunda yo’lga landshaft bilan uyg’unlashgan holda sun‟iy shakl berilgan. Yo’lni to’g’ri qilib qurishga, toshli qoplama yoki qum bilan qoplashga harakat qilingan. Agar jar yoki kichik daryochalar uchrasa, ularni ko’prik qurish bilan o’tilgan, ko’tarmalar qurilgan, ularga tekislash bilan estetik chiroy berilgan. Arxitektura-qurilishga oid «Yo’lning xusni (chiroyi)» degan tushuncha shakllangan, inson qo’li bilan yaratilgan sun‟iy inshootlar barpo bo’lgan. Takidlash kerakki, Rim yo’llarining to’g’riligi faqat aloqani tezlashtirish bo’lib qolmasdan (harbiy-strateg, pochta aloqasi), rim transportining xususiyati bilan bog’liq bo’lgan. Qadimgi rimliklarda g’ildirakli aravalarda buruvchi o’qlar bo’lmagan. Inson inshootlarning qurilishi va o’zining ishlash faoliyati davomida, landshaftning inshootlar bilan garmonik uyg’unlashuvining yaxshilanishi va aksincha yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Relyefning bir tekis o’zgaruvchi shaklini hisobga olmasdan o’tkazilgan yo’l, trassa va yon qiyalik tekisligi, shuningdek yo’l poyining to’g’ri geometrik shakli sun‟iy va qo’pol ravishda landshaftni buzib, uni begona tana kabi ko’rsatishi mumkin. Trassaning o’tishida landshaft elementi bilan uyg’un bo’lmagan hududlarga misol qilib tepaliklarni mayda o’ymalar bilan kesib o’tuvchi, bo’ylama qiyaligi doimiy bo’lgan yoki o’rmon massivlarining uzun to’g’ri qilib o’tkazilgan hududlarni ko’rsatish mumkin. To’g’ri chiziqli loyihalangan yo’lga qo’shimcha elementlar kiritib, landshaftni yaxshilash va har xil ko’rinish berish mumkin, agar bu elementlar amaldagi landshaft bilan uyg’unlashgan yangi elementlar bo’lsa. Misol tariqasida chuqur vodiylarni kesib o’tuvchi chiroyli ko’priklarni ko’rsatish mumkin. Bir xil ko’rinishga ega bo’lgan tumanlarda o’simliklar ekib, ko’kalamzorlashtirilgan qirg’oqli suv havzalari qurib, uni jonlashtirish maqsadga muvofiqdir. Landshaft bilan juda yaxshi uyg’unlashgan yo’lni loyihalash – yo‘lni Download 384.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling