Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti pedagogika
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
2 КУРС КРЕАТИВ ПЕДАГОГИКА МАЖМУАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Tayanch tushunchalar
14 Nazorat savollari: 1. “Kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? 2. “Kreativ pedagogika”ning maqsadi nimadan iborat va u qanday vazifalarni hal qiladi? 3. “Kreativ peagogika”ning obyekti va predmetini nima tashkil etadi? 4. “Kreativ pedagogika”ning asosiy kategoriyalari qaysilar? 5. “Kreativ pedagogika” qanay fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi? 6. Kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qanday ilmiy-tadqiqot metodlari qo‘llaniladi? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Barisheva T.A., Jigalov Y.A. Psixologo-pedagogicheskiye osnovi razvitiya kreativnosti – SPb.: SPGUTD, 2006. 2. Bashina T.F., Ilin YE.P. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – CPb.: Piter, 2009. 3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. 4. Sirotyuk F.S. Diagnostika odaryonnosti / Ucheb.posobiye. – M.: Direkt-Media, 2014. – 1229 s. 5. Utyomov V.V., Zinkovkina M.M., Gorev P.M. Pedagogika kreativnosti: prikladnoy kurs nauchnogo tvorchestva / Ucheb.posboiye. – Kirov: ANOO “Mejreginalno‘y SITO”, 2013. – 212 s. 15 Ma’ruza 3-Мavzu: Kreativ ta’lim muhiti: mohiyati, xususiyatlari Reja 1.Kreativlik va pedagogik kreativlik tushunchalariing mohiyati 2.Pedagogning kreativlik potensiyali 3.Pedagogmimg kreativlik potensiyali darajasini aniqlovchi mezonlar Tayanch tushunchalar: Me’yoriy hujjatlar, kreativ pedagogika”, kreativlik potensiyali, darslik, o’quv metodik va metodik qo’llanma, tavsiyanoma, lug’at, enstiklopediya, atlas, ish daftari Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati E.P.Torrens fikricha, “kreativlik”4 tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi. Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. O’qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So’nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. “Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 1) o’qituvchilar tomonidan o’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini o’rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o’zlashtirishga jalb etish; 2) o’qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g’oyalarga ega bo’lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo’l qo’yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan - muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; - farazni tekshirish va o’zgartirish; - qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; - muammo echimini 16 topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik. Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o’qituvchilar uchun qo’l keladi hamda talabalarda o’quv fanlarini o’rganishga bo’lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi6. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo’ladi. Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog’liq bo’ladi. Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti. Ko’z oldingizga ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o’ziga xos va qiziqarli tarzda jo’shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan o’qituvchini keltiring. U, garchi, o’zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasada, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi ta’lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni qo’llayotganligidan o’zi ham mamnun, qolaversa, talabalarning minnatdor bo’lishlariga erishmoqda. O’qituvchi ta’lim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha ko’p foydalansa, o’ziga va o’zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha ortadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling