Shakllanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
1-bobga xulosa
Bitiruv malakaviy ishining avvalida o‘zbek kompyuter lingvistikasining shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlariga to‘xtab o‘tilgan. Asosan, kompyuter lingvistikasi sohasida faoliyat olib borgan mutaxassislar va ularning ilmiy izlanishlari tilga olindi. Komputer lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini yaratishdir. U tilshunoslik bo‘limi sifatida yuzaga kelib, so‘ng fan sifatida shakllandi. Demak, aytish mumkinki, kompyuter lingvistikasi matnga kompyuter yordamida ishlov berish bilan bog‘liq vazifalarni bajaradi. Bitiruv malakaviy ishining ushbu bobida kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlariga ham alohida to‘xtab o‘tilgan, ma’lumotlar berilgan. Matnni avtomatik tahrir qilishning lingvistik bosqichlari haqida mulohaza yuritilgan bo‘lib, bu bosqichlarni amalga oshirishda tilshunosdan katta kuch va aqliy salohiyat talab etilishi bayon qilingan. Shuningdek, avtomatik tahrir bilan bog‘liq ravishda avtomatik tahlil dasturiga to‘xtab o‘tilgan. Zamonaviy texnologiyalarning kundalik turmushimizda muhim o‘rin egallashi va ilm- fanning rivojlanishi avtomatik tahrir va tahlilning ahamiyatini oshirmoqda.
34 Avtomatik tahlil faqat matnlardagi mexanik xatolarni bartaraf etibgina qolmay, matnning savodli yozilishini ham ta’minlaydi, matn kirituvchiga jumlada xato so‘z borligi haqida xabar berib, uni xatoni bartaraf etishga undaydi, natijada to‘liq lingvistik me’yorlar darajasidagi matnni yuzaga keltirishda vaqt tejaladi. Vazifalar ko‘lami bo‘yicha kompyuter lingvistikasida asosiy yo‘nalishlar belgilab olingan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda mutaxassislar samarali izlanishlar olib borishmoqda. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling