Shakllanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
II BOB.KOMPYUTER LINGVISTIK TA’MINOTIDA O‘ZBEKCHA MATN USLUBIGA XOS DOLZARB MUAMMOLAR 2.1 Avtomatik tahrir dasturlarida o‘zbekcha matn bilan bog‘liq muammolar O‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik ravishda tahrir va tahlil qilish dasturini yaratish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylangan 16 .Bunday dastur tizimining katta imkoniyat va yuqori sifati lingvistik modullarning mukammal ishlab chiqilgani bilan belgilanadi, ular o‘z navbatida dasturning bosqichlarini tashkil etadi. Lingvistik tahrir – bu turli ko‘rinish (ilmiy, badiiy, publisistik va rasmiy uslublar) dagi matnlarning orfografik, grammatik, stilistik hamda mantiqiy qurilishdagi xatolarni to‘g‘rilash degani. Matnlarni tahrir qilish ikki usulda amalga oshiriladi: 1. Inson tomonidan amalga oshiriladigan tahrir (bevosita tahrir – muharrirlik ishi).
16 AbjalovaM.A. Matnlarni avtomatik tahrir va tahlil qilish dasturining lingvistik bosqichlari//Yosh olim va talabalarning respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent-2015, 7-bet.
35 2. Zamonaviy texnika vositasida amalga oshiriladigan tahrir (bilvosita, ya’ni avtomatik tahrir). Keyingi paytlarda axborot almashinuvining jadallashuvi va ma’lumotlar ko‘lamining tobora kengayib ketayotgani sababli bilvosita tahrirga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Avtomatik tahrir kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishining biri bo‘lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari ( Microsoft Word, Excel, Wordpad, Lexicon) rivojlanishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Avtomatik tahrir deganda, kompyuterga kiritilayotgan matnning mexanik xatolari avtomatik tarzda to‘g‘rilanishi va xato ekanligi haqidagi signallarning foydalanuvchiga taklif etilishi nazarda tutiladi. Masalan, Microsoft Word dasturi asosida ingliz yoki rus tilida matn yozsak, unda so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar bo‘lsa, kompyuterning o‘zi ularning ostiga qizil yoki yashil rangli to‘lqinli chiziq chizadi; katta harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni kichik harf bilan yozsak, ularni avtomatik tarzda bosh harfga o‘tkazadi; bandlarni avtomatik tarzda raqamlab beradi; xatboshini o‘zi qo‘yadi va hokazo. Bu esa ishni osonlashtiradi. Biroq hozirgi paytga qadar mukammal avtomatik tahrir qiladigan lingvistik dastur yaratilmagan. Kompyuter tahrir dasturi tahrirga qisman yordam beradi, xolos. Aniqroq qilib aytganda, matnni sintaktik tahrir qilish dasturi hali yechimini topmagan. Sintaktik tahrirning murakkabligi shundaki, matnda ko‘chma ma’noli so‘zlar, iboralar, tagma’nolarga ega so‘zlar ishlatilishi mumkin. Matnlarni avtomatik tahrir qilishning mukammal va yuqori sifatli tizimiga erishish uchun unga kiritilayotgan matnlarni nafaqat orfografik va morfologik jihatdan, balki sintaktik (so‘z birikmasi va gap tahriri), semantik (matnda qo‘llanilayotgan tushunchalar tahriri) va pragmatik (tushunchalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va ularni qo‘llash maqsadi tahriri) tahrir qilish imkoniyatlarini yaratish lozim.
36 Matnlarni to‘liq avtomatik tahrir va tahlil qilish uchun dastur quyidagi modullarga ega lingvistik modullardan tarkib topishi lozim: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling