Shakllanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
Grafematik tahrir bosqichida matndagi xatboshi, raqam, punktuatsion va
boshqa ramziy belgilar aniqlanadi, ya’ni so‘z va so‘zshakllarga qadar tekshiruvni amalga oshiradi. Grafematik tahrir bosqichining maqsadi – matndagi eng kichik birliklarni ham aniqlash va tasniflashdan iborat. Bunday birliklarga quyidagilar kiradi: so‘z, xatboshi, tinish belgilari, sanalar, pul birliklarining ramzlari, so‘z-raqamli birikmalar, sonlar, IP-manzillar va fayl nomlari, telefon raqamlari. Grafematik tahrir ko‘p bosqichli tahrir qilish dasturining ilk bosqichi hisoblanib, u keyingi bosqichlarning to‘laqonli va samarali bo‘lishi uchun asos yaratadi.
so‘zshakllarni tekshiradi. Morfologik tahrirning maqsadi – faqat orfografik xatolarni tekshirishdan iborat, deb hisoblash uning vazifa ko‘lamini toraytiradi. Ushbu bosqichda kiritlayotgan so‘zshaklning qanday asosiy shakldan qaysi lingvistk parametrlardan yuzaga kelganini aniqlaydi. Bu keyinchalik bir so‘zning barcha shakllari ustida ishlashga emas, balki asosiy shaklning qanday lingvistik parametrlarni olish imkoniyatiga egaligi ustida ish olib borishga turtki beradi. Masalan, ot turkumidagi kitob so‘zining qanday shakl hosil qiluvchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni qabul qilishi hamda ularning kombinatsiyasini biriktirib, so‘zshakllarni hosil qilish imkoniyati, ya’ni parametrlari dasturning bazasiga kiritiladi. Natijada
egallanmaydi, balki asosiy shakl va unga birikishi me’yoriy hisoblangan lingvistik parametrlar kiritilib, hajm iqtisod qilinadi.
asosiy vazifasi so‘zlarning o‘rnini va ularning o‘zaro birikishini aniqlash hisoblanadi. Shu bois ushbu bosqichni tahrir bosqichi deb emas, balki
grammatik shakliga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunday hollarda so‘zlarni farqlash
37 uchun matn kiritiluvchiga shunday so‘zlar varianti ko‘rsatiladi va matn teruvchi so‘zlardan muvofig‘ini tanlab qo‘yadi. Ushbu jarayon morfologik tahrirda ham kuzatiladi. Ya’ni so‘zning xato yozilgani aniqlangach, matn teruvchiga tanlab qo‘yish imkonini beruvchi so‘zlar variantini taklif etadi. Sintaktik tahlilda asosiy maqsad so‘zlarning asosiy maqsad so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish me’yorlarini e’tiborga olishdir. Matnlarni grammatik tahrir qilishda (Grammar checking) kompyuterga kiritilayotgan matndagi gap strukturasining grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligini tekshiradi. Buning uchun dasturga gaplarning kombinatsiyalarini kiritish talab etiladi. Shunda gapni dastur kiritilgan ko‘plab me’yoriy kombinatsiyalar doirasida tekshiradi. Agar gap tuzilish kombinatsiyalariga muvofiq kelmasa, dastur uni xato deb hisoblaydi va foydalanuvchiga bu haqda xabar beradi. Grammar checking dasturida faqat grammatik me’yorlar emas, balki semantika, so‘zlarning ma’nosi hamda mantiqiyligiga ham e’tibor beriladi. Masalan, Qush uchmoqda. Odam uchmoqda. Devor uchmoqda gaplari Grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilgan, ya’ni ega+kesim munosabati mavjud (III shaxs, birlik). Ammo semantikasiga e’tibor bersak, gaplar xato tuzilgan. Chunki odamning qanoti yo‘q, faqat badiiy matndagina insonning uchishi uchishi haqida yozish mumkin. Matnlarni kompyuter vositasida qayta ishlashda ilmiy, rasmiy-idoraviy, axborot doirasidagi matnlar ham e’tiborga olinadi 17 .Keltirilgan devor uchmoqda gapining semantikasi esa noto‘g‘ri va gap hech bir uslubga mos kelmaydi. Chunki devor muqim bir joyda turuvchi, binoning, uyning tomini ko‘tarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik ko‘tarilgan qismi 18 . Matnlarni semantik tahlil qilish bosqichida tushunchaga ega so‘zning o‘rinli qo‘llanilayotgani tekshirib boriladi. Buning uchun dastur ta’minotiga tezaurus lug‘atlarni kiritish talab qilinadi. Tezaurus ( yunoncha thesaurus – xazina, boylik) lug‘atning o‘ziga xos maxsus ko‘rinishi bo‘lib, unda lug‘aviy
17 Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни автоматик таҳрирлашда услуб масаласи// Таълим тизимидаги ижтимоий-гуманитар фанлар, №2, Т.: 2013, 141-145-бетлар. 18 Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. Т., 2006., 588-б.
38 birliklar o‘rtasida semantik munosabat (sinonimlar, antonimlar, paronimlar, giponimlar, giperonimlar va boshqalar) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Zamonaviy texnologiyalarning kundalik turmushimizda muhim o‘rin egallashi va ilm-fanning rivojlanishi avtomatik tahrir va tahlilning ahamiyatini oshirmoqda. Avtomatik tahlil faqat matnlardagi mexanik xatolarni bartaraf etibgina qolmay, matnning savodli yozilishini ham ta’minlaydi, matn kirituvchiga jumlada xato so‘z borligi haqida xabar berib, uni xatoni bartaraf etishga undaydi, natijada to‘liq lingvistik me’yorlar darajasidagi matnni yuzaga keltirishda vaqt tejaladi. Bunday imkoniyatga erishish uchun, albatta, o‘zbek tili asosida ko‘p bosqichli avtomatik tahrir dasturining lingvistik ta’minotini mukammal darajada ishlab chiqish talab etiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling