Shakllanishi
ц harfi lotinga o‘tganda s
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
ц harfi lotinga o‘tganda skabi yoziladi, qachonki u so‘z
boshida, so‘z oxirida (hatto unlidan keyin kelsa ham), old qo‘shimchadan va undoshdan keyin kelsa. Faqat unlidan keyin kelsa
2) krilldagi e harfi lotinga o‘tganda ye kabi yoziladi, qachonki u so‘z boshida, unlidan keyin, ь (yumshatish) belgisidan keyin va ъ (ayirish) belgisidan keyin kelsa. Faqat undoshdan keyin kelsa e shaklida qoladi.
Ko‘rib turganimizdek, yuqoridagi holatlar e’tiborga olinadigan dastur- protsedurani tuzish uchun unga qadar ayrim shartlar ham mavjudki, ularning bajarilgan bo‘lishi bizning algoritm tuzish uchun tutgan yo‘limizga xalaqit bermasligi lozim. Transliteratsiya bilan bog‘liq muammolar hali talaygina. Masalan, yuklamalar, qatnashgan so‘zlarni o‘girishda ham jiddiy muammoga duch kelish mumkin. Xususan, “u” yuklamasini olib qaraylik. Krillda “Сену мен” kabi jumladagi “u” yuklamasi lotinga o‘tgana chiziqcha bilan yoziladi “Sen-u men” kabi. Vaholanki, yuklamasiz holda “u” bilan tugaydigan “буғу”, “урғу”
57 kabi mustaqil o‘zak so‘zlar ham mavjud. Xuddi shuningdek, “ю” yuklamasi ishtirok etgan so‘zlarda ham murakkabliklar bor. Masalan, “келдию кетди” birikmasi “keldi-yu ketdi” shaklida yozilishi kerak. Bunda birinchi holat uchun yozilgan algoritm ikkinchi holatni inkor qiladi. Yuqorida qayd etilgan ziddiyatli muammolar arab yozuvidagi matn transliteratsiyasida ham faol tus oladi. Ma’lumki, arab yozuvidagi tarixiy asarlarimizning aksariyati o‘sha zamondagi xattotlar tomonidan nasta’liq usulida bitilgan qo‘lyozmalardan iborat. Zamonaviy adabiyotlarda esa arab alifbosiga tegishli bosma harfalar nasx usuli bilan yasalgan bo‘lib, aynan mana shu harflarning har biri uchun kompyuterda maxsus kodlar mavjud. Kompyuterda matn bilan ishlash faqatgina kodlar sistemasidan foydalangan holatda tashkil etiladi. Har bitta harf yoki belgi uchun (hatto raqamlar ham) alohida bitta kod bilan ajratilgan. Intellektual uslubdagi matn transliteratsiyasini yaratishning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat: katta yoshdagi kishilar kompyuterga matn kiritish (yoki matnni o‘qish) chog‘ida krill imlosidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Demak, matnni avval krill imlosida kiritib, so‘ng lotin imlosiga avtomatik o‘girish ular uchun ayni muddao sanladi. turli joylarda lotin imlosida yozilgan matnlarda xatoliklar uchrab turadi. Bu holat imlo savodxonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
o‘zbek olimlarining krill imlosida yozgan noyob asarlari, shuningdek, arab yozuviga asoslangan o‘zbek tilidagi tarixiy asarlarning barchasi hali to‘la-to‘kis lotin yozuviga o‘girilmagan. Mana shu sabablarga ko‘ra o‘zbek alifbosi xususiyatlarini o‘zida keng mujassam ettirgan intellektual dasturlarni yaratish davr talabi hisoblanadi.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling