Shakllanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
Mirobod tum., Fayzobod ko‘ch., 2013-y kabi. Undov va so‘roq belgilaridan
ko‘chirma gaplarda his-hayajonni anglatishda va savol berishda foydalaniladi: O qanday baxt! – deb yuborasan kishi. U nima ham qilsin? Nimayam desin? Nimani tushuntirsin?. Misollardan ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan tinish belgilari hamma vaqt ham gapni tugallovchi belgi vazifasini bajarmaydi. Matnni bosh harflar masalasi ham muayyan muammoni yuzaga keltiradi. Sen bilmaysan, Asal judayam ajoyib(1). Biznikiga karimalar kelishdi (2). Bizga ma’lumki, Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Uyga kelib qarasam, dadam yerga bosh qo‘yib yotgan ekan (3). Pragmatika yoki kontekstning ishtirokisiz yuqorida keltirilgan misollardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday ma’noda kelayotganini anglash qiyin: 1-misolda asal so‘zi ismni anglatyaptimi yoki shirinliknimi? 2-misoldagi karimalar so‘zi Karima ismli qiz bilan birgalikdagi shaxslarni anglatyapti, ammo avtomatik tahrir dasturi ism kichik harf bilan yozilgan deya so‘zni xato hisoblaydi. 3-misolning 1-gapida Yer sayyorasi, 2-gapda esa ona zamin haqida fikr yuritilgan. Lekin sintaktikoldi tahrir jarayonida 1-gapdagi Yer so‘zi Yer sayyorasi tarzida yozilmagani uchun ushbu so‘zni ona zamin haqida fikr yuritilayotganini inobatga olib, xato sifatida ko‘rsatadi. Bu holda dasturning ma’lumotlar bazasiga quyidagi qoidalarni kiritish talab etiladi: 1. Turdosh otlar atoqli otlar vazifasida ham keladi yoki aksincha: turdosh ot atoqli ot. Ushbu qoidani muqim bo‘lishi uchun morfologik tahrir modullarida o‘zbek adabiy tilidagi turdosh va atoqli otlar guruhlari to‘liq va aniq ko‘rsatilishi lozim. 2. Atoqli otlarda shakl yasovchi qo‘shimchasi -lar qo‘shilganda atoqli otlar bosh harf bilan emas, kichik harf bilan yoziladi. Atoqli ot+lar= turdosh ot. 3. Har bir uslubning o‘ziga xos xususiyatlari dastur ta’minotiga kiritiladi. Kiritilayotgan ma’lumotlar asosida yozilayotgan gap qaysi uslubga xosligi avtomatik tarzda aniqlanadi, natijada gapda qatnashayotgan so‘zlar imlosi tekshiriladi. Masalan, yuqorida keltirilgan (3) misoldagi
53 1-gap ilmiy uslubga xos bo‘lib, unda ishtirok etayotgan Yer termini bosh harf bilan yoziladi. 2-gap badiiy uslubga oidligi uchun yer so‘zi kichik harfda yoziladi. O‘zbek tili agglyutinativ tabiatli til. Shu bois so‘zshakllar asos so‘zga affikslarning ketma-ket (asos + so‘z yasovchi affiks + so‘z shaklini hosil qiluvchi affiks + so‘z o‘zgartiruvchi affiks) birikishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, bil + im + don + lar + ga, stol + lar +dagi, xola + lar + im + niki + da kabi. Bir so‘zga affikslar va ularning kombinatsiyalari birikib kelishi natijasida minglab so‘zshakllar paydo bo‘ladi. Bunday ulkan hajmli so‘zshakllarni morfologik lug‘atda saqlash qiyin. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun tahrir dasturining morfologik lug‘atiga asos so‘zlar va fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar grammatik va semantik ma’lumotlari bilan biriktiriladi, affikslar esa parametrlari bilan biriktiriladi, ya’ni so‘zga qo‘shilib qanday ma’no ifodalashi, qanday turkumdagi so‘zlarga birikishi, qanday tur affikslari bilan birga kelishi ifodalanadi. Ushbu vazifa bajarilmasa, uy + dagi + lar + im
Yana bir muhim muammo tire va chiziqchani farqlashda ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, tire (–) tinish belgisi, chiziqcha esa (-) diakritik belgi hisoblanadi. Ikkisi hamo‘z vazifalariga ega. Ammo ba’zi matnlarda ikki belgining o‘rni almashtirib qo‘llanganiga guvoh bo‘lamiz. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun lingvistik ma’lumotlar bazasiga chiziqcha va tirening bajaradigan vazifalari algoritmi kiritiladi, shuningdek, chiziqcha bilan birikadigan qo‘shimchalar, juft va takror so‘zlar tayyor so‘zshakllar sifatida o‘rnatiladi. Matnda keltiriladigan raqamlar borasida ham muammolar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqidagi” qarori bilan qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 56-bandida shunday yozilgan: tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinf, 3-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari, 80-yillar,
54 1991-yilning 1-sentabri kabi 24 . Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlarida keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi. Demak, yangi o‘zbek alifbosi asosida yozilgan matnlarda yil va oy raqamlaridan so‘ng -(i)nchi ma’nosini ifodalash maqsadida chiziqcha (-) qo‘yiladi. Masalan: 2012-yil 18- aprel. Ammo bu qoida hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 55 yilligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganiga 25 yil to‘ldi. Xayrullaning sportda erishgan bu yutug‘iga 3 oy bo‘ldi. Misollardan ko‘rinib turibdiki, dasturning lingvistik ma’lumotlar bazasi yaratilayotganda yuqoridagi kabi istisnoli holatlar hisobga olinishi zarur. Buning uchun mavjud qoidaga biroz o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq: yil so‘zidan so‘ng bo‘ldi, to‘ldi so‘zlari kelganda yil so‘zidan oldin kelgan raqamdan so‘ng chiziqcha (-) qo‘yilmaydi. Har qanday dastur algoritm asosida ishlaydi, algoritmlar esa ma’lumotlar bazasiga tayanadi. Matnlarni qayta ishlovchi lingvistik dasturlar ham milliy tilning lingvistik qoidalariga suyanib tuzilgan algoritmlar asosida o‘z vazifasini bajaradi. Shuning uchun dastur tuzuvchilar tomonidan uning lingvistik ta’minoti mukammal qilinishi, har bir lingvistik tahrir bosqichining modullari ham lingvistik, ham pragmatik jihatdan aniq qoidalar bilan boyitilishi maqsadga muvofiq. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling