Shakllanishi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana05.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#212299
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
Abdurahmonova Sayyora

2-bobga xulosa 

Bitiruv    malakaviy    ishining    2-bobida    matnlarni    morfologik,  sintaktik  

jihatdan  tahrir  qilishning  lingvistik  modullarini  yaratish  mezonlari  haqida  fikr 

bildirildi.  Bundan    maqsad    esa    matnlarni    tahrirlovchi    dasturning    algoritmini  

tuzishda lingvistik  ta’minotni  yaratuvchi  tilshunosdan ishning  qaysi  jihatlariga  

ahamiyat  berish, ishni  optimal  ko‘rinishlarini  ishlab  chiqishda  istisno  holatlar  

bilan  ishlash  tamoyillari  haqida  tavsiyalar  berishdir. O‘zbek  tili  agglyutinativ  

til    bo‘lgani    bois  unda    bir    so‘zning    juda    ko‘p    so‘z    shakllari    mavjud. 

Shuningdek, kompyuterda mukammal  sintaktik  tahrir  jarayoni  amalga  oshishi  

uchun   o‘zbek    tili   lug‘atidagi    mavjud   so‘zlar    qanday    qo‘shimchalarni   qabul  

                                                           

24

O‘zbek  tilining  asosiy  imlo  qoidalari. –Toshkent, 1995. 




 

 

55 



qilishiga  ko‘ra  turkumlarga  ajratib  chiqilishi, so‘ngra  dasturga  joylab  chiqilishi  

lozim.  Ikkinchi    bobda    aynan    shu    jarayon    bilan    bog‘liq    mulohazalar    o‘z  

ifodasini  topadi.  

Shuningdek, matn  transliteratsiyasi  bilan  bog‘liq  masalaga  ham  to‘xtab  

o‘tilgan.  Matnni    lotin    alifosiga    o‘tkazish    bilan    bog‘liq    ishda    ta’minotchi  

zimmasiga  yuklanadigan  vazifalar, istisno  holatlarni  qay  tarzda  dasturda  aks  

ettirish  mumkin  degan  masalalar  o‘rtaga  qo‘yiladi. Shuningdek, mutaxassislar  

tomonidan   yaratilgan  o‘zbek  matnlari  uchun  xos  bo‘lgan  avtomatik  ro‘yxat  

tartiboti  bilan  bog‘liq  ish  topib   o‘rganilgan, tahlil  qilingan.   

Yuqorida    qayd    etilgan    masalalardan    tashqari    tilshunoslik    sohasida  

kompyuterdan    to‘liq    hamda    samarali    foydalanish,  ba’zi    ishlarni 

avtomatlashtirish    orqali    mehnat    unumdorligiga    erishish    borasida    olib  

boriladigan    tadqiqotlar    talaygina.  Jumladan,  mashina    tarjimasi,  avtomatik    til  

o‘rgatish,  mukammal    ko‘rinishdagi    elektron    lug‘atlar,  bilimlarni    baholashga  

doir  intellektual  dasturiy  ta’minotlarni  o‘zbek  tilida  yaratish  masalalari  shular  

jumlasidandir.    




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling