Shakllanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
XULOSA Kompyuter lingvistikasi masalalarining umumiy yo‘nalishlarini aniqlash shunisi bilan ahamiyatliki, ularning har biri amaliy jihatdan matn muammosiga borib taqaladi. G‘arb kompyuter lingvistikasi esa uzoq yillik tadqiqotlarga egaligi, ilmiy jihatdan ishlanganligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ishimizning avvalida kompyuter lingvistikasining yo‘nalishlari borasida amalga oshirilgan samarali ishlar o‘rganildi. Tabiiy tilning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, matn muammosiga oid bo‘lgan dasturlarning lingvistik ta’minoti tuzilgan ishlar puxta o‘rganib chiqildi. Kelgusida davom etadigan tadqiqot ishi uchun muayyan yo‘nalish belgilab olindi. Til
ijtimoiy hodisa. Shu sababli amalga oshiriladigan tahrir dasturi tildagi o‘zgarishlar oqibatida qayta ishlanishi yoki sayqallanib borishi natijasida mukammal holatga keladi. Chunki kommunikativ birlik hisoblanmish matn ham til bilan bog‘liq holda o‘zgaruvchandir.
65 O‘zbek tilidagi matnlarni kompyuterda qayta ishlashning (tahrirlashning) samaradorligini yanada oshirish uchun quyidagi murakkabliklarni amalga oshirish zarur: Matnlarni avtomatik (fonetik, semantik, grammatik) tahrir qilish. Internetda bajariladigan qidiruv tizimi orqali matnlarni saralashga yordam berishi uchun ularni mavzular doirsida tasniflash, guruhlash. Matn ustida texnik ishlarni (orfografik, stilistik, grammatik) amalga oshirish. Matnlarni kompyuter yordamida tahrir qilinishiga erishish. Tahrir qiluvchi dasturlarning lingvistik modullarini yaratish orqali ularning algoritmini tuzish. Lingvistik modular va tuzilgan algoritmlar lingvistik ta’minotining asosi sifatida xizmat qilishiga erishish. Lingvistik ta’minot orqalio‘zbekcha matnlarni avtomatik tahrir qiluvchi dasturni yaratish. Tahrirlovchi dasturni amaliyotda qo‘llash va qo‘llanish sohasini kengaytirish. Yuqorida keltirilgan mushohadalar va bugungi kunning talabiga binoan aytish mumkinki, o‘zbekcha matnlarni avtomatik tahrirlovchi dasturni yaratish o‘z amaliyotini kutayotgan muhim masala hisoblanadi. Kelajakda nafaqat imloni, balki matnni uslubiy jihatdan tekshiruvchi dasturlarni yaratish darkor. Bunday dasturlarni ishlab chiqish uchun til birliklarining fonetik, semantik, morfologik xususiyatlari bilan birgalikda sintaktik-valentlik xususiyatlari kiritilgan lingvistik ta’min yaratish kerak bo‘ladi.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling