Shakllanishi
“Writer H and X dasturining ishlash prinsipi va ahamiyati
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
3.2 “Writer H and X dasturining ishlash prinsipi va ahamiyati Bugun kompyuter lingvistikasi fani jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Ushbu fan doirasida “Avtomatik tahrir” yo‘nalishi ham shakllangan bo‘lib, unda asosan kompyuter vositasi orqali matn muharrirlaridagi xatolar tahrir qilinadi. O‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish bugungi kungcha inson mehnati bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Bu matnlarni tahrir qilishga ketadigan vaqtning oshishiga, iqtisodiy xarajatlarning ortishiga, inson tomonidan qilinadigan xatoliklarga olib keladi. Avtomatik tahrir dasturi
61 doirasida yaratilgan “Writer H and X” dasturi bu borada qilingan ishlarning amaldagi namunasi hisoblanadi. Bundan tashqari, biz Word dasturidagi matnlarni tahrir qiluvchi Writer H and X dasturi va uning imkoniyatlarini ko‘rsatib berishga harakat qilamiz. Ushbu dastur orqali matnda H va X harflarini almashtirib qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishimiz mumkin. Shu o‘rinda dastur imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim: Dastur bazasiga yangi so‘zlarni kiritish;
Dastur imkoniyatlarini kengroq ochishga xizmat qiladi. Yana shuni ham aytish kerakki dastur faqat lotin alifbosidagi sozlarni kiritish va tekshirishga mo‘ljallangan.
62 Mavjud so‘zni muqobili yoki to‘g‘ri variantdagisi bilan almashtirish; Lug‘at oynasi bilan ishlash;
miqdorda “Xx” va “Hh” harflari qatnashgan so‘zlarni kiritishimiz mumkin.
Word matn muharririda yozilgan matnlarni dastur yordamida tekshirish; H va X harflari xato qo‘llangan so‘zlar bilan tanishish; Dasturning afzalliklaridan yana biri shuki, dastur “X” va “H” harflari qatnashgan so‘zlarni avtomatik tarzda to‘g‘irlamay, balki xato yozilgan so‘zlarni user yani foydalanuvchiga ko‘rsatib beradi. Bu dasturning afzalliklaridan biridir desak xato bo‘lmaydi. Sababi, agar dastur user yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatmasdan to‘g‘irlab ketsa bu o‘sha xatolarga davomli
63 ravishda takrorlanishiga olib keladi. Bu esa savodsizlik darajasini oshirib yuboradi. Shu sababli ham dasturga xatolar bilan tanishish oynasi kiritilgan.
Yuqorida aytib o‘tilgan, Writer H and X dasturidan unumli foydalangan holda, o‘quvchi o‘zi tuzgan matnlarni dastur yordamida to‘g‘rilashi mumkin. Bunda o‘quvchilar bilimini kompyuter orqali odilona baholay oladi. Shu bilan birga, ushbu dastur o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega. Ushbu dastur ayniqsa mustaqil til o‘rganuvchilar uchun ham foyda beradi. Shunday ekan, biz bu dasturlardan samarali foydalanishimiz va
64 o‘quvchilar bilimini axborot kompyuter texnologiyalari (AKT) orqali mustahkamlashimiz kerak. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling