Shakllanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
III BOB O‘ZBEK TILI UCHUN AVTOMATIK TAHRIR DASTURLARINI YARATISHNING AHAMIYATI 3.1. Imlo qoidalarini o‘zlashtirishda kompyuter dasturlarining o‘rni va ahmiyati Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligining kompyuter lingvistik ta’minoti bilan bog‘liq hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muammoli masalalari mavjud bo‘lib, ularni ilmiy jihatdan hal etishda tilshunoslar hamda kompyuter dasturchilarining birgalikda, o‘zaro hamkorlikda ishlashi zarur bo‘ladi. Bu muammolardan biri imlo masalalarini o‘z ichiga qamrab oladi. 1-muammo: O‘zbek tili imlo qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan matn transliteratsiyasini yaratish masalasi.
56 Ayni vaqtda mamlakatimizda ikki xil yozuv parallel ravishda ishlatilmoqda: krill va lotin yozuvi. Xuddi mana shu ikkala yozuvdagi so‘zlarning turli shakllar bilan yozilishi transliteratsiya algoritmnida murakkab ko‘rinishni hosil qiladi. Masalan, сентябрь sentabr, бюджет budjet ,нуқтаи назар nuqtai nazar, мўъжиза mo‘jiza, 2015 йил 2015-yil. So‘zlarning bunday o‘zgarishlar bilan transliteratsiya qilinishi uchun tilshunoslikda ma’lum bir qonun-qoidalar kiritilgan, ayrim istisno holatlar mavjud. Mana shu istisno holatlar dasturchini tuzilajak algoritmga qo‘shimcha shartlarni kiritishga majbur qiladi. Bu esa algoritm tuzishdagi optimallik darajasining pasayishiga olib keladi. Masalan, krilldan lotinga o‘girish jarayonida birgina “ц” va “е” harflari bilan bog‘liq muammolarni ko‘raylik: 1) krilldagi
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling