Shakllanishi
gapirmoq bog‘lanmasida tez ravish hol bo‘lib keladi, bu – ravish uchun birlamchi sintaktik vazifa; tez odam
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
gapirmoq bog‘lanmasida tez ravish hol bo‘lib keladi, bu – ravish uchun
birlamchi sintaktik vazifa; tez odam bog‘lamasida tez ravishi sifatlovchi bo‘lib keladi, bu ravish uchun ikkilamchi sintaktik vazifa. Demak, biror so‘zni ma’lum bir turkumga mansub deyishda har qanday sintaktik vazifani emas,
20 Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни компьютер воситасида таҳрир қилиш дастурининг лингвистик таъмини// Магистр илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация// Тошкент-2011, 56-бет.
47 balki so‘zning semantik- grammatik tabiatiga mos sintaktik vazifani asosga olish zarur. Ingliz tilida ot ham, sifat ham (hatto ba’zi boshqa turkum so‘zlari ham) turlanadi, lekin bu umumiylikka qaramay, ot bilan sifat o‘z-o‘zidan farqlanadi, chunki har ikki turkumning o‘ziga xos turlanish paradigmasi bor. Ot bilan sifat o‘zbek tilida morfologik ko‘rsatkichlar asosida ajralib turadi. Ba’zi turkumlarni ajratishda asosiy mezon bo‘lib semantik belgi xizmat qiladi. Masalan, olmoshlarning turlari shakl ko‘rsatkichlari va sintaktik vazifa jihatidan o‘zaro keskin farqlanadi, lekin ularning barchasi semantik belgi – leksik ma’no anglatmasligi, balki leksik ma’no anglatadigan birliklarning o‘rniga almashinib kelishi asosida bir turkumga ajratiladi. Ba’zi tadqiqotlarda semantik, morfologik, sintaktik mezonlar orasida eng qamrovlisi, hal etuvchisi semantik mezon ekani ayon bo‘ladi. Bu holat morfologik mezon ish bermagan o‘rinlarda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi. Semantik mezon deganda, leksik ma’no emas, balki shu leksik ma’no asosida mavjud bo‘ladigan turkumlar semasi nazarda tutiladi (turkumlik semasi kategorial ma’no deb yuritilishi ham mavjud). Yuqorida so‘zlarni turkumlarga ajratish bo‘yicha ba’zi umumiy mulohazalar bayon etildi. Bu mulohazalar har bir turkum doirasida yana to‘ldiriladi. Tadqiqot ishida 21 ot so‘z turkumi va fe’l so‘z turkumini formallashtirish bilan bog‘liq fikrlar bayon etilgan. O‘zbek kompyuter linvistikasi oldida ulkan vazifalar turibdi. Jumladan, 6 ta mustaqil so‘z turkumi (ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l), 3 ta yordamchi so‘z turkumi (bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama), alohida olingan so‘zlar turkumi (modal, taqlid, undov so‘zlar) so‘z-gaplar va aniq turkumga kiritilmaygan so‘zlar guruhi ajratiladi. Bunda so‘zlarning unli yoki undosh bilan tugaganligi
21 Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни компьютер воситасида таҳрир қилиш дастурининг лингвистик таъмини// Магистр илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация// Тошкент-2011.
48 e’tiborga olinadi. Chunki qo‘shimchalarning so‘zlarga qay holda birikib kelishi so‘z oxiridagi tovushga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, uy va aka so‘zlariga egalik qo‘shimchalarini qo‘shilishi bilan bog‘liq holatni olishimiz mumkin. Matn tahririni amalga oshiruvchi lingvistik bazani yaratishda har bir so‘zning qo‘shimchalar kiritilsa, katta yutuqlarga erishilgan bo‘lardi.Ammo bunga ko‘p vaqt, fizik mehnat talab qilinishini hisobga olgan holda ishning optimal varianti ishlab chiqiladi. Bunda har bir turkum doirasidagi so‘zlar, ya’ni turkum tarkibi ma’no guruhlariga ajratilgan. Shuni nazarda tutib, ot turkumidagi so‘zlarning semantikasi va affikslar kombinatsiyasini o‘ziga biriktirishdagi yaqinliklari hisobga olinib, ot turkumidagi so‘zlarning 23 ta ma’no guruhi keltiriladi. Namuna tariqasidaabsess so‘ziga affikslarning biriktirilgan holati keltiriladi. Dastlab so‘zning so‘zlar qatoridan tanlab olinishi, ikkinchi bo‘limda tanlab olingan so‘zning amalda o‘ziga biriktirishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalar kombinatsiyasi va uchinchi bo‘limda tanlab olingan so‘zga birikkan holati beriladi. Natija quyidagicha bo‘lgani kuzatilgan: Tanlab olingan so‘z: absess Qo‘shimchalar kombinatsiyasi: 129 ta Dasturga kiritilish holati: 130 ta (129+1 (o‘zak so‘z)). Ot turkumini modellashtirishda o‘zak so‘zlarga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalar beriladi. Fe’l turkumi boshqa so‘z turkumlariga nisbatan boy va murakkab grammatik kategoriyalarga, formalar tizimiga ega. Ma’lumki, adabiyotlarda fe’llar kategorial va funksional formalarga ajratiladi. Kategorial formalar fe’lning ma’lum bir grammatik kategoriyasiga xos grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, nisbat, zamon, mayl, shaxs-son kategoriyalariga xos formalar kategorial formalar hisoblanadi. Avtomatik tahrir bo‘yicha qilingan tadqiqotda nisbat kategoriyasi, shaxs-son kategoriyasi, mayl kategoriyasining formallashtirilgan varianti keltirilgan. Fe’l turkumiga oid so‘zlarni formallashtirish algoritmi bilan tanishib chiqar ekanmiz, birgina uchra asosli fe’lga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan affikslar algoritmi keltiriladi. Fe’lga xos
49 kategorial ma’no hosil qilishda qo‘shiladigan affislar natijasida uchramoq fe’lining 60 ta shakli ishlab chiqiladi. Bu o‘zbek tilidagi birgina so‘zning fe’l shakllarini olgan algoritmidir. Vaholanki, bunday so‘zlar miqdoran juda ko‘p. Natijalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki,o‘zbek tilida matnni morfologik darajada tahrir qilishning lingvistik modulini yaratishda murakkab jihat so‘z shakllarining ko‘pligi. Bu esa so‘z shakllarini tildagi mavjud so‘zlarga biriktirishning optimal variantini ishlab chiqishni taqazo qiladi. Shuningdek, omonimlar masalasini hal to‘g‘ri hal qilish shu bosqichda amalga oshiriladi. Omonimiya hodisasini o‘rganishda har qanday tilda ko‘pgina muammolar yuzaga keladi. Ana shunday muammolardan biri omonimlarning manbasi bo‘lgan polisemiya hisoblanadi. Polisemiyani omonimlarning manbasi deb olish mumkinmi, polisemiya va omonimiya orasidagi chegarani qanday belgilash mumkin? Ba’zi tilshunoslarning qayd qilishicha, omonimlar tilning u yoki bu rivojlanish bosqichida kelib chiqishiga ko‘ra bir-biriga aloqador bo‘lmagan turli so‘zlarning talaffuzidagi tasodifiy o‘xshashliklardir. Aksariyat tilshunoslarning fikricha, etimologik, geterogen, ya’ni kelib chiqishi jihatidan turlicha bo‘lgan va tilning muayyan rivojlanish bosqichida faqat talaffuz jihatidan tasodifan mos bo‘lgan omonimlar bilan bir qatorda, gomogen, tarixiy yoki semantik omonimlar ham mavjud. Mazkur omonimlarning ma’nolari leksemalarning tarixiy rivojlanishi natijasida bir-biridan shunchalik uzoqlashib ketganki, tilning hozirgi davrida ularga bir-biri bilan bog‘lanmagan alohida leksik birliklar sifatida qaraladi. Bunday holatlarda omonimiyaning manbasi polisemiya sanaladi. Kompyuter intellectual sistemasidagi omonimiya masalasini tadqiq etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
o‘zbek tilidagi badiiy asarlarda, izohli lug‘atlarda va omonimlar lug‘atidagi omonim so‘zlarni ajratib olish; omonimlarning tarqalish darajasini aniqlash; omonimiyaning sistem xarakterini ochib berish;
50 omonimlarning simmetriya/asimmetriya (disimmetriya) jihatlarini ko‘rsatib berish;
omonimlarni so‘z turkumlariga ko‘ra tasniflash; matnlarni qayta ishlashda omonimlarni saralash; omonimlar matritsasini tuzish; omonimlarni modellashtirish. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish orqali, birinchidan, o‘zbek tilshunosligidagi omonimiyaning ilmiy-nazariy masalasiga aniqlik kiritiladi, ikkinchidan, o‘zbek tilining kompyuter sistemasidagi omonimiya bazasi yaratiladi. Uchinchidan, o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish, lug‘atlar tuzishda metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Avval barcha omonim so‘zlar, keyin ularning izohi ro‘yxatga kiritiladi. Anglatayotgan ma’nolari bo‘yicha so‘zlar tartiblab chiqiladi. Masalan: ot 1) ot (hayvon) –tulpor – horse; 2) ot (kishining nomi) – ism – name; 3) ot (ish-harakat) – uloqtirmoq – throw; 4) ot (so‘z turkumi) – so‘z turkumi – noun 22 .
arab raqamlari bilan belgilab chiqishni taklif qildi. Bu yo‘l ham o‘zini oqlaydi. Ammo bu masalani yechishda boshqa yo‘lni ham taklif qilish mumkin 23 . Ya’ni omonimlarni ular anglatgan ma’nolariga teng keladigan boshqa so‘zlarga almashtirish. Albatta, bunda barcha omonim so‘zlarga muqobil topilmaydi. Bu o‘rindao‘zbek shevalariga murojaat qilish ham mumkin. Agar muammo shu tartibda hal qilinadigan bo‘lsa, kompyuter lingvistikasi oldida ikkinchi bir masala ko‘ndalang qo‘yiladi. Ya’ni mashina bilan aloqa qiladigan iste’molchiga “Mashina tarjimasiga asoslangan o‘zbek
22 Po‘latov A.Q. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2011. –B.21 –22. 23 Rasulov N. Mashina tarjimasida omonim so‘zlarni muqobil so‘zlarga almashtirish masalasi (Lingvist V ). Toshkent: Akademnashr, 2011. –B.154 –155.
51 tilining izohli lug‘ati” zarur. Bu ish, o‘z navbatida, leksik sath islohidan so‘ng umumlashtirishni talab qiladigan hodisadir. Umuman olganda, leksik omonimlar muammosini bartaraf etishning barcha choralari to‘liq ko‘rilgan va bu ancha qiyin kechmaydigan jarayon desa ham bo‘ladi. Masalaning boshqa bir tomoni bizni qiziqtiradi. Matnlar bilan ishlaganda omonimlar izohli lug‘atida qayd etilmagan ba’zi omonimlik hodisasi tadqiqotchilarni o‘ylantirib qo‘ydi. So‘zlarga morfemalarning qo‘shiluvi bilan yuzaga chiqadigan omonimlik bu jihatdan fikrimizga isbot bo‘ladi. Masalan, qor + tushum kelishigi = qorni // qorin + egalik qo‘shimchasi = qorni; yaralmoq + sifatdosh = yaralar// yara + ko‘plik qo‘shimchasi = yaralar. Bu kabi omonimlarni bartaraf etish kompyuter tilshunoslari oldida turgan muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Sintaktikoldi tahrir jarayoni matnni sintaktik tahrir bosqichiga tayyorlab berish vazifasini bajaradi. Ushbu jarayonda murakkab tarkibli birliklar bo‘laklarga ajratilib tahlil qilinadi, sodda birliklar esa ma’no jihatdan guruhlashtiriladi. Bu jarayonni inson miyasida soniya ichida turli fikrlarning aylanishiga o‘xshatish mumkin, zotan, sintaktikoldi tahrir jarayonining borishi ko‘zga tashlanmaydi, u faqat dastur tizimida lingvistik ma’lumotlar asosida olib boriladi. Sintaktik oldi tahrir jarayoni, birinchi navbatda, matndagi birliklarni: gap, alohida kelgan so‘zlar va tinish belgilarini aniqlab oladi. Mashina tarjimasi tizimidan farqli o‘laroq, ushbu jarayonda dialogik havolalar, kirish gaplar va birikmalar e’tiborga olinmaydi. Har bir punktuatsion va raqamli birliklarni, turli belgilarni tekshirish, grafematik so‘zshakllarini tahrir qilish morfologik tahrir bosqichining vazifasi hisoblanadi. Sintaktikoldi tahrir jarayonida shunday muammolar yuzaga keladiki, ularni lingvistik yondashuv orqali yechish mumkin. Odatda, gap nuqta, undov belgilari bilan, ayrim hollarda ko‘p nuqta bilan tugaydi. Ammo aynan shu belgilar gap o‘rtasida ham qo‘llaniladi. Nuqta ko‘p hollarda qisqartmalarda ishlatiladi: h.k., va boshq., K.R.Rahimov., Toshkent sh., |
ma'muriyatiga murojaat qiling