Shamol, oqar suvlarning geologik ishi


Download 430 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2023
Hajmi430 Kb.
#1230632
1   2
Bog'liq
Bulutlar shaklini aniqlash va yo`nalish tartibi. Bulutlar balandligini aniqlash. Bulutlar atlasi

kondensatsiya sathi de­yiladi.

Yuqorida aytganimizdek quruq va suv bug‘iga to ‘yinmagan havo 


ko‘tarilayotganida uning harorati har 100 m balanlikda 1°C ga pasayadi
lekin havo suv bug‘iga to‘yinganidan keyin (kondensatsiya sathi) haro- 
ratning pasayishi kamayadi. Atrofni o ‘ragan atmosferada ham harorat 
yuqoriga chiqqan sari o ‘rta hisob bilan har 100 metrda 0,6°C ga pasayib 
boradi.

Havo suv bugMga to‘yinganidan keyin ham birmuncha balandlikka 


ko‘tariladi. Havoning bunday ko‘tarilishi atrofni o ‘ragan va 

ko‘tarilayotgan havoning haroratlari bir xil boMguncha davom etadi.


Yuqoriga ko‘tarilayotgan havo harorati, atrofdagi havo harorati bi­
lan bir xil boMgandagi balandlikni 

konveksiya sathi deyiladi. 
Konveksiya sathida havoning ko‘tarilma harakati to‘xtaydi. Bu ta’rifdan 
ko‘rinadiki, konveksiya sathi kondensatsiya sathidan ham yuqorida joy- 
lashadi.

Kondensatsiya sathini quyidagicha formula bo‘yicha aniqlash 


mumkin:

hk =\22{t-td), 
(6.4)

bu yerda: t va td - yer yuzasidagi havo harorati va shudring nuqtasi, 

hk-kondensatsiya sathi balandligi.
Bulut tarkibida o ‘ta sovigan tomchilardan tashqari muz kristallari 
ham paydo b o ia boshlagan balandlikni 

muzlash sathi deb aytiladi. 
Harorati 0°C ga teng izotermani 


nolinchi izoterma deyiladi, yer sirtidagi 
havo harorati musbat boMganda nolinchi izoterma yer sirtidan biror 
balandlikda joylashadi.
Bulutlaming balandligi va tuzilishi kondensatsiya, nolinchi 
izoterma, muzlash va konveksiya sathlarining qanday balandliklarda 
joylashishiga bogMiq. Kondensatsiya sathi bulutlaming pastki chegarasi 
bilan mos tushadi. Bulutlar kondensatsiya va nolinchi izoterma sath­
larining orasida suv tomchilaridan, ba’zi hollardagina eriyotgan qor 
uchqunlaridan iborat boMadi. Nolinchi izoterma sathidan yuqorida bu-
167

lutlar tarkibida o ‘ta sovigan tomchilar afzal ravishda mavjud. Muzlash 


sathi o ‘rta hisob bilan havo harorati -12 ° dan -19°C ga teng boMgan 
balandlikda joy lashadi.
Muzlash sathidan yuqorida esa suv bugMning sublimatsiyasi, shu­
ningdek o ‘ta sovigan tomchilarning muzlashi boshlanadi. Bu yerda bu­
lutlar asosan muz kristallaridan tashkil topadi.
Bulutlarda muz kristallari va suv tomchilari joylashgan sohalar ora­
sida keskin chegara yo ‘q. Zarralar bir sohadan boshqasiga o ‘tishi mum­
kin. Shuningdek kuchli o ‘tish qatlamlari ham mavjud boMib, ularda ayni 
bir vaqtning o ‘zida o ‘ta sovigan tomchilar va muz kristallari mavjud 
boMadi.
Bulutni tashkil qilgan tomchilar va kristallar hamma vaqt muallaq 

holatda boMmaydi. Havoning ko‘tarilma harakati kuchayganda ular yu­


qoriga ko‘chadi, ko‘tarilma harakat pasayganida esa ogMrlik kuchi 
ta’sirida pastga tushadi. Bulutda havoning bunday harakatlarida harorati 
va nisbiy namligi o ‘zgaradi, shuning uchun bulut zarralarining agregat 
holatlari ham turlicha boMadi.
Shamollar ta’sirida bulutlar ancha masofalarga ko‘chadi. Bulut 
atrofidagi havoda suv bugM to‘yinmagan boMadi. Shuning uchun bulut 
chekkalarida tomchi va kristallar uzluksiz bugManadi va suv bugM atrof 
havoga tarqaladi.
Ammo havoning ko‘tarilma harakati tufayli bulut uzluksiz 
qo‘shimcha bug1 olib turadi, shuning uchungina mavjud boMadi.
Demak, bulutlar ba’zi qismlarida rivojlansa, chetki qismlarida par- 
chalanadi. Bulutlar mavjud boMishi uchun fizik sharoitlar yaratilgan at­
mosfera qatlamlaridagina vujudga keladi. Agar sharoitlar boMmasa par- 
chalanib, bugManib ketadi.
Bulutlar tarkibi bo‘yicha uch guruhga boMinadi:
1. Suv (suyuq tomchi)li bulutlar. Ular suv tomchilaridan, havo haro­
rati manfiy boMganda esa o ‘ta sovigan tomchilardan tashkil topadi.
2. Muz (kristal)li bulutlar. Ular muz kristallaridan tashkil topadi.
3. Aralash bulutlar. Bunday bulutlar o ‘ta sovigan suv tomchilari va 
muz kristallaridan tashkil topgan.
M o‘tadil (shimoliy yarim sharda 40° dan 65° gacha) kengliklarda 
yilning issiq vaqtlarida suvli bulutlar asosan troposferaning pastki qis­
mida, aralash bulutlar troposferaning o ‘rta qismida, muzli bulutlar esa 
troposferaning ustki qismida joylashadi. Yilning sovuq vaqtlarida havo 
va yer sirtining juda past haroratlarida muzli bulutlar troposferaning 
quyi qismida ham vujudga kelishi mumkin.
168

Bulut hosil bo‘layotganda tomchilarning diametri odatda 0,01-0,02 


mm boMadi. Faqat eng yirik tomchilarninggina diametri 0,2 mm gacha 
yetadi, muz zarrachalarining katta-kichikligi esa bundan ham xilma-xil: 
millimetming mingdan bir ulushidan tortib to bir millimetrgacha boMadi. 
YomgMr tomchilarining diametri 0,5-5 mm chamasida o'zgaradi.
Suvli bulutda 1 sm3 hajmdagi tomchilarning soni bir necha yuzdan 
mingtagacha yetadi. Mayda tomchili bulutlarda 1 sm3 da 1400 gacha 
tomchi bor. To‘p-to‘p bulutlarning tepasidagi qismida 1 sm3 da 40-50 ta 
tomchi mavjud. Muzli bulutlarda esa 1 sm da taxminan 0,1-10 ta zar- 
racha borligi aniqlangan. Demak, muzli bulutlarda muz zarralarining 
soni ancha kam boMadi, ba’zida bir necha kub santimetrga bir dona 
kristallcha to‘g ‘ri keladi. 0 ‘rtacha kattalikdagi bulut tomchilari 
(0,02 mm diametrga ega boMganlari) kam tezlik bilan va faqat diametri 
10 marta katta (0,2 mm) boMgan tomchilargina sezilarli (0,8 m/s) tezlik 
bilan pastga tushadi.
Bulutlar juda ko‘p, tez o‘zgaruvchan shakllarga ega. Ammo butun 
dunyo bo‘yicha minglab meteorologik stansiyalarda ko‘p yillik ku­
zatishlar asosida bulutlar haqida juda ko‘p materiallar to'planganki, ular 
bulutlarning xalqaro tasnifini yaratish imkonini beradi.
Bulutlarning qabul qilingan xalqaro tasnifiga 2 ta belgi: bulutlarning 
quyi chegarasining joylashish balandligi va ularning tashqi ko‘rinishi 
asos qilib olingan. Xalqaro tasnifga muvofiq bulutlar 4 ta oilaga va 10 ta 
turga boMinadi. Bulutlarning turlari va har xil shakllari haqidagi mufas- 
sal maMumotlar «Gidrometeoizdat» nashriyotida 1978-yilda chop etilgan 
«Bulutlar atlasi» da berilgan. Biz bu yerda bulutlar tasnifini qisqacha 
bayon qilamiz. Bulutlarning turlari, o ‘zbekcha va lotincha nomlari 
hamda ularni qisqacha belgilash quyidagicha boMadi:
A. Yuqori qavat bulutlari oilasi (ularning quyi chegarasi yer sirtidan 
6 km dan balandda joylashadi):
1. Patsimon - Cirrus (sirrus) - Ci.
2. Patsimon to‘p-to‘p- Cirrosumulus (sirrokumulyus) - Cc
3. Qatlamli- patsimon- Cirrostratus (sirrostratus) - Cs.
В O 'rta qavat bulutlari oilasi (q u y i' chegarasining balandligi 
2 -6 km):
4. Yuqori to‘p- to‘p - Altocumulus (altokumulyus) - Ac.
5. Yuqori qatlamli - Altostratus (altotratus) - As.
V. Quyi qavat bulutlari oilasi (quyi chegarasining balandligi 2 km 
dan kam):
6. Qatlamli to‘p-to‘p - Stratocumulus (stratokumulyus) - Sc.
169

7. Qatlamli - Stratus (stratus) - St.


8. Yomg‘irli qatlam - Nimbostratus (nimbostratus) - Ns.
G. Vertikal yo‘nalishda rivojlanadigan bulutlar oilasi (ulaming quyi 
chegarasi 0,5-1,5 km balandlikdan boshlanib, ustki chegarasi esa yuqori 
qavat bulutlari balandligigacha ko‘tarilib boradi):
9. T o ‘p-to‘p - Cumulus (kumulyus) - Cu.
10. Yom g‘irli to‘p-to‘p - Cumulonimbus (kumulonimbus) - Cb.
Patsimon bulutlar muz tolalari shaklidagi oq bulutlardan iborat
bo‘lib, 7-10 km balandda hosil bo‘ladi. Bunday balandliklarda harorat 
0°C dan past bo‘lganidan suv bug4 lari sublimatsiyalashganda muz 
kristallari paydo boMadi.
Patsimon to ‘p-to‘p bulutlar to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan va soya 
bermaydigan oq rangli mayda bulut parchalaridan iborat.
Qatlamli patsimon bulutlar - yupqa oqimtir pardaga o'xshaydi va 
ko‘pincha butun osmonni qoplab oladi. Bunday bulutlarda yorugMikning 
qaytishi va sinishi natijasida Quyosh va Oy atrofida «galo» deb ataluv- 
chi yorug1 doiralar hosil boMadi.
Shunday qilib, yuqori qavat bulutlari mayda muz kristallaridan ibo­
rat. Ulardan Quyosh, Oy, ba’zan havorang osmon ko‘rinib turadi va yu­
qori qavat bulutlari yer yuziga soya bermaydi. Shuningdek yuqori qavat 
bulutlaridan yogMnlar ham yog‘maydi.
0 ‘rta qavat bulutlari yuqori qavat bulutlariga qaraganda ancha 
zichroq. Ulardan Quyosh xira ko‘rinadi yoki butunlay ko‘rinmaydi.
Yuqori qatlamli bulutlaming quyi chegarasi 3-5 km balandda 
boMib, oqish yoki kulrang tusdagi parda shaklida boMadi. Bunday 
bulutlar asta-sekin butun osmonni qoplab oladi, ko‘pincha muz 
kristallaridan va suvning o ‘ta sovigan tomchilaridan iborat boMadi. Bu 
bulutlaming pastki qismlari yirik qor uchqunlari yoki mayda 
tomchilardan (harorat 0°C dan yuqori boMganda) tashkil topgan. Yupqa 
As bulutlarda muz kristallari afzal ravishda mavjud. As bulutlardan 
ayrim vaqtlarda kuchsiz yogMnlar yog'adi.
Yuqori to ‘p-to‘p bulutlaming asosi yer sirtidan 2-6 km balandda 
joylashgan boMib, oq yoki kulrang tusdagi parchalar shaklida boMadi. 
Bunday bulutlar ko‘pincha to‘da-to‘da yoki qator-qator boMib joy- 
lashadi. Yuqori to‘p-to‘p bulutlar suvli bulutlarga kiradi. Ular asosan 
mayda o ‘ta sovigan tomchilardan tashkil topadi.
Quyi qavat bulutlari odatda quyuq (zich), qora kulrang tusda boMadi 
va osmonni toMiq qoplaydi. Ular orqali Quyosh va Oy ko‘rinmaydi.


Qatlamli bulutlar - troposferaning 1 km gacha bo‘lgan qatlamida 
vujudga keladi. Qatlamli bulutlar och yoki to‘q kulrang bulutlar bo‘lib, 
ulardan shivalama yomg‘ir yog'adi.
Qatlamli to‘p-to‘p bulutlar - zich kulrang toMqinlar yoki birlashib 
ketgan noto‘g ‘ri shar shaklidagi massalardan iborat bo‘lib, osmonga 
toMqinsimon ko'rinish berib turadi. Bunday bulutlardan mayda tomchili 
kuchsiz burkama yomgMr yoki burkama qor yog'adi.
Qatlamli yomgMrli bulutlar shaklsiz, zich va to‘q kulrang bulut- 
lardir. Ularning balandligi odatda 0,5 -1 km boMadi. Qatlamli bulutlar­
dan yomgMr yoki qor yog‘adi.
To‘p-to‘p bulutlar odatda yilning issiqroq vaqtida paydo boMib, bir- 
biridan alohida joylashgan bulut massalaridan iborat. Bunday bulut 
massalarining asosi yassi boMib, tepasi esa ko‘tarilayotgan bulut togMari 
yoki qavariq gumbazlarga, minoralarga o ‘xshaydi. Ularni ajratib turadi­
gan alomati: bulutlarning ustki uchi har doim oppoq rangda, asosi esa 
oq, kulrang va qora kulrang boMishi mumkin. T o ‘p-to‘p bulutlar odatda 
ertalab paydo boMadi va kunduzi kattalashib, tushki paytda juda yirik- 
lashadi.


Xalqaro bulutli atlas (shuningdek Bulutli atlas) a bulutli atlas birinchi marta 1896 yilda nashr etilgan[1] va o'sha vaqtdan beri bosma nashrda qoldi. Uning dastlabki maqsadlari treningga yordam berishni o'z ichiga olgan meteorologlar va tavsiflovchi so'z birikmalaridan yanada izchil foydalanishga ko'maklashish bulutlar, ikkalasi ham erta uchun muhim edi ob-havo ma'lumoti. Birinchi nashrda rangli fotosuratlarning rangli plitalari, keyin esa juda yangi texnologiya namoyish etilgan, ammo qimmatligi ta'kidlangan. Keyinchalik ko'plab nashrlar nashr etildi
Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling