Sharipova g., Xodjayeva z


Musiqaga xos harakatlarni bajarish


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/82
Sana23.10.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1716581
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.

Musiqaga xos harakatlarni bajarish
Boshlang'ich 
sinflarda 
ritmik 
harakatlarni 
bajarish 
o'quvchilami jisrivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang'ich sinf o'quvchilari ovoz apparatlari nozik, diqqat- 
etibori tarqoq, serhara, o'yinqaroq, xotirasi, nutqi to'liq 
rivojlanmagan bo'lganligi sababli musiqa darsida faoliyat turlari 
tez-tez almashib turishi lozim. Musiqaga mos raqs, o'yin 
harakatlarini bajarish, o'quvchilami diqqatini jamlash, xotirasini 
mustahkamlashda va jismonan o'sishga yordam beradi. Dars 
davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: 
marsh musiqalariga qadam tashlash, yugurish, raqs elementlarini 
bajarish, mustaqil o'yinlar o'tkazish, musiqaning xarakteriga mos
32


turli qo'l va tana harakatlari bilan ifodalanadi. Ma’lumki, milliy 
musiqamiz madaniyatida raqs muhim o'rin tutadi va unga har bir 
bola qiziqadi. Har bir harakat turini o'qituvchi oldindan belgilaydi 
va o'zi uni aniq go'zal va ifodali qilib ko'rsatib beradi. Har bir 
harakatni bajarishdan oldin unga doir musiqani mazmunini avval 
ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so'ngra harakatlar bajarish 
yaxshi natija beradi. Bolalar musiqali o'yinlarga ham juda 
qiziqadilar. Ko'p musiqiy asarlar mazmunida o'yin metodlaridan 
foydalanish mumkin. Dars jarayoni bajarilgan har bir musiqiy 
harakat 
turi, 
musiqali 
o'yinlar 
o'quvchilami 
xotirasini 
mustahkamlaydi, nutqini o'stiradi, jismoniy sog'lom bo'Iishiga 
ko'maklashadi va ulami ruhlantirib, musiqa darsiga qiziqishini 
oshiradi. Bunda darsning tuzilishi pedagogik maqsadlarga qarab 
darsni xohlagan dars faoliyatidan boshlashi mumkin. Bundan 
maqsad, 
o'quvchilami 
musiqaga 
qiziqtira 
olish, 
musiqiy 
qobiliyatlarini o'stirish, dars faoliyatlarini birbilan chambarchas 
bog'lab, mazmun jihatdan mantiqiy bir butunlikka erishishdir. 
Demak, yangi dastur mazmunida dars o'tish uchun musiqa 
o'qituvchisi ijodkor bo'lishi, musiqadan zarur bilimlarga hamda 
ashulachilik malakalariga ega bo'lishi lozim.

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling