Sharof Rashidov nomidagi Samaqand Davlat Universitetining O`zbekiston-Finlandiya peagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti


Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishini pedagogik nazoratni tashkil etish xususiyatlari


Download 295.5 Kb.
bet10/14
Sana24.01.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1117530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Камола kurs ishi

1.5. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishini pedagogik nazoratni tashkil etish xususiyatlari

Jismoniy tarbiya pedagogik fanining muhim qismlaridan biridir, lekin hozirgi vaqtda uni oldida zamonaviy jamiyat qo‘yadigan yangi maqsadlarga erishish vazifalariga chorlagan. Birinchidan, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish millatni sog‘lomlashtirishga, qolaversa 21 asrda ko‘plab tarqalgan xastaliklarni oldini olish va profilaktika qilish vositasi sifatida ko‘maklashishi kerak. Aynan umumta’lim maktablarini jismoniy tarbiyasi sog‘lom hayot tarzini, butun umr davomida jismoniy faollik zarurligini targ‘ibot etishi lozim. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya jamiyat tomonidan talabchan bo‘lgan sifatlariga ega bo‘lgan ma’lum shaxs turini shakllanishiga muhim ulushini kiritadi: maqsadga intiluvchanlik, ma’suliyatlik, hamroxlik qilish mahorati va boshqa omillar.


Boshqa mamlakatlarni tajribasini o‘rganish mahalliy pedagoglar oldida turgan ko‘plab muammolarni yechimiga muhim hissa qo‘shish mumkin,jismoniy tarbiya tizimini takomilashtirishni bugungi kunda taqozoetmoqda. AQShni tajribasini o‘rganganimizda sport jamiyat hayotini uzulmas qismiligi, sport va maktab ta’limi ham bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
AQShning ilmiy va uslubiy adabiyotida ko‘rib chiqiladigan jismoniy tarbiyani turli muammolarni o‘rganishi shuni ko‘rsatadiki, pedagoglar, tibbiyot xodimlari, psixologlar nazoratini o‘quv jarayonini eng muhim jihati deb hisoblaydilar. Odatda pedagogik nazoratni test va baholashga bo‘ladilar. Test natijalari miqdoriy (raqamlarda)ifodalnishlari mumkin. Test natijalarini interpretatsiyasi ibora yoki atama bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgan baholanishidir. Amerikalik olimlar fikricha agarda test o‘quvchilar yutuqlarini keyingi har tomonlama baholash uchun asos bo‘lsagina, unda test samaralidir.
P.Dunxem baholashni «axborot yig‘ish va undan baholash mulohazalar shakllash maqsadida foydalanish jarayoni, ulardan o‘z navbatida pedagogik qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanadilar» deb belgilagan .
Amerikalik mutaxassislar o‘quvchilarni baholashni umumiy o‘quv jarayoniga ta’sir o‘tkazuvchi asosiy omili deb hisoblaydilar. Bu jismoniy tarbiya uchun juda ham muhim, chunki uni asosiy maqsadlaridan biri jismoniy faolligi mashqlarga ijobiy munosabatni tarbiyalashidir. Boshqa maktab fanlardan farqi jismoniy taribiya samaradorligi sog‘lik holati, odamni hayot sifati va farovonligi bilan aniqlanadi, shuning uchun jismoniy tarbiyani natijalarini baholash jarayoni deyarli uzoq muddatli natijalarga ega bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyada baholash jarayoni muhimligidan kelib chiqib, amerikalik olimlar ushbu jarayonni quyidagi vazifalarni belgilaydilar.
1. O‘quvchilarni motivatsiyasi, ularni o‘z baholash darajasini ko‘tarish, o‘quvchilarni muvaffaqiyatga erishishga qaratish. Amerikalik tadqiqotchi T.Kruks baholash tizimi o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatishini aniqlab beradi:
- o‘quvchilarga jismoniy faollikni turli turlarini muhimligini o‘zlari tanlashi va aniqlashga yordam beradi;
- o‘quvchilarni o‘z kompetentligi u yoki bu jismoniy sifatlarni baholashga ko‘maklashadi;
- o‘quvchilarni faol va sog‘lom hayot tarziga ijobiy munosabatini shakllantiradi;
- butun hayot davomida insonlarga zarur bo‘lgan mahorat va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli rivojlanishiga ta’sir o‘tkazadi(14;43-45-b).
Shuni aytish joizki,baholash bolalar uchun haqiqatdan ham muhim stimul bo‘lishi uchun o‘qituvchi test natijalariga faqat ijobiy izoh berishi lozim.
2. Yoshlarni qobiliyati diagnostikasi, harbir bolani va umuman butun guruhni tayyorgarlik darajasini aniqlash. O‘qituvchi alohida e’tiborga ega bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlaydi, o‘rgatish individualizatsiya imkoniyatlarini aniqlaydi, buning uchun eng samarali uslublarni tanlaydilar.
3. O‘quvchilarni tayyorgarlik darajalari klassifikatsiyasi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonini optimallashtirish uchun guruhlarni yana guruhlarga bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.
4. Ma’lumki bir davr ichida bolalarni yutuqlarini aniqlash. Bu axborot o‘qituvchi tomonidan tanlangan o‘qish dasturini baholash samaradorligida, hamda o‘quv jarayonini keyin rejalashtirish uchun ham muhim. O‘quvchilar uchun o‘z muvaffaqiyatlar to‘g‘risida axborot mustaqil o‘quv maqsadlarni qo‘yishga, ularga yetishish intilishga imkoniyat beradi, bu esa o‘z o‘quv faoliyati uchun ma’suliyat hissini rivojlanishiga olib boradi. Jismoniy tarbiya – yoshlarda istalgan jamiyat tomondan ehtiyojli bo‘lgan ijtimoiy sifatlarni shakllanishga imkon beruvchi kam sonli fanlardan biri. Bu jarayonda baholash jarayoni muhim o‘rnga ega.
5. O‘quvchilarni kelgusi jarayonini aniqlash, bu esa ayniqsa aniq sport turi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar uchun alohida ahamiyatlidir.
6.O‘qituvchiga qarorlar qabul qilishda o‘quv jarayonini optimallashtirishga ko‘maklashish mumkin bo‘lgan axborotni olish,jismoniy tarbiya sohasida tadqiqotlar uchun ma’lumotlar olish.
Aytilganidek baholashni birinchi bosqichi bu testlardir. Jismoniy tarbiya sohasida AQShning yetakchi tashkilotlari tomonidan sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan testlar mavjud (AAXPERD, Prezident Kengashi va b.). Lekin olimlar fikricha bu testlardan foydalanish o‘quvchilarni muvaffaqiyatlarni hartomonlama nazorati uchun yetarli emas ekan. Majmua yondashuv zarur, uning chegarasida harbir o‘qituvchi rasmiy testlarni asos qilib o‘z test tizimini tuzadi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha sifatli testni to‘rt mezonini ajratadilar: asoslanganligi, to‘g‘riligi, ob’ektivligi va bajariluvchanligi, ularni o‘quvchilarni aniq guruhi uchun test batareyani tuzganda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari inobatga olishi lozim (3) .

Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling