Sharof Rashidov nomidagi Samaqand Davlat Universitetining O`zbekiston-Finlandiya peagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 295.5 Kb.
bet12/14
Sana24.01.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1117530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Камола kurs ishi

Testni ikki qismga bo‘lish usuli. Testni ikki qismga bo‘ladilar va natijalarni harbir qism uchun alohida hisoblab chiqadilar, keyin esa testni ko‘p va toq natijalarni solishtiradilar.Bilimlar tekshirishga testlarni to‘g‘riligini aniqlash uchun, ko‘nikmalarni shakllangan darajasini aniqlashga bu uslub samaralidir. Yoshlarda test topshiriqlarini bajarish uchun vaqt yetarligini mavjudligi muhim omildir
Sifatli testni keyingi mezoni – uning ob’ektivligi. Agarda ikkita va undan ziyod odam bita testni bitta guruhda o‘tkazib deyarli bir xil natijalar olsa, unda test ob’ektivlikni yuqori darajasiga ega. Ob’ektivlik – bu to‘g‘rilikni alohida shakli va u «test-keyingi darajasi» uslubi bilan aniqlanishi mumkin, agarda ikkita testni harxil odamlar o‘tkazsa, natijalarni keyingi solishtirish bilan taqqoslaydi.
Testni tuzishda oxirgi mezoni uni bajarilishligidir. Bajarilishlik o‘z ichiga quyidagi omillarni kiritadi:
a) test o‘tkazishga bo‘lgan xarajatlar;
b) test o‘tkazilishi egallagan vaqti (ko‘p olimlar fikri bo‘yicha tesdan o‘tkazish umumiy o‘quv vaqtni 10% ziyod bo‘lmasligi kerak);
v) test o‘tkazilishda oddiyligi (qo‘llanmalarni tushunish va bajarish osonmi, test talablari mantiqiymi, ular o‘quvchilarni sog‘ligiga va xavfsizligiga zarar yetkazmaydimi, o‘qituvchiga yordamchilar kerakmi);
g) natijalar bahosi ob’ektivligi;
d) o‘quvchilarni darajasiga oid normativlarni tanlash.
Amerikalik olimlar barcha testlarni ikki asosiy turiga bo‘ladilar:
1) qiyinchilik mezonlarga oid tuzilgan testlar;
2) me’yorlarga oid tuzilgan testlar .
Birinchi turdagi testlarni o‘tkazganda bitta o‘quvchini test natijalarini boshqalarni natijalari bilan solishtirmaydilar. Test ko‘rsatadi, jismoniy faolligi bu turida o‘quvchi minimal test talablarni bajaradimi va uni bajarishi bitta mezon bo‘yicha ma’lum bir darajaga mosmi. Masalan, yugurish bo‘yicha testni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘quvchi 2 mill masofani 14 daqiqadan tezroq yugurib o‘tishi kerak va insonni jismoniy tayyorgarlik to‘g‘risida bilimlarni tekshiruvchi test savollarini 80%ga to‘g‘ri javob berishi kerak.
Oxirgi vaqtlarda AQSh pedagoglari ushbu testlarni ma’qul ko‘radilar, chunki ularni o‘tkazilishi zaif o‘quvchilarni motivatsiyasini pasaytirmaydi, hamrohlik, raqiblik emas, ruhni shakllantiradi, kuch o‘quvchilar uchun o‘zini ko‘rsatgichlarini yaxshilashga turtki bo‘ladi. Aksent sho‘nga o‘rnatiladiki, har bir o‘quvchi o‘zining natijasini qay darajada yaxshiladi, boshqalarga qaraganda test topshiriqlarini yaxshiroq bajarganligiga emas [16; 58-61-b] .
Birinchi turdagi testlar uchun o‘ziga xosligi shundan iboratki, bitta o‘quvchini natijalarini boshqalarni natijalari bilan solishtiradilar. Bunday testlash ko‘pincha, turnir, musobaqa shaklida o‘tkazadilar. Bu turdagi testlarni kamchiligi: raqobat ruhni yaratish, zaif o‘quvchilarni motivatsiyasi yetarli darajada emas,jismoniy faollik darslarga o‘quvchilarni munosabati yomonlashishini ko‘rsatadi. Ushbu testlarni afzalligi shundan iboratki, ular asoslanganlikni, to‘g‘rilikni, ob’ektivlik yuqori darajasiga ega. Ko‘pincha tayyor testlardan foydalanish imkoniyatlar mavjud (umummilliy darajada ishlab chiqarilgan)va qisqa vaqt ichida bolalarni katta sonini samarali baholash imkonini beradi.
Testlarni quyidagi turlarini ham ajratadilar – rasmiy (testlar) va norasmiy (o‘qituvchi o‘quvchilarni kuzatishidan iborat), ob’ektiv va sub’ektiv, shakllashtiruvchi (mavzuni o‘rganish jarayondagi testlar) va yakuniylar (mavzu, semestr, yil yakunidagi testlar) [13;50-55-b].
Shunday qilib testlash o‘quvchilarni yutuqlarini baholash jarayonini birinchi bosqichidir. Baholashni o‘z maqsadlarini shakllantirish jarayoni va o‘qitish dasturini vazifalari bilan chambarchas bog‘liq. Jismonan salohiyatli odamni xarakteristikalaridan foydalanish, ular shu vaqtni o‘zida,jismoniy tarbiya va sport Milliy Assotsiatsiya (NASPE) sog‘lik,jismoniy tarbiya, rekreatsiya va raqs Amerika alyansi (AAHPERD) bilan birga ishlab chiqarilgan jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturlar vazifalarini, o‘qituvchini o‘zi o‘quvchilarni yutuqlarni baholash komponentlarini aniqlashi mumkin.
Jismonan salohiyatli insonlarni tasniflash:
- jismonan salohiyatli inson jismoniy faollikni turli xillarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, mahoratlarga ega bo‘lgan;
- u jismonan tayyor insondir.
Amerikalik mutaxassislarning fikricha jismoniy tayyorgarlik tushunchasi o‘z tarkibiga kardioresperatorli chidamlilikni, mushaklar kuchini, egiluvchanlikni va tana uzunligi - vazni nisbatini kiritadi.
- u doimiy jismoniy faolikni qaysidir turida qatnashib keladi;
- u jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni oqibatlar va ijobiy natijalarni biladi;
- u jismoniy faollik bilan shug‘ullanishni qadrlaydi va ularni sog‘lom hayot tarziga hissasini tushunadi [24;42-50-b].
Jismonan salohiyatli insonlarni o‘rgatish jarayoni to‘rtta asosiy masalani yechimini talab qiladi:
1) jismoniy tayyorgarlikni yuqori natijaga erishish;
2) harakatlanuvchi mahorat va ko‘nikmalarni rivojlanish;
3) bilish qobiliyatni yaxshilash;
4) odamning emotsional doirasini rivojlanish, bolani shaxsini ijtimoiylashtirish.
O‘quvchilarni baholash komponentlarini aniqlash yondashuvlaridan biri: o‘qituvchi 4 tur vazifalarga xos 4 komponentni ajratadi,ularga jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturiga urg‘u beradilar:
O‘quv vaqt miqdorini baholash komponentlari:
1) mahorat va ko‘nikmalarini rivojlanishi 30%;
2) bilim 20% darajasiga;
3) davomad/ishtiroki 20%;
4) ijtimoiy rivojlanish 30%.
«Ijtimoiy rivojlanish» atamaga o‘quvchini jismoniy tarbiya darslarga umumiy munosabati, boshqa o‘quvchilar bilan, o‘qituvchining hamkorligi, o‘quvchilar guruhini shakllantirish, o‘qituvchini barcha ko‘rsatmalarini bajarishi kiradi. Shuni aytish kerakki, jismoniy tarbiya darslarda o‘quvchini ijtimoiy rivojlanishi olimlar,pedagoglar nazari markazida turadi,chunki, mutaxassislar fikricha aynan jismoniy tarbiya bolani shaxsini ijtimoiy shakllanishiga ko‘maklashishga chorlagan. Belgilash komponentlarni ajratishni yanada bitta yondashuvi: jismonan solohiyatli insonlarni tavsiflashni asos qilib oladi (1-jadvalga qarang).
Amerikalik olimlar fikricha jismoniy sifatlarni va harakatlanuvchi ko‘nikmalarni baholashni imkon qadar tez-tez amalga oshirish kerak (harbir darsda), bu vaqtni o‘zida ijtimoiy va emotsional xulqni baholashi – kamroq, chunki bu ko‘nikmalar va o‘rgatishlar anchagina uzoq muddat davomida shakllanadi.Komponentlarni barchasi bir-biridan mustaqil ravishda, ma’qul vaqtda baholanishi mumkin.
Baholash natijalaridan biri – baholar qo‘yish. Baho qo‘yilganda tegishli o‘quv vazifalarni bajarishga o‘quv dasturida nazarda tutilgan ajratilgan vaqt qancha bo‘lsa (foiz nisbatida), shuncha harbir komponent «og‘irlikga ega bo‘ladi».
Oxirgi vaqtlarda Amerika maktablarida katta e’tibor o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholashga qaratiladi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholash dasturi o‘z ichiga kiritadi:
- o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan birgalikda o‘quv jarayonni rejalashtirish;
- o‘quvchini o‘zi o‘quv vazifalarni oldingi baholash ma’lumotlar asosida o‘zlashtirishini o‘zi baholaydi;

Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling