Sharof Rashidov nomidagi Samaqand Davlat Universitetining O`zbekiston-Finlandiya peagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti
Jismoniy tarbiya darslarida yoshlarni jismoniy tayyorgarlikni baholash muammosiga zamonaviy qarashlar
Download 295.5 Kb.
|
Камола kurs ishi
1.2. Jismoniy tarbiya darslarida yoshlarni jismoniy tayyorgarlikni baholash muammosiga zamonaviy qarashlar
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish istiqbolli yo‘nalishlaridan biri- o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligini nazoratidir. O‘quv yiliningo‘quv choraklarida , ta’lim muassasasida o‘qish davomida joriy pedagogik nazoratni zaruriyatligini to‘g‘risida ko‘plab mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirishgan. Bunday nazoratning mohiyati – o‘quvchilarni o‘quv faoliyatni turli bosqichlarida harakati imkonlari to‘g‘risida axborot olish, bu esa o‘z vaqtida pedagogik ta’sir o‘tkazishni uslublar va vositalarni aniqlash bo‘yicha o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Mualliflar ta’kidlaydigan jismoniy tarbiyani dasturiy hujjatlarga kiritilgan me’yorlar muhim darajada jarayonni tartibga soladi va jismoniy tarbiyani oraliq va yakuniy bosqichlarni maqsadini aniqlaydi va jismoniy tayyorgarlik me’yorlari tizimini yaratilishiga yo‘naltirilgan. Yoshlarni jismoniy tayyorgarlik boshqaruv tizimidagi adabiyotda tasvirlangan normativ talablar o‘rtasida o‘quvchi oldida o‘quv jarayonida va mashg‘ulotlarda qo‘yilgan o‘quv topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘quvchi bajarish kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlartahlili asosida zaruriy me’yorlar ahamiyatga ega. Zaruriy me’yorlar shunda ko‘rinadiki, ular o‘z mazmuni bo‘yicha jismoniy tayyorgalikni belgilangan darajasiga mos bo‘lishlari kerak va o‘rganiladigan harakatlantiruvchi harakatni bajarish uchun zarur bo‘lgan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga aniq ko‘rsatishi kerak. Olimlar va amaliyotchilarni muhim e’tibori yoshlarni harakatlantiruvchi sifatlarni baholashni optimal uslublarni ishlab chiqarishga va qo‘llanishiga qaratiladi. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport faoliyatini amalga oshirish tayyorgarligini o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish turli mexanizmlardan foydalaniladi. Yoshlarni harakatlanuvchi tayyorgarlik testlarini o‘tkazilishi bir qator majmua vazifalarni yechimi uchun ish amaliyotida deyarli keng tarqalgan: - o‘quvchini harakatlanuvchi tayyorgarligini individual darajasini baholash; - o‘quv jarayoni davomida jismoniy qobiliyatlarni rivojlanishida o‘zgarish tahlili; -o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarliklarni ma’lum talablargaxosligini aniqlash; O‘quvchilarni ommaviy ko‘rikdan o‘tkazish ularni harakatlanuvchi imkonlar darajasini tahlil qilish maqsadida; Jismoniy tarbiyani amaldagi dasturlarini qo‘llash samaradorligini aniqlash; Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarni faoliyati natijalarini o‘zgartirishni o‘rganish; Umumiy ta’lim maktab orasidan sport tanlovini o‘tkazish. Jismoniy tayyorgarlikni faktik darajasini o‘quvchini jismoniy madaniyati shakllanganligini muhim komponentlardan biri sifatida baholash uchun odatda jismoniy qobiliyatni rivojlanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ma’lumki, asosiy jismoniy qobiliyatlar (tezlik, kuch, chidamlik, epchillik,koordinatsion)o‘lchovlar standartizatsiya asosiy talablarga javob beradigan nazorat normativlarni aniq to‘plami bilan baholanishi mumkin. Umumta’lim maktabni barcha sinflar o‘quvchilarni jismoniy tarbiyani majmua dasturida va davlat ta’lim standartida quyidagi nazorat normativlar va testlar tavsiya etiladi: tezlik qobiliyatlari(30,60,100 metrga yugurish); koordinatsion (3x10 metrga mokisimon yugurish);tezlik-kuch(joydan uzunlikga sakrash); chidamlilik (yugurish 1500,2000,3000 metrga yoki 6 daqiqali yugurish); egiluvchanlik (tanani o‘tirgan joydan oldinga egish); kuch (baland turnikda tortilish). «Jismoniy madaniyat» ta’lim dasturida yoshlar uchun jismoniy tarbiyadagidek majmua dasturidagi nazorat normativlarni bajarishda jismoniy tayyorgarlikni normativlari mavjud,hamda asosiy harakatlantiruvchi mahorat va ko‘nikmalarni rivojlanish darajasini tavsiflovchi qo‘shimcha sinovlar turlari ham yoshlarni jismoniy qobiliyatlarini hartomonlamarivojlanish maqsadida tavsif etiladigan o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasini zamonaviy talablar,bazaviy va komponentli amalga oshirish uchun ishlab chiqarilganlarida ham nazorat mashqlar to‘plami mavjud, ular yordamida o‘quvchilarni turli yosh guruhlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi baholanadi. Oxirgi vaqtlarda o‘quvchilarni harakatlantiruvchi tayyorgarligini baholash paydo bo‘lib, ularga umumiy nazorat mashqlarning uslubiyatlari kiradi. Jismoniy madaniyatda yoshlarni juda ham muhim muammosi – bu jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida ko‘plab bahslarni keltirib chiqaradigan masalalardan hisoblanadi. V.M.Zatsiorskiy fikricha baho deb (yoki pedagogik baho deb) qaysidir topshiriqdagi yutuq unifikatsiyalangan me’yori deb ataladi, xususiy vaziyatda –testda. Baho turli usul bilan ifodalanishi mumkin, masalan sifatli xarakteristika ko‘rinishda («yaxshi – qoniqarli - qoniqarsiz» yoki «hisob yokihisoblanmaydi»), maktabda hamda oliygohda qo‘yiladigan baholari mezonlari tarkibi mavjud («birdan» «beshgacha»). O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv jarayoni vaqtida nazariy va amaliy bilimlarini baholab boradi. Baho,jumladan test natijalari bo‘yicha, sifatli tavsifga ega bo‘lishi mumkin, masalan maktabdagi kabi «ikki»dan «besh»gacha, yoki so‘z bilan aytilishi mumkin: «a’lo» “yaxshi” “qoniqarli” “yomon”gacha. Lekin test natijalarni baholash miqdoriy muhimroqdir.Ular asosida baholash vazifalar olib boradi: - bitta testni olingan turli natijalar bilan solishtirish (masalan,o‘quvchilar bir yoki turli yoshdagi va jinsi, o‘quvchini turli hayoti davrida ko‘rsatgichlari); - turli testlarda yutuqlarni taqqoslash (masalan, berilgan testlarda bir xil qiyinchiliklar natijalari uchun bahoni darajasini); - test me’yorlarni aniqlash (bitta yosh va jins uchun; individual o‘quvchilarni ma’lum vazni va tana uzunligi bo‘yicha). Sport nazariyasida o‘quvchini yosh guruhini inobatga olib borilgan test sinovi me’yor deb hisoblanadi. [24;42-50b,32;193-b, 49;24-b]. Jismoniy tarbiya uchun ko‘proq amaliy ahamiyatli bo‘lgan matorli testlar to‘g‘risida gapirilsa, me’yorlashning uchta turini tasavvur etamiz: solishtiruvchi, individual va talabli. Solishtiruvchi test me’yorlar ma’nosi umumiy belgilarga ega bo‘lgan bir yoshdan va jinsdagi o‘quvchilarni taqqoslashdan iborat. Solishtiruvchi me’yorlarga yosh me’yorlariga oid,ularni aniqlaganda sinaluvchilarni yosh guruhlar bo‘yicha ajratadilar. Yosh me’yorlar biologik (harakatlanuvchan) yoshni inobatga olish bilan aniqlanadi (ishlab chiqariladi). O‘quvchilarni biologik yoshi berilgan natijani ko‘rsatuvchi o‘rta yoshga mos tushadi. Harakatlanuvchi yosh chegarasida oldiniga o‘tishi yoki undan ortda qolishi mumkin. Biologik yoshdan oldinga o‘tib ketadigan xarakatlanuvchi akselerat dep ataydilar, aksincha – harakatlanuvchi restardant deb ataydilar. Amalda keng tarqalgan vaziyat bitta testlar bo‘yicha akseleratlarga oid, boshqalar bo‘yicha retardantlarga. O‘qituvchi uchun bunday ma’lumot ishlarni sabablarini aniqlash uchun ahamiyatlidir. Tana tuzulishiga ta’sir qilmaydigan jismoniy sifatlarni tavsiflovchi testlar ham mavjud Lekin ayrim harakatlar o‘quvchilarni antropometrik xususiyatlarga (tanauzunligi, tana vazni) ta’sir ko‘rsatadi. Bu holda nafaqat yoshni,balki gavda uzunligi va vazni ham inobatga olingan holda me’yorlar ishlab chiqariladi. Bu holat uchun yoki maxsus testlar yoki klassifikatsiya indekslari xizmat qiladi. Individual me’yorlar bitta o‘quvchini turli holatlarida ko‘rsatgichlarini solishtirishda asoslangan. Maktab yoshdagi o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida differensiyalangan ko‘rsatkichlarni qo‘llash o‘quvchilarni funksional va harakat faoliyatini tavsiflovchi informativlik koeffitsientlar barqarorlik bilan murakkablashgan. Harbir o‘quvchi turli yoshda uning optimal jismoniy tayyorgarligiga oid individual vaznga ega, shuning uchun aniq test ko‘rsatkich o‘quvchilar uchun bunday qonuniyatchiliklarni izlash va individual me’yorlarni aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. Shu tarzda ko‘p hollarda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlar bilan to‘g‘ri kelmaydigan zaruriy me’yorlar ishlab chiqariladi va o‘rnatiladi. Ilmiy uslubiyot adabiyot manbalarida axborot bo‘yicha hozirgi vaqtda jismoniy tayyorgarlikni zaruriy me’yorlarini hisoblab chiqish uchun ikkita uslubiyatdan foydalaniladi. Ulardan biri, M.Ya.Nabatnikova tomonidan taklif etilgan, zaruriy jismoniy sifatlar darajasini aniqlash uchun turli sport turlarida qo‘llanadi va o‘zini yaxshi ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mutaxassislar fikricha, talab me’yorlarini hisoblab chiqish uchun bu yondashuvdan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki u tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo‘naltirilgan. Ye.A. Bondarevskiy, M.V. Starodubsev, K.Yu. Kocharya muallifligida ishlab chiqarilgan boshqa usullar yoshlarni jismoniy tayyorgarligini zaruriy me’yorlarni hisoblab chiqish uchun mo‘ljallangan, uning asosida mantiqiy egri chiziq bilan tasvirlangan matematik yondashuv yotibdi. Ushbu usulni yaqqol afzalligiga qaramasdan, u yoshlarni jismoniy tayyorgarlik tabiiy dinamikasini inobatga olmaydi, u esa turli hududlarda juda ham o‘ziga xos. Davlat standartida bazalangan jismoniy madaniyat bo‘yicha dasturlarda,ayniqsa jismoniy tayyorgarlik bo‘limida,jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talablar qo‘yiladi. Boshlang‘ich va o‘rta (to‘liq) maktabni tugatganda o‘quvchi tegishli asosiy jismoniy qobiliyatlar rivojlanish darajalarda «qoniqarli», «yaxshi», «a’lo» baholarga ega bo‘lishi lozim. Mutaxassislar fikricha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlaganda inobatga ikkita ko‘rsatgichni olish lozim. Birinchidan, jismoniy madaniyat bo‘yicha majmua dasturiga oid o‘quvchilarni tayyorgarlik darajasini dastlabki holati quyidagicha baholanadi: yuqori, o‘rta, past. Ikkinchidan,ma’lum vaqt davrdagi jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarni o‘sishini tavsiflash. Jismoniy qobiliyatlar ko‘rsatkichlar o‘zgarishni baholab,o‘qituvchi ularni turli kontingentni rivojlanish xususiyatlarini, ma’lum yoshdagi o‘quvchilarda dastlabki holati bilan taqqoslaganga ko‘ra ko‘rsatkichlar dinamikasi spesifikalarni inobatga olishi zarur. Rivojlanishda eng konservativ bo‘lgan tezlik sifatini o‘sishida prognozlashtirilganida o‘sishni katta ma’romini rejalashtirish kerak emas. Aksincha mo‘tadil shiddatli yugurishda chidamlilik ko‘rsatkichlarni prognozlashtirishda o‘sish sur’ati yuqori bo‘lishi mumkin. Jismoniy sifatlarnio‘sish sur’ati baholaganda o‘qituvchi yuqori ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan chiqishi kerak, chunki harbir aniq natija ushbu ma’romni oldindan aytish mumkin emas. O‘qituvchining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha vositalari ma’lum jismoniy sifatlarni tarbiyalashga ega bo‘lishi kerak,lekin bajarilish me’yor va aniq belgilar kerak. Mashqlar doimiyligi sharti bilan ushbu natijalarga erishish o‘quvchiga yuqori baho qo‘yishga o‘qituvchi asos bo‘ladi. O‘quvchilarni testlardan o‘tkazishda yangi shakl va usullarni izlashga muhim e’tibor qaratadi. O‘quvchilarni testlashga innovatsion yondashuvlarda individual natijalarni o‘sish ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarnitestdan o‘tkazish jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajaga erishish intilishlarni keltirishi kerak, jismoniy tarbiya mashqlariga salbiy yondashishni chiqarmasligi,o‘quvchilarga ijobiy psixologik kayfiyatni yaratishda yordam berishi kerak. Testlar tezkor axborotli xarakterga ega bo‘lishlari kerak, o‘quvchilarga ularni jismoniy tayyorgarlik darajasi to‘g‘risida va uni oshirish tavsiyalarini taasurot berishi lozim.Turli test natijalari yoki o‘rnatilgan test me’yorlari bilan o‘zaro solishtirish kerak emas. Eng to‘g‘ri javob deb har bir o‘quvchi o‘zini jismoniy tayyorgarligida o‘z maqsadiga erishishga, o‘z sog‘ligini mustahkamlashga bo‘lgan intilish o‘rnatilishini hisoblash lozim. Boshqa dasturlarda baholash bo‘yicha aniq talablar qo‘yiladi, baholarni chiqarishda jismoniy tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan aniq talablar mavjud. Bu dasturdagi 100 metr masofaga yugurishga, turganjoydan uzunlikga sakrash, 2000 metr masofaga yugurish,baland turnikda tortilish kabi testlar asosida baholanadi. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari baholash tizimini turli variantlarini taklif etadilar: o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasini, ball tizimini usullarini taqdim etadilar. Novator o‘qituvchilari o‘zlarini ball tizimlarini taklif etadilar: bittalari baza darajasini inobatga olish va uni oshishi ochkolarni ko‘paytirishi kerak muhim deb hisoblaydi ; boshqalari bolalarni guruhga bo‘lishni va har bir guruhga jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha me’yoriy talablarni bajarganliklari uchun ochkolar qo‘shishni taklif etadi. Qator mutaxassislar shunday ball tizimlarini taklif etadiki, unda o‘quvchi yil davomida ma’lum bir ballar sonini yig‘adi va yig‘indisi u yoki bu bahoni qo‘yishga mezon bo‘ladi. Xorijiy mualliflar b)bazaviy me’yorlar tizimni kiritishni ma’qul deb biladi; mehnat mudofasiga tayyorgarlik modernizatsiyalangan majmuasini qaytarishga taklif etadilar. Baholar qo‘yilishiga mutaxassislar qattiq talablar qo‘yadilar, harbiy xizmatchilarga talab qilinadigan talab me’yorlarinibitiruvchi sinflar o‘g‘il bolalari uchun taklif etadilar. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari;] «a’lo» bahoga individual xususiyatlardan qat’iy nazar aniq talablar qo‘yish zarurligini, «yaxshi» va «qoniqarli» baholar uchun diapazon bo‘lishi kerak. Boshqa mualliflar jismoniy tayyorgarlik darajasini statistik tahlil nuqta’i nazaridan baholash, baza darajasini sport baza sharoitlari, uskunalar sifatiga qarab chiqarish va baholar diapazoni o‘quvchilarni kamida 90 % qamrab olishi kerak, baholar miqiyosi o‘quvchilarni imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerakligi maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Yoshlarni jismoniy tayyorgarlik muammolari bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotni tahlili quyidagi xulosalarni qaid etish imkonini beradi. Ko‘plab tadqiqotchilar turli nazorat sinovlarda ko‘rsatgichlarni natijalariga morfologik ko‘rsatgichlarni muhim ta’sirini qayd etadilar. Ilmiy- uslubiy adabiyotni o‘rganilishi shuni qayd etish imkonini beradiki, yoshlarni jismoniy tayyorgarlikrani baholashda pedagoglar qo‘llaydigan mashqlarni qismi standart mezonlar talablariga mosligi tekshiruvdan o‘tmagan. Jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturlar tahlili yoshlarni jismoniy tayyorgarligini baholashga turli yondashuvlarni ko‘rsatadi, ayniqsa turli sport turlari bo‘yicha ko‘rsatgichlarni nazorati to‘g‘risida gap ketsa. Turli dasturlarda yugurishda, sakrashda va uloqtirishda harakatlantiruvchi imkoniyatlarni bajarishga turli talablar qo‘yiladi. Hattoki ayrim mashqlarda talab me’yorlari yo‘q. Mualliflarni ko‘pchiligi birlik talab me’yorlari bazasi yo‘qligini ko‘rsatadilar. Oxirgi vaqtda yoshlar uchun «Jismoniy madaniyat» fani bo‘yicha birlik talab me’yorlari bazasini kiritish bo‘yicha ko‘plab urinishlarni amalga oshirilgan. Shu bilan birga o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlikni bahosi bilan bog‘lik ko‘p jihatlari yetarli darajada ishlanmagan bo‘lib qolayapti. Jumladan ular quyidagilardir: Turli test sinovlari topshiriqlarda tana uzunligi, vazni ko‘rsatgichlarini mohiyatini aniq tushunchasi yo‘qligi; Test natijalariga somatik ko‘rsatkichlarni yoshli xususiyatlar ta’siri yetarli darajada o‘rganilmaganligi; O‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlikni baholash bo‘yicha ko‘plab tavsiyalar yetarli eksperemental asosga ega emasligi; O‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda birlik talab me’yorlari yo‘qligi; - sport natijalar darajasiga xos morfologik belgilarni ta’siri yetarli o‘rganilmaganligi; Adabiyot manbalari tahlili shuni qayd etish imkonini beradiki, ushbu muammo chuqur nazariy ishlab chiqishga va eksperemental tasdiqlashga muhtoj. Bizlarni qiziqtiradigan savollarga javob berish imkoniga ega bo‘lgan yangi materiallarni topish zarur. Yuqorida ko‘rsatilganlarni barchasi shu fikrni tasdiqlaydiki, jismoniy tarbiya bo‘yicha, ayniqsa jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha, baho eng bahslidir va keyingi eksperementalni ishlab chiqarish zarur. Download 295.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling