Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish
Innovatsion faoliyat uchun shart-sharoitlarining shakllanishi
Download 1.37 Mb.
|
darslik KIB (2)
Innovatsion faoliyat uchun shart-sharoitlarining shakllanishi
Innovatsion madaniyat insoniyat madaniyatining muhim shakllaridan biri sifatida uning boshqa shakllari bilan, birinchi navbatda, huquqiy, boshqaruv, tadbirkorlik va korporativ shakllari bilan yaqin aloqani nazarda tutadi. Innovatsion madaniyat orqali odamlarning kasbiy faoliyati va ishlab chiqarish munosabatlarining butun madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish mumkin. Innovatsion tashkilotlar tuzilishi, maqsadlari, xususiyatlari, hattoki menejment falsafasi va tashkilotchiligi nuqtayi nazaridan ham bir-biridan juda farq qiladi. Ammo ular bir qator umumiy xususiyatlarga ham egalar: “Innovatsiya” nima ekanligini biladilar. Uning dinamikasini tushunadilar. Innovatsion strategiyaga egalar. Bilishadiki, innovatsiya an’anaviy biznesda maqsadlar, rejalar va o‘lchovlardan boshqa vazifalar, maqsadlar, rejalar, natijalarni taqqoslashni talab qiladi. Menejment, ayniqsa, top-menejment innovatsion tashkilotda muhim rol o‘ynaydi, innovatsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi. Innovatsion tashkilot boshqa tashkilotlarga qaraganda farqli tuzilgan. Ta’lim olish – uning barcha a’zolari uchun uzluksiz jarayondir. Korxonaning asosiy strategik shiorini quyidagicha ifodalash mumkin: “Ko‘proq va yaxshiroq”. Innovatsion strategiyaning shiori: “Yangi va o‘zgacha”. Innovatsion tashkilot shunday ishlaydiki, unda o‘zgarishlar odatiy holga aylanadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling