Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Download 1.37 Mb.
bet61/78
Sana09.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1254833
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Bog'liq
darslik KIB (2)

Iqtisodiy nofaol aholi – ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan mehnatga qobiliyatli aholi. Uning jumlasiga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiy faol aholi – bu aholining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ishchi kuchini taklif etishni ta’minlaydigan qismi. Iqtisodiy faol aholi soni ish bilan bandlarni va ishga joylashishga muhtoj shaxslarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy faoliyat – bu inson tirikchiligini ta’minlash usullari va vositalari majmuidir.
Inson kapitali - investitsiyalar natijasida shakllangan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va sabablar zaxirasidan iborat bo‘lib, u shaxsning jismoniy. Aqliy va psixologik sifatlari hamda qobiliyatlarini aks ettiradi.
Inson kapitaliga investitsiya qilish deganda, odatda malakaviy qobiliyatni, demakki, mehnat unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan har qanday harajat tushunilib, u ta’lim olishga xarajatlarni, ish qobiliyati va mehnat unumdorligini ta’minlaydigan sog‘liqni saqlashga qilinadigan harajatlarni va ishchi kuchini unumsiz yerlardan yuqori unumlmi yerlarga ko‘chirishga ya’ni xarakatchanlikka qilinadigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi
Inson omili – tashkilot va muassasalarning birgalikda faoliyat kechirishi uchun birlashgan kishilardir. Tarkibiy jihatdan u shaxs, ishchi guruhi, mehnat jamoasidir.
Inson resurslari – bu zarur uquv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash qobiliyati va malakasiga ega bo‘lgan jamiyat a’zolari, mehnat ahlidir. Boshqacha aytganda, inson resurslari haqiqiy va salohiyatli xodimlardan iborat.
Inson resurslaridan intensiv foydalanish – mehnat faoliyati samarasini oshirishni bildiradi va u mehnat unumdorligiga asoslanadi.
Inson resurslaridan ekstensiv foydalanish – ishchilar umumiy sonining, mehnatga layoqatli aholi bandligining o‘sishi, mehnatga layoqatlilik davrining uzunligi, ish vaqtining uzunligi bilan ifodalanadi.
Ish – bu tabiat va inson tomonidan birlashgan kuchlarning obyektiv natijasidir.
Ish beruvchilar – xodimni ishga olish huquqi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling