Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Download 1.37 Mb.
bet63/78
Sana09.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1254833
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
darslik KIB (2)

Ishga joylashtirish – O‘zbekiston Respublikasida mehnatga yaroqli aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy tusdagi davlat tadbirlari tizimi.
Ishga tiklash – mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim qonunga xilof tarzda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda uni avvalgi ishiga tiklash.
1)Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan o‘quvchilar va talabalar, o‘quv yurtlarining tinglovchilari va kursantlari;
2)Ishlashni istamayotgan, ish bilan ixtiyoriy ravishda band bo‘lmagan shaxslar shuningdek, ishlashni istaydigan, lekin ishga joylashish yoki o‘zini mustaqil daromad bilan ta’minlash uchun hyech qanday harakat qilmaydigan shaxslar.
Ishsizlar – bu xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan ishga ega bo‘lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolardir.
Ishchi kuchi – bu insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig‘indisi, uning mehnatga layoqati bo‘lib, iqtisodiyotda band bo‘lgan mehnat resurslarining foydalanilayotgan qismidir.
Ishchi kuchi sifatining ko‘rsatkichi ishchi kuchining ma’lumot darajasi va ishlab chiqarish tajribasi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish - bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining uzluksiz ravishda tiklanib borishi, doimiy ravishda uning bilim malaka saviyasini ko‘tarilib, yangilanib borishidir.
Qadriyatlar – bu, subyekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy va muhim maqsadlari to‘g‘risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlaridir.
Kadrlar – (frans. cadre – shaxsiy tarkib) – 1. Korxona, muassasa, firma, hissadorlik jamiyatlari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning asosiy tarkibi. 2. Qurolli kuchlarda – haqiqiy xizmatdagi komandirlar va oddiy askarlar tarkibi.
Kadrlar malakasini oshirish – ularning bilim, ko‘nikma va mahoratini oshirish sifatida ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanib, bunday maxsus tashkillashtirilgan o‘qitish qisqa muddat ichida belgilangan maqsadga erishish imkoniyatini beradi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling