Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Download 1.37 Mb.
bet65/78
Sana09.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1254833
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
darslik KIB (2)

Mehnat qobiliyati – xodimning sog‘lig‘idan, holatidan kelib chiqadigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan qobiliyati.
Mehnat kooperatsiyasi – bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir.
Mehnat mazmuni – bu ishlarning kasbiy mansubligi, ularning tarkibiy murakkabligi, bajarishdagi izchilligi bilan belgilanadigan mehnat elementlari bo‘lib, xodimning mehnat predmetlari va vositalari bilan o‘zaro munosabatga kirishuvidir.
Mehnat reduksiyasi – bu murakkab mehnatni oddiy mehnatga aylantirish demakdir.
Mehnat resurslari – bu o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to‘plamidir.
Mehnat resurslari balansi – mehnat resurslarining faoliyat sohalari va turlari bo‘yicha taqsimlanishidan iborat ko‘rsatkichlar tizimidir.
Mehnat resurslari prognoz balansi – hisobot balansi ko‘rsatkichlari, mehnat resurslarining o‘sishi, iqtisodiy tarmoqlarda taqsimlanishi istiqbollari. Ishga joylashtirish, mehnat yoshidagi aholini ko‘payishini aniqlash, fan tehnika yutuqlarini joriy etish prognozini hisobga olgan holda tuziladi.
Mehnat resurslarini shakllantirish – bu ularning doimiy ravishda yangilanib turishidir.
Mehnat salohiyati – jamiyatning mehnat sohasidagi imkoniyat quvvatlari bo‘lib, jismoniy imkoniyat, ma’lumot, kasb-kor, malakaga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda ishtirok etishga layoqatli bo‘lgan barcha fuqarolarni o‘z ichiga oladi.
Mehnat staji – xodimning belgilangan tartibda hisoblanadigan mehnat faoliyati davri. U ish vaqtini ham dam olish vaqtini ham o‘z ichiga oladi.
Mehnat taqsimoti – bu har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishilarning xilma-xil mehnat faoliyatlari bilan band bo‘lishidir.
Mehnat unumdorligi – bu, xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U insonning vaqt birligida ma’lum miqdorda mahsulot va hizmatlarni yarata olishidir.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling