Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Download 1.37 Mb.
bet67/78
Sana09.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1254833
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
darslik KIB (2)

Mutahassislar – bu boshqaruvga doir qarorlar tayyorlash va ishlab chiqish funksiyasini bajaruvchi xodimlardir.
Omillar – bu, mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablaridir.
Sabab – insonning nima uchun harakat qilishini ko‘rsatadigan, faoliyatga ichki undovchi narsa bo‘lib, u muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq.
Tarif setkasi – bu, razryadlar shkalasidan iborat bo‘lib, ularning har biriga o‘z tarif koeffisiyenti berilgan va har qanday razryadning tarif setkasida ishning murakkabligiga qarab birinchi razryadga nisbatan ishning necha marta murakkabligini ko‘rsatib turadi.
Turmush darajasi – bu, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasidir.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash milliy modelining bazaviy qismi bo‘lib, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Shu bilan birga, u ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uy xo‘jaligini yuritishda, bolalarni, bemor qarindoshlarini parvarish qilishda band bo‘lganlar va agar daromad keltiradigan ish taklif qilinsa, shu ishga kirishish imkoniga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar;
Xizmatchilar – bu rahbar va mutahassislarga boshqaruvga doir qarorlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishda axborot xizmati ko‘rsatuvchi xodimlardir.
Shaxsiy omil – faoliyat ko‘rsatadigan (harakatda amalga oshiriladigan) ishchi kuchi bo‘lib, o‘z sifat ko‘rsatkichlarining majmui bilan qarab chiqiladi.
Shaxsiy-insoniy omil – bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo‘lmish ish kuchi va uning faoliyat qilishidir.
Shaxsning ehtiyoji – insonda harakatga intilishini vujudga keltiruvchi biron narsaning yo‘qligini anglashdir.
Ehtiyojlar – bu, shaxsning yashashi va o‘zini-o‘zi saqlashiga doir zarur vositalar va shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik qilishi, yashash muhiti bilan barqaror muvozanatni saqlashga intilishdir.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling