Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat


Download 7.36 Mb.
bet6/18
Sana03.11.2023
Hajmi7.36 Mb.
#1744063
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Saurov R Avtoreferat Lotin 18.03.23

Tadqiqotning obyektini davlat xizmatlari ko‘rsatish institutlarining ijtimoiy funksiyalari va ularning demokratik xarakteri tashkil etadi.
Tadqiqotning predmeti davlat xizmatlari institutlarining Yangi O‘zbekistonda shakllanishi va tashkil etilishining immanent belgilarini ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada analiz va sintez, retrospektiv tahlil, institutsional tahlil, obyektivlik, ratsionallik, kuzatuv, so‘rovnoma o‘tkazish, ekspress savol javob, sotsiodinamik tahlil, intervyu kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilar aks etadi:
davlat xizmatlari ko‘rsatadigan markaz, agentliklar faoliyatining ijtimoiy o‘rni
davlat boshqaruvining kratologik xarakteri, samarali ta’sir qilish vositasi, mexanizmi, fuqarolarni murojaatlari va ularning qonuniy talab-ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liqligi mantiqiy isbotlangan;
DXKIning immanent xususiyati, tamoyillari va ijtimoiy funksiyalarini dialektik aloqadorligi (tarkibiy tuzilmasi, talablari)ning determinlashuvi (aholiga axborot xizmatlari ko‘rsatish, mehnat bozoriga kirish va unda faol qatnashish) birlamchi omil ekanligi praksiologik jihatdan asoslangan;
DXKIlarning institutsional belgisi, polifunksional jihati, innovatsion islohotlarni amalga oshiruvchi tamoyillari (ekotizimga integratsiyalashgan elektron platformalar) va praksiologik raqamli xizmatlarni ratsional tashkil etishdagi regulyatsiya qilish mexanizmlari falsafaning umumiylik, xususiylik, alohidalik kategoriyalari vositasida ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda DXKIni tashkil etishning falsafiy-huquqiy asosi, demokratizm va inson manfaatlariga moslik tamoyili, institutsional tizimni izchil shakllanishi, murojaat etuvchilarni ijtimoiy qiziqishlari hamda ehtiyojlarini paradigmal xususiyatlarga egaligi falsafiy jihatdan asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
DXKI (DXKM)ning ijtimoiy funksiyalari, davlat hokimiyatchiligining xalqchillik asoslari va demokratik taraqqiyotning muhim omili ekanligi, ularni shakllantirish davlat boshqaruv tizimidagi modernizatsiyalash jarayonlariga taalluqli voqelik sifatida xalq bilan davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilganligi ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan;
boshqaruv tizimining murakkablashishi va rang-baranglashib borayotganida
ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratiyani avj oldirish xavfi mavjudligi, davlat boshqaruvini xalq manfaatlariga yaqinlashtirish va ularga xizmat qildirish DXKI
(DXKM) zimmasiga yuklatilganligi muhim amaliy ahamiyatga egaligi aniqlangan; tadqiqot DXKI (DXKM)ning tashkiliy huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatishda axborot texnologiyalari, virtual aloqalar va internetning o‘rni katta, ammo ular kishini etnomuhiti va etnoan’analaridan begonalashtirishga olib kelmasligi lozimligi asoslangan.

Download 7.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling