Sharq allomalarining asarlarida mehnatsevarlik to'G'risida ilgari surilgan pedagogik fikrlar
Download 179.39 Kb.
|
pedagogika kitob sit
Ogzaki nutk texnikasi- tovush, bugin, so’zlar, uning shakllarini talaffo’z etishni yaxshilash borasida nutk organlarining faollashtiruvchi mashklarini anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, diktsiyaga e‘tibor berish, tovushlarning past – baland tovlanib turishi, undoshlarni talaffo’z etish, oxang kabilar kiradi.
Nutk texnikasidagi muxim ko’rsatkichlardan biri uning xissiyligidir. Psihologlar ijobiy xissiyotni inson foaliyatidagi kudratli omil deb xisoblaydilar. Nutk sifati, ovoz har bir o’qituvchida har xil bo’ladi. Birok tegishli mashklar natijasida ovozni o’zgartirish mumkin. Nutkdagi kamchiliklarni yuqotish uchun tinmay mashk kilib borish zarur. Ovozdan foydalanishda nutk texnikasining asosini tashkil kiluvchi nutk apparatlarini yaxshi bilish kerak. (Yozma nutk texnikasi va nutk apparatlari o’zi aloxida yunalish). O’qituvchining o’quvchilar bilan to’g’ri muomala kila olish madaniyati va texnikasi. Bolalarga yakinlasha olish, o’quvchilarga to’g’ri muomala qilish yulini topish, ular bilan pedagogik nuktai nazardan samarali o’zaro munosabatlar urnata bilish, pedagogik texnikaning mavjudligidandir. O’qituvchi ta‘lim – tarbiya ishlari jarayonida o’quvchilari, kasbdoshlari, o’quvchilarning ota – onalari bilan muomalada bo’ladi. O’qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomala madaniyatiga bog’liqdir. Pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomala madaniyatida muallimning axloqiy madaniyati, qiyinish madaniyati, so’zlash madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. O’qituvchining pedagogik kasb egasi sifatida o’ziga, o’z kasbiga, o’quvchilariga, kasbdoshlariga, o’quvchilarning ota – onalariga, jamoatchilikka muomala madaniyatini belgilovchi talablar mavjud. Pedagogik jarayonda muomala madaniyati va texnikasi muallimning pedagogik faoliyatida ko’rinadi. O’qituvchi o’z burchini bajarayotganida u o’zaro xurmat darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixoxlik, tashabbuskorlik, o’zaro gamxurlik, bir – birlarini inson sifatida kadr – kiymatini e‘zozlash kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Pedagogik madaniyat va texnika o’qituvchining pedagogik faoliyatida bashqalar bilan muomalasining harakterini baholashga xizmat kiladi. Pedagogik jarayonning o’zida ham ish jarayonining turli soxalarida turlicha muomala madaniyati mavjud. Masalan, jamoat topshiriklarini bajarishda, dam olish paytlarida, muomala, shuningdek o’qituvchining o’z kasbiga, Vataniga, xalqka, bashqa – bashqa topshiriklarga bo’lgan munosabati o’ziga xos xususiyatlarga ega. O’qituvchining muomala madaniyatini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. Download 179.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling