Sharq allomalarining ilmiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1
213 GLOSSARIY So’g`d yozuvi – miloddan oldingi ming yillikning oxirlarida oromiy alifbosidan ajralib chiqqan. Arab yozuvi singari o’ngdan chapga qarab yozilgan va o’qilgan. Qadimgi manbalarda so’g`d alifbosida 25 harf mavjudligi ta’kidlangan, biroq turli joylardan topilgan so’g`d yozuvi yodgorliklarida harflarning umumiy sonida farqlar bor. So’g`d yozuvining milodning boshlariga oid qadimgi namunasi Samarqand yaqinidagi Тoli barzu degan joydan topilgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o’troq dehqon elatlari xorazmliklarning yurti Хvariazm («Avesto»da), Хvarizmish (Behistun yozuvlarida), Хorasmiya (Arrian, Strabon) asarlarida yozib qoldirilgan. So’g`diylarning eng yaqin qo’shnilari Baqtriyaliklar bo’lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg`onistonning shimoli, Тojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflarining asarlarida Baqtriana yoki Baqtriya deb atalgan. Munajjim – osmon yoritkichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. Bu so’z arab tilidan olingan. Zardo’sht 40 yoshida yangi diniy ta’limot payg`ambari bo’ladi. «Payg`ambar» so’zi «savobli ishlar xabarchisi» degan ma’noni anglatadi. Zardo’shtiyning g`oyalari miloddan avvalgi IV asrda to’planib 21 kitob qilinadi. Ular «Avesto»ning asosini tashkil etgan. Matnlarda yozilgan tafsiflar «Zand» deb ataladi. «Katta Avesto»dan ayrim muhim oyatlar tanlab olinib, Хorazm, Baqtriya, Marg`iyona va So’g`diyona haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Axuramazda – zardo’shtiylik xudosi bo’lib, yorug`lik, obodonlik, farovonlik, salomatlik kabi hamma ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo sifatida ifodalangan. Ahriman – zulmat, qorong`ulik, ochlik, vabo, sovuq, zaharli jonivorlarni yaratuvchi va boshqaruvchi yovuzliklar xudosi. Zardo’shtiylik urf-odatiga ko’ra o’lgan kishi dafn qilinmagan. Jasadni qushlarga yem bo’lishi uchun maxsus baland joyga qo’yilgan. Suyaklari tozalanib, qushlarga yem bo’lishi uchun maxsus idish Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling