Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet31/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Postpozitivizm. YAngi pozitivistcha ta’limotning parchalanishi umumiy nomda birlashgan «postpozitivizm» deb atalagan bir qator fan falsafasining prinsiplarini vujudga kelishiga olib keldi. Bu yo’nalishning asoschisi «kritik ratsionalizm» ijodkori Karl Popper (1902-1988) edi. Postpositivizmga I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, D.Agassi, P.Feyerbend kabi yirik g’arb fan faylasuflarining qarashlari taalluqlidir. Bu faylasuflarning asosiy vazifasi fan falsafasida pozitivistcha uslubdagi tafakkurni bartaraf etish edi.
30-nchi yillardayoq Popper yangi pozitivizmning iduktivizmi, ma’noning verifikatsiyachilik nazariyasi, fan asosini tajribaviy tabiatni hodisa sifatida talqin qilishni qattiq tanqid ostiga olgan edi. U ilmiy bilishda metafizikaning o’rni va metafizik (an’anaviy falsafiy) muammoni oqlash masalasini qo’ygan edi. U shuni ko’rsatadiki, metafizikada aytilgan hukmlarni hissiy ma’lumotlarga tadbiq qilib bo’lmasligi asosida uni rad etish, mantiqiy jihatdan fundamental fanlarning butun nazariy asoslarini rad etishga olib keladi. «O’zlarining metafizikani barbod qilish intilishlarida, - deb yozadi K.Popper, - pozitivistlar u bilan birgalikda tabiiy fanlarni ham yakson qiladilar, negaki, ilm-fan qonunlari aynan, metafizik hukmlarga o’xshash bo’lib, ularni hissiy tajriba haqidagi oddiy ifodalarga taalluqli deb bo’lmaydi. Ma’noni tushunishda agar izchil ravishda Vitgenshteyncha mezonlar qo’llanilsa, u vaqtda o’sha tabiat qonunlarini ahamiyatsiz narsa sifatida uloqtirishga to’g’ri keladiki, Eynshteyn ta’biricha, ularni qidirish «fizikaning oliy vazifasi» dir33.
Ilmiy va g’ayri ilmiy bilimlarni ajratish mezoni sifatidagi pozitivistcha verifikatsiya qoidasini tanqid qilib, Popper haqli ravishda ko’rsatib o’tadiki, «nazariyani hech qachon tajribaviy jixatdan verifikatsiya qilib bo’lmaydi»34. Ilmiy haqiqatga erishish vositasi sifatida intuktiv mantiqni mutlaqlashtirishni ham Popper haqli ravishda tanqid qiladi. Ma’lumki, o’z vaqtida D.YUm induksiyani mantiqiy asoslash muammoli ekanligini ko’rsatib o’tgan edi. SHu munosabat bilan Popper yozadi: «Induksiya qoidasini oqlash uchun, biz uchun induktiv xulosalarni qo’llashga tug’ri keladi, ularni oqlash uchun esa, yuqoriroq darajada turgan induktiv qoidani kiritish lozim, va hokazo shu ruhda davom etish zarur. Demak, tajribadan kelib chiqib, induksiya qoidasini asoslashga urinish, zaruriy ravishda yemirilishga duchor bo’ladi, negaki, u muqarrar ravishda cheksiz (regress) tanazzulga olib keladi»35.
YAngi pozitivistcha ta’limotga qarshi o’laroq, Popper o’zining verifikatsiyalar (tasdiqlash) nazariyalariga emas, balki ularning falsifikatsiya qilish (soxtalash) jihatlariga asoslangan ilmiy bilim uslubini tavsiya qiladi. Ilmiy usulning mantiqiy asosi sifatida Popper induktiv emas, balki deduktiv mantiqni ko’radi, aniqroq aytganda esa, uning qoidasi bo’lgan modus tollensni nazarda tutadi. Popper nazaridagi ilmiy nazariyalarni tanlash va tekshirishning umumiy tasviri quyidagicha ko’rinishga ega: taxminlar o’rtacha qo’yilgandan keyin mantiqiy deduksiya yordamida ulardan qandaydir xulosalar keltirib chiqariladiki, ularni tajribada tekshirishdan o’tkazish mumkin bo’ladi. Agar xulosalardan biri tasdiqlanib qolsa, biz ham taxminning haqiqiyligi haqida hukm yurita olmaymiz. Ammo agar ana shunday xulosalardan biri rad etilsa, undan shu narsa kelib chiqadiki, taxmin yolg’on bo’ladi. Bundan Popper shunday xulosaga keladiki, «nazariyaning ilmiy maqomining mezoni uning soxtalash mumkinligi va raddiyaligidir»36.
Popper fikricha, ilmiy bilim asosan faraziy xususiyatga ega: «Biz bilmaymiz- biz faqat faraz qilishimiz mumkin»37. Popper «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» deb atalgan mashhur kitobning muallifi bo’lib, unda totalitar davlat tuzumlarini tanqid ostiga olib, ularga liberal qadriyatlarni qarama-qarshi qo’ydi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling