Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi
Download 292.06 Kb. Pdf ko'rish
|
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)
Eskirgan so‘zlar. Kundalik hayotda ishlatilmaydigan eskirgan so`zlar
lug`atlardan o`z joyini egallagan. Jamiyat taraqqiyoti, madaniyatdagi o`zgarishlar tilga o`z ta;sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Davr o‘tishi bilan mehnat
33 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 441 34 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 69 19
qurollari, kiyim-kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo‘ladi, eskilarining ba‘zilari ishlatilmaydigan bo‘lib qoladi. Natijada ularni ifodalovchi so‘zlar ham bora-bora juda kam qo‘llanadigan bo`lib qoladi yoki umuman iste’moldan chiqib ketadi. Yana misollarga murojaat qilamiz: ashu (qizil tuproq), ashuq (temir qalpoq, dubulg‘a), aqru (sekin). Eskirgan so‘zlar ikkita guruhga ajratiladi:
iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir. Bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Tarixiy so‘z (istorizm)larga misollar: Çar – (tsar – chor, rus podshosi) Rossiya imperatori va Bolgariya qiroliga berilgan unvon. Çariçe – (tsaritsa – rus qirolichasi) - Rossiya imperatorining xotini yoki ayol imperatorga berilgan unvon. Çareviç – (tsarevich – chor (podsho)ning o‘g‘li) - Rossiya imperatorining o‘g‘li; Çarlık, -ğı is. tar. 1) Chor bo`lish vaziyati; 2) Chor boshqaruvidagi davlat: “Rusya`da çarlık devrilmişti.” 35 – T.
Buğra. (Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. 439- s); Çavuş – is tar. 1) Usmonlilar davlat tashkilotida turli vazifalarni bajargan xizmatchi. 2) tar. Usmonlilar armiyasida yuqori mansabdagilarning buyruqlarini quyidagilarga yetkazuvchi vazifasini bajaruvchi odam; 36 Misol: Çarka – is. tar. esk. Usmonlilarda saroy xodimining lavozimi, vazifasi. 37
Arxaik so‘zlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so‘z eskiradi, lekin tushuncha eskirmaydi, boshqa so‘z bilan ifodalanadigan bo‘lib qoladi, bunday so‘zlar iste‘moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo‘lgan so‘zlardir (qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari berilgan): rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor), xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir), redaksiya (tahririyat), ulus (xalq), bitik (yozuv) va h.
35 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 439 36 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 447
37
|
ma'muriyatiga murojaat qiling