II BOB. TURK TILIDAGI ARXAIZMLARINING SEMANTIK
XUSUSIYATLARI
2.1. Turk tilidagi arxaizmlarning ma’no qirralari
Arxaizmlarning umumiy tilshunoslikdagi tadqiqi. Biz, bugungi kunda
dunyo tilshunosligini tilga olganimizda, rus tilshunosligiga urg‘u beramiz.
Shuning uchun o‘rni kelganda, arxaizmlar haqida rus tilshunoslari nima
deyishganiga e’tibor qilish kerak bo‘ladi.
Rossiyada
nashr
etilgan
“Lingvistik
ensiklopedik
lug‘at”da
(Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar) istorizm, ya’ni eskirgan so‘zlarga
quyidagicha ta’rif berilgan: “Istorizm (tarixiy so‘z)lar - yo‘qolib ketgan
realiyalarni bildiruvchi so‘z yoki turg‘un birikmalar (kravchiy, tyaglo,
selovalnik). Tarixiy so‘zlar qadim zamonlarga tegishli bo‘lishi mumkin (zakup,
smerd), unchalik qadimiy bo‘lmasligni ham mumkin (likbez, nepman,
prodrazvyorstka). Undan tashqari, istorizmlar ko‘pma’noli so‘zlarning bir necha
ma’nosidan bittasi ham bo‘lishi mumkin (masalan, turkiy “yarlık” so‘zi
“xonning yozma farmoni” ma’nosida ham bo‘lishi mumkin, “etiketka”
ma’nosida ham qo‘llanilish mumkin). Tarixiy so‘zlar passiv lug‘atga tegishli
bo‘ladi, lekin arxaizmlardan farqli o‘laroq aktiv lug‘atda sinonimlarga ega
bo‘lmaydi. O‘quv va ilmiy adabiyotlarda terminologik ma’noda qo‘llanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |