Turk tilidagi arxaizmlarda sinonimlik munosabatlari. Sinonimik
munosabatlar arxaizmlarda ham uchraydi. Bu tabiiy hol, chunki arxaizmlar
eskirgan so‘zlar bo‘lsa-da, ularning qaysidir ma’noda yoki uslub nuqtai
nazaridan
yangicha
shakllari
mavjud.
Masalan,
hozirgi
turkchada
qo‘llanilayotgan başka so‘zining sinonimi qadimgi turkchadagi özge so‘zidir.
Istorizmlar hozirgi zamon turk tilida sinonimlariga ega emas. Ularning
ma’nolarini faqat ensiklopedik tasvir yo‘li bilangina izohlab berish mumkin.
Aynan ana shunday tarzda ular izohli lug‘atlarda beriladi. Masalan: has oda başı
(xos xona boshi) – 'Usmonli sultonlarining saroylarida sultonning xos xonalariga
qarovchi, ishonilgan amaldorning lavozimi, hamda ana shu unvonni tashuvchi
shaxs; zülfikâr – 'keng qilib ishlangan, ikki tomonlama kesadigan qilich, sovuq
qurol turi.
Arxaizmlar turli xususiyatlariga ko‘ra zamonaviy sinonimlaridan farq
qilishi mumkin: boshqacha grammatik tuzilishi, boshqacha ma’nosi, umuman
farqli morfem tuzilishi va boshqalar. Aynan qaysi xususiyat eskirgan so‘z va
uning zamonaviy sinonimi orasidagi farqni tashkil qilayotganiga ko‘ra quyidagi
tur arxaizm guruhlari ajratiladi.
1. L e k s i k - f o n e t i k arxaizmlar – o‘zining fonetik qiyofasiga ko‘ra
tovush yoki tovushlar birikmasi hozirgi talaffuzga xos bo‘lmaganso‘zlar: ilimon
(limon), va b.
Bir tovush o‘rniga boshqasining talaffuz qilinishi va b.
2. L e k s i k v a s o ‘ z y a s a l i s h i – hozirgi zamon turk tilidagi
muqobilidan biror-bir so‘z yasalish affikslari bilan farq qiluvchi arxaizmlar:
restoratsiya (restoran) va b.
3. S o f l e k s i k arxaizmlar – tamoman eskirgan so‘zlar: uçmak
(cennet), yumak (yıkamak) va h.
4. G r a m m a t i k arxaizmlar – so‘zning hozirgi tilda mavjud bo‘lmagan,
eskirgan shakllari, masalan, atov so‘zlar. Shuningdek, zamonaviy tilda
35
boshqacha usulda yasaluvchi grammatik shakllar.
Do'stlaringiz bilan baham: |