Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi
Download 292.06 Kb. Pdf ko'rish
|
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)
39
XULOSA
Hozirgi zamon turk tilidagi lug‘atlardan joy olgan arxaizmlar semantik nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan, leksik qatlamlarning til lug‘at tarkibida tutgan o‘rni, leksik birliklar semantikasi bilan bog‘liq masalalar tadqiqiga bag‘ishlangan bitiruv ishi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: -
hozirgi zamon turk tilini o‘rganishda arxaik so‘zlarni bilish va ushbu leksik qatlamni o‘xshash birliklardan farqlay olish ba’zi qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, arhaik leksikani tarixiy leksikadan farqlash va o‘xshash jihatlarini aniqlash qator qiyinchchiliklar tug‘dirmoqda. Undan tashqari, turk tilining izohli lug‘ati va o‘zbekcha-turkcha, turkcha-o‘zbekcha lug‘atlarda berilgan so‘zlarning ba’zi ma’nolari eskirganligi yoki tarixiy leksikaga aylanganligi chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Mazkur muammolarga qisman javob berish maqsadida boshlagan bitiruv malakaviy ishi hozirgi kunda turk tili leksikologiyasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi; -
nuqtai nazarlaridan ko`rib chiqilgan, turk tilining leksikologiyasi, semantikasiga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarda, amalga oshirilgan ba’zi ilmiy ihlarda arxaizmlar ustida qisqacha to‘xtab o‘tilgan; -
turkcha arxaizmlar va ularning o‘ziga xosliklari borasida yevropa, rus va turk tilshunosligida qiziqarli tadqiqotlar amalga oshirilgan; -
madaniyati, ma’naviy qadriyatlari va urf-odatlarini saqlab qolish ma’nosida dunyo fanining diqqat markazida turadi; -
leksikasida tutgan o`rni va ahamiyati ta’kidlandi; -
tilining lug‘at tarkibida arxaizmlarning taxminiy miqdori, ularning tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati belgilandi; 40
- turkcha arxaizmlarining semantik xususiyatlari, sinonimlik munosabatlari, turli ma’no qirralari aniqlandi; -
-
chet tilini o‘rganishga uni ona tiliga qiyoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashning muhimligi ta’kidlandi; -
turk tili arxaik leksikasini bakalavrlimk bitiruv-malakaviy ishi darajasida o‘rganish ishning yangiligini belgilaydi. -
farqliliklar ajratilib, tarixiy so‘zlartshtp hozirda mavjud bo‘lmagan narsa hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlari, bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskirishi, arxaik so‘zlarning esa hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlari bo‘lib, bunda so‘z eskirishi, lekin tushuncha eskirmasligi, boshqa so‘z bilan ifodalanadigan bo‘lib qolishi, bunday so‘zlarning iste‘moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo‘lgan so‘zlar ekanligi alohida ta’kidlandi; -
o`xshash grammatik shakllar ham tashkil etadi. Chunki tilda so‘zlar eskirgani kabi qo‘shimchalar ham eskirishi mumkin. Bular jumlasiga ba’zi so’z yasovchi va kelishik qo`shimchalari kiradi; -
tadqiqotda hozirgi turk tilida eskirgan so‘z hisoblangan leksik birliklarning zamonaviy o‘zbek tilida eskirgan so‘z emasligi, nutqda faol qo‘llanib kelinayotgani, ba’zi holatlarda ifodaning ko‘tarinkiligini ta’minlash maqsadida hozirgi nutqda eskirgan so‘zlar qo‘llanilayotgani uqtirishga harakat qilindi; -
BMIda badiiy asarlarlarning arxaizmlarning koni hisoblanishi, ularning badiiy asarlarga rang, tus, joziba berishdan tashqari, tilning boy tarixini ham namoyish etishi ta’kidlab o‘tildi. Arxaizmlar saqlanib qolgan badiiy matnlar sirasiga turk xalq maqollarini ham kiritish mumkinligi, xalq maqollari ming 41
yillar ilgari paydo bo‘lgan ma’naviy xazina sifatida ularda ifodalangan xalq falsafasi, uning o‘ziga xosliklarini aks ettirgan o‘gitlar bugun ham dolzarbligini yo‘qotmaganligi, maqollar tarkibidagi ayrim so‘z va birikmalar ular paydo bo‘lgan davr, ya’ni qadimgi turkiy tilga oidligiga alohida ahamiyat berildi$ Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, tadqiqot davomida ega bo‘lingan ma’lumotlarni akademik litseylarda turk tilini o‘qitish jarayonida ma’ruza sifatida qo‘llash, arxaik shakllarning tilni o‘rganishda qanchalik muhim ekanligini o‘quvchilarga material shaklida yetkazish, to‘plangan arxaizmlar va eskirgan so‘zlarning kichik lug‘atini tuzish mumkin. Download 292.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling