Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi
badiiy adabiyotda esa tarixiy koloritni yaratish maqsadida
Download 292.06 Kb. Pdf ko'rish
|
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)
badiiy adabiyotda esa tarixiy koloritni yaratish maqsadida qo‘llanadi
41
Rus olimlaridan L. I. Raxmanova va V. N. Suzdaltsevalar o‘zlarining “Sovremenniy russkiy yazik” nomli kitoblarida eskirgan leksikaga quyidagicha ta’rif berishadi: “Eskirgan leksika – muayyan tilda so‘zlovchi kishilarning nutqlarida qo‘llanuvchi, ammo ular tomonidan eskirgan deb qabul qilinuvchi so‘zlardir: kavalergard, laniti, oniy, oprichnik, persti, sey, sodeystvo va h. So‘zlarning eskirib, faol nutqdan chiqib ketishining sabablari turlicha. So‘zlar eskirib, qo‘llanish sohasidan chiqib ketishi mumkin, qachonki, ana shu so‘z
41 Лингвистический энциклопедический словарь, Москва, «Большая Российская энциклопедия», 2002, с. 204 32
ifodalayotgan shaxs, predmet yoki hodisa qo‘llanmay qo‘yiladigan bo‘lsa: krinolin, piщal, sar, chinovnik va h. Turk tilidagi arxaik leksikani o‘zbek va rus tilshunosligi prinsiplariga ko‘ra ko‘rib chiqish ishimizni osonlashtirganini tan olish kerak bo‘ladi. Ma’lumki, so‘z qaysidir sabablarga ko‘ra, ifodalanayotgan shaxs, predmet yoki hodisaning boshqa yangicha nomi eski nomini siqib chiqarganda ham eskirib qolishi mumkin. Masalan, hozirgi turk tilidagi bakan (vazir), başbakan (bosh vazir), subay (harbiy unvonli kishi, ofitser) so`zlari usmonlicha vezir, sadrazam, paşa so`zlarini nutqdan siqib chiqargan. Lekin bulardan paşa so`zi og`zaki nutqda va ba’zan uslubiy maqsadlarda (boshliq, lashkarboshi ma’nosida) qo`llanib turiladi.
o`z qimmatini yo`qotmagan: Akıl bir vezirdir, gönül bir padişah (Aql vazirdir, ko`ngil podshoh), Gelin taht getirmiş, çıkmış kendisi oturmuş (Kelin taxt keltiribdi, ustiga o`zi çıqıb o`tirib olibdi) va hok. Umumiy tilshunoslikda eskirgan so‘zlarning ikki xil turi ajratiladi: 1)
qolgan hodisalarni ifodalovchi so‘zlar; 2)
a r x a i z m l a r – hozirda ham mavjud, lekin boshqacha (yangicha) ataladigan, ya’ni yangi nomga ega bo‘lgan predmetlar, hodisalarni ifodalovchi eskirgan so‘zlar. Turk tilining izohli lug‘atlarida tarixiy so‘zlar tar. (tarihi) deb, eskirgan so‘zlar esa esk. (eskimiş) deb belgilab qo‘yiladi. Aksincha, arxaizmlar, hozirgi tilda o‘z sinonimlariga ega bo‘lib, ular yordamida izohli lug‘atlarda ularning ma’nolari izohlanadi (esk. (eskimiş):
shartnoma” ma’nosida qo‘llaniladi. Qadimgi turk tilida esa bu so`z “davr, zamon” ma’nosiga ega bo`lgan. 42 Xuddi shuningdek, Çavuş –1) Usmonlilar 42 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 47 33
davlat tashkilotida turli vazifalarni bajargan xizmatchi. 2) Usmonlilar armiyasida yuqori mansabdagilarning buyruqlarini quyidagilarga yetkazuvchi vazifasini bajaruvchi odam; 43 so‘zi ham ko‘p yillar tarixiy so‘z bo‘lib, 60- yillarda hozirgi zamon turk armiyasida xuddi shunday vazifadagi ofiser tushunchasi va lavozimining qaytishi munosabati bilan nutqqa kirib keldi. Kundan-kun rivojlanib borayotgan moda dunyoning ko‘p tillariga istorizmga aylanib qolgan ba’zi so‘zlarning qaytadan dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi. Masalan, unutilib ketgan losini (ilgari “badanga yopishib turadigan shim turi, Chor Rossiyasining ba’zi polklarida harbiy xizmatchilar kiygan kiyim” ma’nosida qo‘llanilgan) hozirgi paytda zamonaviy moda ketidan quvuvchi xotin-qizlarning libosiga aylangan. Shuningdek, meyhane (Usmoniylar davrida – past tabaqali kishilar maishat qilib, may ichadigan muassasa, joy) hozirgi paytda yoshlarning jargon tilida ayni o‘xshash joy - restoran, kafe ma’nosida qo‘llaniladi. Bunga o‘xshash metaforik ma’noda so‘zlar gapiruvchi tilida eskirgan so‘z sifatida qabul qilinmaydi. Lug‘atlarda ham bunday so‘zlar yoniga (esk. (eskimiş) belgisi qo‘yilmaydi. Biroq bunday so‘zlarning intuitiv tarzda his qilinadigan qarama-qarshi ma’nosi shaxs yoki predmetlarning har qanday emotsionalno-baholash nyuanslari metaforalarni yanada yorqinroq anglanishini ta’minlaydi. Eskirgan so‘zlar ko‘p hollarda turli xil nolisoniy (ko‘pincha, ijtimoiy) omillar ta’sirida “qayta dunyoga kelib” faol qo‘llanish sohasiga kiradi. Ko‘pincha bunday jarayon tarixiy so‘zlar (istorizm)larda kechadi. Masalan, ozan so‘zi, uzoq davr to‘g‘ri ma’noda qo‘llanilganda eskirgan so‘z, ko‘chma ma’noda ş air (shoir) so‘ziga an’anaviy poetik yuqori uslubiy sinonim sifatidagina qo‘llanilgan, XX asrning 60- yillarida yana qaytadan keng qo‘llanila boshladi. Ko‘pincha so‘zlar, to‘g‘ri ma’noda eskirgan so‘z hisoblanib, tilda umumiy metaforalar sifatida qo‘llanilaveradi. Masalan, turk tilida mehnat qilishni
43 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 447 34
xohlamaydigan kishi ağa deb, yugurdaklikka moil odamlar ayak takımı deb atalgan. Download 292.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling