Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi


Download 292.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/33
Sana26.12.2021
Hajmi292.06 Kb.
#183271
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)

-ince payt ravishdoshi tugash, nihoyaga yetish ma’nosida ancha eskirgan 

va  hozirda  ishlatilmaydi.  Masalan:  Bu  iyiliğini  ölünce  unutmam  (Bu  yax-



shiligingni o‘lguncha unutmayman). Bu gapdagi ölünce ravishdoshi hozirgi turk 

tilida  ölünceye  dek;  ölünceye  kadar  shaklida  qo‘llaniladi.  Ushbu  ravishdosh 

nihoyaga  yetish  ma’nosida,  -guncha  shaklida  o‘zbek  tilida  saqlangan  (Bu  yax-

shiligingni o‘lguncha unutmayman).  



28 

 

Sharqiy  Onado‘lu  shevalarida  -ende  ravishdosh  qo‘shimchasi  ham 



keng  qo‘llanadi  (Yaz  gelende  çıkam  yayla  başına).  Bu  qo‘shimcha  ham 

hozirgi  zamon  o‘zbek  va  ozarbayjon  tillarida  to’la  saqlangan  (Yoz  kelganda 



chiqaman yaylov boshiga). 

-içek  (-ıcak)  ravishdosh  qo‘shimchasi  -ince  qo‘shimchasining  eskirib 

qolgan  turidir.  Bu  qo‘shimcha  ham  hozirda  shevalarda  saqlangan:  al-ıcak, 



gel-icek, bilme-y-icek. 

-işin  (-ışın,  -üşün,  -uşun)  qo‘shimchasi  Onado‘lu  shevalarida  -ince 

qo‘shimchasining o‘rnida qo‘llanadi: gel-işin, başla-y-ışın. 

Yuqorida  -ince  qo‘shimchali  ravishdoshlarning  eskirgan  tugash 

ma’nosiga  ham  ega  ekani  ta’kidlandi:  ölünce  unutmamak,  doyunca  yemek, 



gelince  hemen  aramak  kabi.  Turk  tilida  dek  va  kadar  ko‘makchilari  vo-

sitasida yasalgan birikmalar keng tarqalgan: (Eve dek dinlenmedim - Uygacha 



dam  olmadim),  Bugüne  kadar  hiç  hatırlamamışım  -  Bugungacha 

eslamabman).  Turk  tilining  shevalarida  değin  ko‘makchisiga  ham  duch 

kelinadi (Akşama değin evden çıkmadı – Oqshomgacha uydan chiqmadi). Bu 

shakllardan uchtasi sinonim sifatida keng qo‘llanadi: gel-inceye kadar = gel-

ene kadar = gel-esiye kadar. Eng ko‘p qo‘llaniladigan -inceye shakli dek va 

değin ko‘makchilari ham birikadi: Hava açıncaya kadar yola çıkamam (Havo 

ochilgunga qadar yo’lga çoqa olmayman). Siz gelinceye dek bekleyecek (Siz 

kelgunga qadar kutadi) kabi. 

Harakat  nomlarida  shaxs  ma’nosi  bo‘lmagani  kabi,  zamon  ma’nosi  ham 

yo‘q.  Masdarlar  (gelmek,  yapmak,  düşünmek)  egalik  va  boshqa  shakl  yasovchi 

qo‘shimchalar  olmaydi.  -mek  harakat  nomi  o‘rniga  -me  harakat  nomi  qo‘-

shimchasi qo‘llanadi. Masalan, qadimgi turkchadagi yörimegüm, demege, etmegi 

shakllari yangi turkchada yürümem, demeye, etmeyi ko‘rinishiga ega.  

Bog‘lovchi  so‘zlar  (cümle  başı  edatları).  Sodda  gaplarni  ma’no  jihatdan 

bir-biriga  bog‘lab  keluvchi  fakat,  lakin,  ancak,  yalnız,  ama  bog‘lovchi 

so‘zlardan tashqari eskirgan lik, velik, veli kabi bog‘lovchilar ham kiradi.  



29 

 

Ba’zi ilmiy ma’lumotlarga ko`ra, qadimgi turk tilida yordamchi so‘zlar 



deyarli bo‘lmagan, ular keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan yoki turk 

tilidagi  ba’zi  mustaqil  so‘zlarning  qoliplashuvi  natijasida  shakllangan  va 

asrlar osha ularning soni ortib borgan. 

Otdan yasalgan yordamchi so‘zlar guruhini eski va yangi shakl yasov-

chi qo‘shimchalar yordamida yasalgan va ba’zi ravishlar tashkil etadi: üzere, 

sonra, yukarı, başka, yana, nispetle, önce kabi. 

Turk  tilida  qo‘llanib  kelayotgan  o‘nlab  bog‘lovchilar  sirasiga  “eğer” 

ma’nosini  ifodalovchi  şayet  va  qadimda  qo‘llanilgan  ger  bog‘lovchilarini, 

“gerçi”  ma’nosini  ifodalovchi  vakıa,  her  ne  kadar  va  eski  egerçi  bog‘-

lovchilarini,  “çünkü”  ma’nosini  ifodalovchi  çünkü,  zira  va  qadimgi  çün,  çü 

bog‘lovchilarini,  madem  ki,  madem  va  qadimgi  çünkim,  çünki,  madam 

bog‘lovchilarini,  natija  va  izohni  ifodalovchi  meğer  (meger),  bina-enaleyh, 



öyle ki, oysa ki, şöyleki, nitekim, halbuki, kaldı ki, üstelik, belki, hatta, yani, 

zaten,  bari,  hakeza,  bilhassa,  demek,  demek  ki,  öyleyse,  özellikle  bog‘-

lovchilarini ham kiritish mumkin.  

Qadimgi  turkcha  matnlar,  shuningdek,  badiiy  adabiyotda  uchrab 

turadigan  naşi,  birle,  tek,  sarı,  içre,  ara,  içeri,  dışarı,  özge  kabi  so‘zlarni  ham 

ko‘makchi sifatida namoyon bo`lishi mumkin.  

Turk  tilidagi  eskirgan  so`z  yasovchi  qo`shimchalar.  Hozirgi  turk  tilini 

eskirgan  so`z  yasovchi  qo`shimchalarni  o`rganmasdan  yaxshi  bilishning 

imkoni    yo`q.  Shuni  hisobga  olib,  quyida  eskirgan  so`z  yasovchi 

qo`shimchalarni sanab o`tishga to`g`ri keldi.  

Otdan ot yasovchi qo`shimchalar-l (-ıl, il) qo‘shimchasi eski turkcha 

sıl  (-sil)  qo‘shimchasidan  yuzaga  kelgan  va  rang,  tusni  ifodalaydi:  yeş-i-l 

(yaş-ı-l), kız-ı-l. 



30 

 

-ka, -ge qo‘shimchasi qadimgi turkiy tildan saqlanib qolgan baş-ka va 



öz-ge  so‘zlarida  hamda  dal-ga  (to‘lqin,  dolg‘a)  va  bölmek  fe’lidan  yasalgan 

böl-ge so‘zida keladi. 

 

-la (-le) qo‘shimchasi kış-la va yay-la so‘zlaridagina uchraydi (eskirgan 



kış-la-g,  yay-la-g  so‘zlaridagi  la-g  qo‘shimchasining  keyinchalik  qisqargan 

shakli). -la qo‘shimchasi aslida fe’l yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, keyinchalik 

ot yasovchiga aylangan. 

-lık, (-lik, -luk, -lük) qo‘shimchasi qadimdan joy, predmet, narsa, meh-

nat quroli, mavhum otlar va sifatlar yasab kelgan: taş-lık, zeytin-lik, ağaç-lık, 



orman-lık, gül-lük, boş-luk, kömür-lük, baş-lık, kulak-lık, burun-luk, göz-lük, 

gece-lik,  kül-lük,  söz-lük,  genç-lik,  insan-lık  kabi.  -lik  otlari,  turk  adabiy 

tilining milliylashuvida muhim ahamiyat kasb etgan. Arabcha –i nisbiy sifat 

qo‘shimchasi  bilan  uni  otlashtirgan  -at  jins  qo‘shimchasining  birlashishi 

natijasida  yuzaga  kelgan  –iyyat  (iyet)  qo‘shimchasi  bilan  yasalgan  otlar 



(asabiyet,  insaniyet,  milliyet,  cinsiyet)  turkcha  -  lik  qo‘shimchasiga  mos 

keladi:  ziddiyet  =  zıtlık,  katiyet  =  kesinlik,  şahsiyet  =  kişilik  kabi.  -lik 

qo‘shimchasi  ko‘proq  mavhum  otlar  yasaydi:  güzel-lik,  yakın-lık,  hasta-lık, 

iyi-lik, aç-lık, durgun-luk, temiz-lik kabi. Ushbu qo‘shimcha vositasida kasb-

hunar, mansab-lavozim nomlari ham yasaladi: çoban-lık, doktor-luk, muhtar-



lık, asker-lik, balıkçı-lık, bakan-lık, müdür-lük kabi. 

Sifat  yasovchi  qo`shimchalar.  -l  qo‘shimchasi  faqat  ışı-l  so‘zida 

uchraydi.  Aslida  bu  ham  turk  tilidagi  cıvı-l,  şırı-l,  parı-l,  pırı-l  so‘zlari  kabi 

tabiat  hodisalariga  taqlid  bo‘lishi  mumkin.  Qadimgi  turkchada  ina-l,  tüke-l 

so‘zlariga qo‘shilgan.  



Fe’ldan  ot  yaovchi  qo`shimchalar.  -anak  (-enek)  qo‘shimchasi  faqat 

eskirgan sağ-anak, gör-enek, gel-enek, değ-enek (değnek), yığ-anak, tak-anak 

so‘zlarini yasagan. 

 



31 

 


Download 292.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling