Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi


Download 292.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/33
Sana26.12.2021
Hajmi292.06 Kb.
#183271
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)

Çok  insan  bunu  anlayamaz  (Ko‘p  odam  buni  tusuna  olmaydi). 

Yapamayacağını  vaadetme  (Qo‘lingdan  kelmaydigan  ishni  va’da  berma). 

“Bükemediğin eli öp” (atasözü) (“Buka olmagan qo‘lni o‘p”) kabi.  

Ko‘makchi fe’llar turk tilida tezlik fiili yoki ivedilik fiili deyiladi. Ko‘-

makchi fe’llar fe’l negiziga -i (-ı, -ü, -u) qo‘shimchasi va undan keyin vermek 

yordamchi  fe’li  qo‘shilib  yasaladi:  al-ı-vermek,  çek-i-vermek,  gör-ü-vermek, 



yaz-ı-vermek, ol-u-vermek kabi. Ular ish-harakatning tezlik bilan, bir lahzada, 

oson  amalga  oshishi  yoki  oshirilishini  ifodalaydi:  “Doldur  doldur,  rakı  ver. 



Sen  de  bir  tek  çakıver.  Dönerse  güzel  başın,  göğsüme  bırakıver”  (tőrkő). 

Uning eski turkchadagi shakli tuta bermek, eti bermek bo‘lgan va nutqda faol 

qo‘llangan.  Tezlik  fe’llari  ham  imkoniyat  fe’llari  kabi  fe’lning  barcha 

tuslanish shakllarini ola olsa-da, har qanday fe’l bilan birga qo‘llana olmaydi: 



çıkarıverirsen,  çöküverdi,  anlatıverin,  atlayıvermeliydiniz,  şaşırıverirsem, 

görünüverince va h. 

Davomiylik  fe’llari  (sürek  fiilleri)  so‘zga  -e  ravishdosh  qo‘shim-

chasidan keyin durmak, kalmak, görmek, gelmek kabi yarim yordamchi fe’llar 

qo‘shilib  yasaladi:  yürüyedurmak,  bakakalmak,  isteyegörmek,  olagelmek 

kabi.  Ular  ish-harakatning  surunkali  davom  etishini  ifodalaydi.  Bulardan 

durmak fe’li qadimgi turkchadan boshlab yarim yordamchi fe’l bo‘lib, avval 

turur,  keyinchalik durur  hozirgi  zamon turkchasida  esa  -dir shaklini yuzaga 

keltirgan.  Ikkinchi  tomondan  esa  ish-harakat  ma’nosini  olib,  davomiylik 

fe’llarini yuzaga keltirgan: Sen okuyadur (Sen oqiyatur). O söylenedursun (U 

gapirib tursin). 



27 

 

Taxmin  fe’llari  (yaklaşık  fiiller)  fe’l  negiziga  -e  ravishdosh 



qo‘shimchasi  va  undan  keyin  yazmak  yordamchi  fe’li  qo‘shib  yasaladi. 

Yazmak  yordamchi  fe’li  qadimgi  turk  tilidagi  yanılmak  ma’nosida  qo‘lla-

nilgan bo‘lib, usmonli turkchasidan taxmin fe’llari yasashda qo‘llanilgan. Bu 

fe’llar  bugungi  kunda  yuz  berishi  istalmagan  ish-harakatning  amalga 

oshishiga bir bahya qolgani, sal bo‘lmasa yuz berishi mumkinligini bildiradi 

va yordamchi fe’lga qo‘shib yoziladi: düşeyazmak, yıkılayazmak, öleyazmak, 

boğulayazmak, kaçırayazmak kabi. 

Taxmin fe’llari yozma nutqda ham qo‘llaniladi. U ko‘proq turk tilining 

shevalari  va  og‘zaki  nutqda  uchraydi:  “Şevkundan  odlara  tutuşup 

yanayazmışam”  (qo‘shiq).  Ayağı  kayıp  düşeyazmış.  Üç  gün  susuz,  ekmeksiz 

kaldım, açtan öleyazdım kabi. 

Turk  tilidagi  eskirgan  grammatik  shakllarni  ravishdoshlarda  ham 

kuzatish mumkin. Ravishdoshlarning bo‘lishsiz shakli ham -me qo‘shimchasi 

vositasida  yasaladi  (gitmeyebileceğim,  kalmayabilirsiniz).  Bu  esa  shaxsning 

imkonsizligini  emas,  ish-harakatni  bajarmaslik  imkoniyatiga  ega  ekanligini 

ko‘rsatadi. 

Eski turkchadan qolgan -üben, -uban qo‘shimchasi hozirgi turk tilidagi 

-erek,  -arak  ravishdosh  qo‘shimchasining  vazifasini  bajargan:  gel-üben 

(gelerek),  dur-uban  (durarak)  kabi.  Bu  qo‘shimchani  o‘zbek  klassik 

she’riyati  namunalarida  ham  uchratish  mumkin:  «Har  tuning  qadr  o‘lubon, 



har kuning navro‘z o‘lsun» (A. Navoiy). 


Download 292.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling