Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi


Download 292.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana26.12.2021
Hajmi292.06 Kb.
#183271
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)

ver-ginen kabi. 

Turk  tilining  izohli  lug`atidan  o`rin  olgan  arxaizm  va  tarixiy 

so`zlarning  kichik  bir  qismi  son  turkumiga  tegishli.  Masalan,  qadimgi  turk 

tilida tartib son yasovchi affiks -inç bo‘lgan (őçőnç, sekizinç), keyinchalik bu 

affiks -i egalik qo‘shimchasi bilan uzaytirilib qo‘llana boshlangan

40



Turk  tilidagi  eskirgan  grammatik  shakllarni  asosiy  yordamchi  fe’l 

hisoblangan  Đmek  fe’li  yoki  «  i  fe’li»  (cevher  fiili)  yoki  ek  fiil  (qo‘shimcha 

                                                            

40

  -inci  qo‘shimchasi  ba’zi  so‘zlarga  qo‘shilib  yangi  so‘zlar  yasaydi:  sonuncu, 



kaçıncı. Shuningdek, turk tilida birinci tartib soni o‘rnida ilk sifati ham qo‘llanadi.  


25 

 

fe’l)larda  ham  kuzatish  mumkin.  Qadimgi  turk  tilida  er-mek,  usmonli 

turkchasida  i-mek,  yangi  turkchada  esa  -mek  shakliga  kelib  qolgan,  o‘zagi 

«erib», faqat tuslanish qo‘shimchasi shaklida saqlangan imek fe’li ma’nosiga 

ko‘ra  holatni  ifodalaydi  va,  asosan,  ot  turkumiga  kiruvchi  so‘zlar  bilan 

qo‘llanadi. Ushbu fe’lning o‘zagi hali ham og‘zaki va yozma nutqda ba’zi – 

ba’zida  i-di,  i-miş,  i-se  kabi  fe’l  negizlarida  namoyon  bo‘lgani  uchun  uni  i-

mek  fe’li  deb  atashadi.  U  fe’llarga  qo‘shilganda  qo‘shma  fe’l  shakllari 

yasaydi: bilmiş idi, gelse idi kabi.  



Đ

mek  fe’lining  bo‘lishsiz  shakli  fe’lning  bo‘lishsiz  shakli  singari 

imemek emas, değil yordamchi so‘zi vositasida yasaladi: güzel değil-im, güzel 

değil-di,  güzel  değil-miş,  güzel  değil-se  kabi.  Ta’kidlash  kerakki,  ushbu 

fe’lning bo‘lishsiz shakli qadimgi turkchada boshqa fe’llar singari er-me-mek 

bo‘lgan.  Faqat  sharqiy  turkchadagi  er-mez  x  er-mes  ga  mos  qadimgi  og‘uz 

turkchasidagi tegül so‘zi (hozirgi o‘zbek tilida saqlangan tugul so‘zi) ma’lum.  

Turk  tilshunosligida  Đmek  fiili  deb  nomlangan  «i»  qo‘shimchasidan 

so‘ngra  sifatdosh  qo‘shimchalaridan  faqat  -dük  qo‘shimchasi  keladi  va  qo-

liplashadi.  «i»  qo‘shimchasining  ravishdosh  shakli  i-  ken  bo‘lib,  eski  turk-

chada  er-gen,  keyinchalik  i-ken  bo‘lgan  va  hozirgi  zamon  turk  tilida  «i» 

tushirilib  -ken  shakliga  kelgan:  oradayken,  gençken,  anneyken,  düşünürken, 

gidiyorken,  yapmaktayken  kabi.  “Çay  geçerken,  at  değiştirilmez”  (Soydan 

o‘tilayotganda  ot  almashtirilmaydi).  Ushbu  shakl  singarmonizm  qoidasiga 

bo‘ysunmaydi.  

 Hozirgi turk tilida imkoniyat fe’llarining tuslanmaydigan shakllari ham 

uchraydi.  Bular  masdar  va  sifatdosh  shakllaridir:  Maksat  görüşebilmek 

(Maqsad  ko‘risha  olmoq).  “Ne  mutlu  yapabilene”  (Buni  qila  olgan  qanday 

baxtli). Verebileceğini vermiş (Bera olganichasini beribdi), Alabildiğin kadar 

götür  (Olganingcha  olib  ket).  Imkoniyat  fe’llarining  bo‘lishsiz  shakli  ancha 

qadimgi yordamchi fe’l (eski turkcha u-mak fe’lning bo‘lishsiz shakli - u-ma-

mak  (kıl-a  umamak)  asosida  yuzaga  kelgan.  Keyinchalik  u-  unlisining 



26 

 

tushishi  natijasida  hozirda  qo‘llanayotgan  va  turkiy  singarmonizm  qonuniga 



bo‘ysunuvchi  ma-mak  (me-mek)  shakli  paydo  bo’lgan  va  hozirgacha  saq-

langan:  gezememek  (gezemiyorum),  kalkamamak  (kalkamadınız)  kabi. 

Imkoniyat  fe’llarining  bo‘lishsiz  shakli  bo‘lishli  shaklga  parallel  o‘laroq 

barcha  tuslanish  shakllari  va  fe’lning  vazifadosh  shakllari  qolipiga  kiradi: 




Download 292.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling