Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi


 2. Arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rni


Download 292.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/33
Sana26.12.2021
Hajmi292.06 Kb.
#183271
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)

 

2. 2. Arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rni  

Badiiy  asarlarda  arxaizmlarning  o‘rni  beqiyos.  Xususan,  XX  asrning 

ortalarigacha  yozilgan  turkcha  romanlarda  va  boshqa  janrdagi  tarixiy  asarlarda 

eskirgan  so‘zlar  ko`p  uchraydi.  Masalan:  çarık  –  choriq.  Oshlanmagan  sigir 

terisidan  tikilgan  va  teri  iplar  bilan  tang‘ib  bog‘lanadigan  oyoq  kiyim:  Tozla 

örtülmüş çarıklarının eskiliği belli olmuyor” – Ö. Seyfettin. Çarıkçı – choriqchi. 

Soriq  tikuvchi  va  sotuvchi  kabi.  Ushbu  so`zni  qadimdan  aytib  kelinayotgan 

turkcha maqol va iboralarda ham ko`p uchratish mumkin: Ne çarığımız kaldı, ne 

tezek  kokusu  (Na  chorig`imiz  qoldi,  na  tezak  hidi,  ya’ni  ”hammasi  o`tib  ketdi, 

o`tmishda  qoldi”);  Çarığı  ters  giymiş  (Chorig`ini  teskari  kiyib  olibdi,  ya’ni 

”To`nini teskari kiyib olibdi”) kabi

Çelebi  –  1)  Bek:  Evliya  Çelebi.  2)  Bektoshi  va  Mavlavi  pirlardan  eng 

kattalariga  beriladigan  unvon;  3)  Xristian  tijoratchi:  Çelebi,  tütün  mü 



alacaksınız?

44

    Çubukluk  –  Xipchin  (cho‘p)  saqlanadigan  uzun  shkaf: 



“Çubukların muhafaza edildiği yerlere çudukluk veya çubuk odası denirdi.”

 45


 – 

P. Safa. 

Eskirgan  leksika  nutqqa  tantanavor  ohang  baxsh  etuvchi  vosita  sifatida 

badiiy  adabiyotda  keng  qo‘llaniladi.  Masalan  taniqli  turk  adibi  Rashot  Nuri 

Guntekinning  “Choliqushi”  romanida  bunday  vaziyatga  tez-tez  duch  kelish 

mumkin:  "Ehemmiyetli  bir  keşif  yapmıştım"



46

  yoki  “Fakat  nedense  bu 

hediyelere  ehemmiyet  verdiğimi  ne  Kâmran’a,  ne  de  başkasına  göstermek 

istiyordum”

  47

  Bu  ikki  jumlada  qo‘llanilgan,  usmoniylar  davrida  turk  tiliga 

kirgan ehemmiyetli (muhim – sifat turkumi) ehemmiyet (ahamiyat – ot turkumi) 

so‘zi hozirgi turk tilida faol nutqda qo‘llanilmaydi. Uning o‘rniga hozirgi turk 

                                                            

44

 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 456 



45

 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 506 

46

 Güntekin R. N., Çalıkuşu, roman, Đstanbul, 39. Baskı, s.5 



47

 Güntekin R. N., Çalıkuşu, roman, Đstanbul, 39. Baskı, s.40

 



36 

 

tilida önemli (muhim – sifat turkumi) va önem (ahamiyat – ot turkumi) so‘zi  



qo‘llaniladi.  

Eskirgan  leksika  20-asrda  ijod  etgan  va  hozir  ham  ijod  etayotgan 

ko‘pchilik yozuvchi va shoirlarning asarlarida ko‘p uchraydi. 

Shu  narsa  qiziqki,  hozirgi  turk  tilida  eskirgan  so‘z  hisoblangan  leksik 

birliklar hozirgi o‘zbek tilida hech qanday eskirgan so‘z  hisoblanmaydi, nutqda 

juda faol qo‘llaniladi. 

Shuni  ham  ta’kidlash  kerakki,  ba’zi  holatlarda  ifodaning  ko‘tarinkiligini 

ta’minlash  maqsadida  hozirgi  nutqda  eskirgan  so‘zlar  siyosatchilar,  olimlar 

tomonidan,  badiiy  adabiyotda  yozuvchilar  tomonidan  keng  qo‘llanadi.  Undan 

tashqari, zamonaviy nutqda eskirgan so‘zlarning qo‘llanilishi oddiy, zamonaviy 

so‘z  bilan  tasvirlanishi  mumkin  bo‘lgan  hodisaning  muhimligini  ta’kidlashga 

yordam  beradi.  Masalan:  "Fakat  her  halde  altın  saçlı  ve  mavi  gözlü  olmadığı 



muhakkaktı”.  –  Faqat,  harholda,  oltin  sochli  va  moviy  ko‘zli  bo‘lmaganligshi 

aniq  edi”  Ushbu  gapda  qo‘llanilgan  muhakkaktı  (aniq  edi)  so‘zini  zamonaviy 

turkchadagi  kesindi  (aniq  edi)  deb  berish  mumkin  edi.  Lekin  muallif  uni  eski 

arabcha muhakkak so`zi bilan berib, ta’sirni yanada kuchaytirgan. 

Arxaizmlar  saqlanib  qolgan  badiiy  matnlar  sirasiga  turk  xalq  maqollarini 

ham  kiritish  mumkin.  Chunki  xalq  maqollari  ming  yillar  ilgari  paydo  bo‘lgan 

ma’naviy  xazinadir.  Maqollarda  ifodalangan  xalq  falsafasi,  uning  o‘ziga 

xosliklarini  aks  ettirgan  o‘gitlar  bugun  ham  dolzarbligini  yo‘qotmagan.  Faqat 

maqollar  tarkibidagi  ayrim  so‘z  va  birikmalar  ular  paydo  bo‘lgan  davr,  ya’ni 

qadimgi  turkiy  tilga  oiddir.  Misol  uchun  hozirgi  turk  tilida  arxaizm  bo‘lib 

qolgan  al  so‘zini  faqat  badiiy  matlar,  maqol  va  matallar  tarkibida  uchratish 

mumkin:  Al  ile  arslan  tutulur,  güç  ile  sıçan  tutulmaz    (Hiyla  bilan  arslon 

tutiladi,  ammo  kuch  bilan  sichqon  tutilmas).  Bu  maqol  tarkibidagi  sıçan  so‘zi 

ham  eskirgan  so‘z  hisoblanadi.  Chunki  hozirgi  turk  tilida  “sichqon”    fare 

deyiladi.  Shuningdek,  Al  ile  güzellik  olmaz,  zor  ile  pazarlık  olmaz  maqoli 

tarkibidagi  al  (ol)  so`zi  o`rnida  hozirgi  turk  tilida  kırmızı  so`zi  ishlatiladi  (Ol 




37 

 

(qizil)  bilan  go`zallik  bo`lmas,  zo`ravon  bilan  tortishib  bo`lmas)  kabi.  Quyida 

keltirilayotgan misollarda belgilangan so`zlar arxaik leksikaga oiddir: 


Download 292.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling