Sharq psixologiyasida shaxs muammosi

Shaxs shaxs tanasidan tashqarida bo'lishi mumkin emas, degan fikrlami bayon qiladilar

Download 0.93 Mb.
bet5/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1618583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ШАРК ПСИХОЛОГИЯСИ

Shaxs shaxs tanasidan tashqarida bo'lishi mumkin emas, degan fikrlami bayon qiladilar.

Lokayata ta’limoti chorvaka maktabi muxlislari tomonidan har tomonlama rivojlantirildi. Chorvaka ta’limotining asosiy qoidalari eramizdan avvalgi IV—III asrlarda yashagan Kautilya traktatlarida bayon qilingan. Chorvaka maktabi tarafdorlarining fikriga ko'ra, shaxs u dunyoda emas, balki bu dunyoda, yer yuzida ro'y beradigan hodisa va voqealarga qarab mo'ljal olishi zarur. Shaxs tanasi huzur-halovat va azob-uqubatlar bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham shaxs kundalik amaliy faoliyatida huzur-halovat (kama) va foyda olish (artxa) prinsiplariga amal qilmog'i darkor. Huzur-halovat, shubhasiz, shaxsning kundalik amaliy faoliyati bilan bog'liq. Qilgan mehnatidan huzur-halovat olish, undan qoniqish hosil qilish — shaxsning eng oliy maqsadidir. Boylik va ezgulik esa unga erishish vositasidir. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, chorvaka maktabining muxlislari hayotdan qoniqish tuyg'usini shaxsning eng muhim xususiyati, deb qaraydilar. Ularning fikriga ko'ra, shaxs hayotining ma’nosini kundalik hayotdan ko'proq huzur-halovat olish, azob-uqubatlardan holi bo'lish tashkil etmog'i lozim. Lekin ayrim hollarda huzur-halovat, turli azob-uqubatlar bilan birga ro'y berishi ham mumkin. Azob-uqubatlardan esa ko'r-ko'rona, birdan voz kechib bo'lmaydi. Chunki ba’zan huzur-halovat azob- uqubat bilan chirmashib ketadi. Kishilarda o'zining kundalik amaliy faoliyatidan, turmush tarzidan rohatlanish tuyg'usini shakllantirish — chorvaka maktabi tarafdorlarining ulkan orzusi edi. Shuning uchun ham chorvakaliklar — «yegin, ichgin, xursandchilik qilgin», degan qoidaga ko'proq amal qilar edilar. ishunday qilib, qadimgi zamon Hind falsafasining o'ziga xos eng muhim xususiyati transendentalizmga moyilligi, ya’ni shaxs va uning ruhiy-ma’naviy olami, taqdiri va istiqboli koinotdan tashqarida yashayotgan transendental bilimlar bilan bog'langanligini e’tirof etishdir.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling