Sharq psixologiyasida shaxs muammosi


Download 0.93 Mb.
bet11/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1618583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ШАРК ПСИХОЛОГИЯСИ

Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra shaxs bilan tabiat orasidagi o'zaro aloqadorlikka putur yetkazmaslik darkor. Yer, suv, havoni ifloslantirish gunohi a’zim hisoblangan. Hatto suvga tupurgan kishiga o'lim jazosi tayinlangan. Zardushtiylik ta’limotida bayon qilinishicha, hatto shaxsning mijozi ham olam borlig'i tarkibidagi chor unsur bilan bevosita bog'liq. Vazmin, bosiq odamlarni «hoksor» deb atash, g'ayratli, harakatchan kishilarni «jo'shqin», «toshqin», «qaynoq qon», deb baholash yoki beburd, yengiltak kishilarni «havoyi», «bodiy», deb atash ham o'sha zamonlardan qolgan udumlardir. Odamzot tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim, degan nuqtayi nazar zardushtiylik ta’limotidagi eng muhim g'oyalardan biri edi.

«Avesto» tiklangandan so‘ng unga bitilgan sharhlarni «Zand» deb atay boshladilar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda Zand-Avesto termini yuzaga keldi. Zardushtiylik ta’limotida odam tanasi bilan joni orasidagi o'zaro aloqadorlikning mohiyatini tushuntirishga qaratilgan fikr-mulohazalaming ko'pligi alohida ahamiyatga molikdir. Ushbu ta’limotga asosan, odam o'lgandan so'ng uning joni uch kun tanada turar ekan. Faqat to'rtinchi kunda jon go'zal qiz qiyofasiga kirib, farishtalar yo'lboshchiligida narigi dunyoga jo'naydi. Narigi dunyoga yetib borgach, o'sha go'zal qiz «Chinvat» degan ko'prikdan o'tishi lozim. Bu dunyoda yaxshi ishlar qilgan odam uchun o'sha «Chinvat» ko'prigi kengayarmish. Undan bemalol o'tib olgan, tanani tark etgan jon abadiy rohat-farog'atda yashar ekan. Rohat-farog'atda yashayotgan jonlar oxiratni kutib yotaverarmish.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling