Shavkat Mirziyoyev
Hayvonlar va odamning turli a’zolarida oqsilning miqdori (quruq massaga nisbatan, % larda)
Download 0.68 Mb.
|
TAYYOR
Hayvonlar va odamning turli a’zolarida oqsilning miqdori (quruq massaga nisbatan, % larda)
Oqsilning eng ko‘p miqdori taloqda, o‘pkada, muskullarda joylashgan. Suyak va tishda esa uning miqdori eng oz ( 24%). Uglerod, vodorod va kislorod uglevodlar tarkibiga ham kiradi. Lekin uglevodlarning organizmdagi miqdori ko‘p emas, taxminan 2 % ga yaqin. Bu elementlar lipidlar (yog‘lar) tarkibiga kiradi. Fosfolipidlar tarkibida fosfor bo'ladi. Eng ko‘p lipidlarbosh miyada (12%), so‘ngra jigarda (5%) va qon tarkibida (0,6%) bor. Natriy va xlor asosan tashqi hujayraviy suyuqlikda yig‘iladi. Ftoridlar holatida natriy va kaliy suyak hamda tish to‘qimalari tarkibiga kiradi. Magniy esa fosfat holatida tishning qattiq to‘qimalari tarkibiga kirishi aniqlangan. Tirik organizm uchun zarur bo‘lgan 10 ta metall «hayot metallari» deb nom olgan. Massasi 70 kg bo‘lgan odamda hayot metallarining miqdori quyidagicha: 1700g - Ca, 250 g - K, 70 g - Na, 42 g - Mg, 5 g - Fe, 3 g - Zn, 0,2 g - Cu, 0,1 g yaqin Mn, Mo, va Co bo’ladi. Katta odam tanasida 3 kg ga yaqin mineral tuzlar bo’lib, uning 2,5 kg suyak to'qimalariga to‘g‘ri keladi. Ba’zi makroelementlar (Mg, Ca) va ko‘pchilik mikroele- mentlar organizmdagi bioligandlar - aminokislotalar, oqsillar nukiein kislotalar, gormonlar, vitaminlar bilan kompleks birik- malar hosil qiladi. Masalan, Fe2+kompleks hosil qiluvchi sifatida gemoglobin tarkibida, Co2+ vitamin Bl2 tarkibida, Mg2+ xlorofil tarkibida bo‘ladi. Boshqa elementlarning (Cu, Zn, Mo va boshqalar) ham biokomplekslari organizmda muhim rol o‘ynaydi. Turli xil kasalliklar kimyoviy elementlarning organizmdagi miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, raxit kasalligida fosfor-kalsiy almashinish jarayoni buzulib, organizmda kalsiyning miqdori kamayadi. Nefrit kasalligida bo'lsa, elektrolit almashinuvjarayoni buzulib organizmda kalsiy, natriy va xlorning miqdori kamayib, magniy va kaliylarning miqdori ortib ketadi. Organizmda makro va mikroelementlaming miqdorini ma'lum me’yorda ushlab turishda gormonlar ham qatnashadi.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling