Odam organizmida kimyoviy elementlarning tarqalishi.
Vodorod va kislorod makroelementlardir. Ular odam organizmida o‘rtacha 65% ni tashkil qiladigan suv tarkibiga kiradi. Suv kishi tanasida turlicha taqsimlangan. Oshqozon shirasida, solakda, qon plazmasida, limfada suvning massa ulushi 90 - 99,5 % gacha boradi. Siydikda, miyaning oq moddasida, jigarda, terida, orqa miyada, muskullarda, o‘pkada, yurakda 70 - 80% suv bor. Suvning suyakdagi massa ulushi 40% ga yetadi.
Uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, fosfor kabi makroelementlar oiganizmdagi oqsil, nuklein kislotalari va boshqa biologik faol moddalar tarkibiga kiradi. Oqsilda uglevodning massa ulushi 51 - 55% , kislorodniki 23 - 24%, azotniki 15 - 18%, vodorodniki 6,5 - 7% oltingugurtniki 0,3 - 2,5 %, fosforniki esa 0,5% ga yaqin bo‘ladi. Odam va hayvonlarning turli xil a’zo va to‘qimalarida oqsilning miqdori jadvaida keitirilgan. Oqsilning miqdoridan, ulardagi C, H, N, S, P larning taxminiy tarkibi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |