Shavkat Mirziyoyev


ODAM ORGANIZMIDA MAKRO VA MIKROELEMENTLAR


Download 0.68 Mb.
bet28/35
Sana08.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#253842
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
TAYYOR

2.9. ODAM ORGANIZMIDA MAKRO VA MIKROELEMENTLAR.

  • makroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10-2 % dan yuqori. Ularga O, H, C, N, P, S, Ca, Mg, Na, K va С1 kiradi;

  • mikroelementlar.  Ularning organizmdagi massa ulushi 10-5 % dan 10-2 %  gacha boradi. Bu elementlarga Fe, I, Cu, As, F, Br, Sr, Ba, Co kiritiladi;

  • ultramikroelementlar. Ularning organizmdagi miqdori 10-2 % dan kam bo‘ladi.

Bu elementiarga Hg, Au, U, Th, Ra kabi elementlar tegishlidir.Hozirgi paytda ultramikroelementlarni ham mikroelementlar jumlasiga kiritilmoqda.

V.V. Kovalskiy kimyoviy elementlarni ularning hayot uchun muhimligi jihatidan uch guruhga bo‘ldi:



  • hayot uchun eng zarur elementlar. Ular odam organizmida doimo mavjud. Ular fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibigakiradi: C, H, N, P, S, Ca, Mg, Na, K, Cl, l, Fe, Mn, Cu, Co, Zn, Mo, V. Bu elementlarning yetishmasligi kishi organizmi faoliyatining buzulishiga olib keladi;

  • aralash elementlar. Ular odam va hayvon organizmida har doim bor, ularning biologik ahamiyati to‘la o‘rganilgan emas: Ga, Sb, Sr, Br, F, B, Be, Li, Si, Sn, Cs, Al, Ba, Ce, As, Pb, Ra, Bi, Cd, Ni, Ti, Ag, Th, Hg, U, Se.

  • odam va hayvonlar organizmida topilgan, lekin miqdori va biologik ahamiyati aniqlanmagan elementlar: Sc, Tl, In, La, Pr, Sm, W, Re, Th va boshqalar.

Turli xil hujayra va organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan elementlarni biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlaming aniq sonini ko’rsatish hozirgi vaqtda juda mushkul ish, chunki juda oz miqdorda bo’ladigan mikroelementlarni aniqlash, ularning biologik ahamiyatini ko‘rsatish nihoyatda murakkabdir. Hozirgi paytda 24 ta elementning biologik ahamiyati to‘!a aniqlangan bo’lib, bu elementlarga yuqoridagi hayot uchun zarur elementlar va aralash elementlar kiradi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling