Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


ichki silindrsimon sirtlarni yo‘nib kengaytirish


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

ichki silindrsimon sirtlarni yo‘nib kengaytirish
Yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanogida olib boriladigan 
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida yog‘ochning o‘lchamiga qarab, uni 
qanday moslama yordamida ish berish, ularni o‘rnatish, tokarlik 
stanoklarida ishlatiladigan iskanalarni ishlatish usullarini o‘zlashtiring. 
Stanok yordamida silindr sirtlarni xomaki yo‘nishni o‘rganing. Y
o‘nuvchi 
iskanani yog‘ochga nisbatan tutish va surishni mashq qiling (14-rasm). 
Buning uchun yo‘niladigan yog‘ochning ikkala uchidan markazlar 
belgilanadi va parmalab uya (markaz o‘rni) ochiladi. Yog‘ochning 
shu uyalariga oldingi va keyingi babka markazlari o‘rnatiladi. Dasta 
yordamida pinol surib, ishlanadigan yog‘och markazlar orasiga o‘rnatiladi 
va u bo‘shab ketmasligi uchun pinol ketingi babka korpusiga qotirib 
qo‘yiladi. Yog‘ochning to‘g‘ri va puxta o‘rnatilganligini tekshirish uchun 
qo‘l bilan aylantirib ko‘riladi. Shuningdek, uning erkin aylanishini 
13-rasm. Shakldor yuzalarni tayyorlash va andaza yordamida tekshirish.
b) Shakldor yuzalar
a)
andaza keskich


37
14-rasm. 
Tirgakni vaqti-vaqti bilan yog‘ochga yaqinlashtirib borish.
ta’minlash maqsadida keyingi babka markaziga bir-ikki tomchi moy 
tomiziladi yoki solidol surtiladi. Yo‘nish vaqtida tirgak yog‘ochga 
yaqin o‘rnatiladi va yo‘nish davomida u vaqti-vaqti bilan yaqinlashtirib 
boriladi. Yog‘och bilan tirgak orasidagi masofa uzoqlashsa, iskanani 
tutib turish qiyinlashadi (14-rasm). 
Xomaki yo‘nish yo‘nuvchi iskana yordamida bajariladi. Ularning 
eni 6 mm dan 60 mm gacha bo‘lib, nov shaklida bo‘ladi. O‘quv 
ustaxonalarida har bir stanokka xomaki yo‘nish uchun eni 30 mm 
atrofida bo‘lgan bitta va shakldor sirtlarni yo‘nish uchun eni 16,5 mm 
bo‘lgan ikkinchi yo‘nuvchi iskana bo‘lsa kifoya.
a)
b)

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling