Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Efiroplastlar.
- Polimerlar va metall birikmalardan buyumlar tayyorlash
Poliamidlar. Amino kapron kislotalarini polikondensatsiya qilish
yo‘li bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari chiqarilsa o‘chadi. Issiqligida ip bo‘lib cho‘ziladi. Polimerlar, asosan, «Navoiyazot» birlashmasida ishlab chiqariladi. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda ishlatiladi. 1. Kapralon ipi . Kiyim cho‘tkalarining qilini tayyorlash uchun foydalaniladi. 2. Karbamid plyonkasi. Qaynatib pishirilgan qazi va dudlangan pishloqlarni qadoqlash uchun ishlatiladi. 3. Kapron tolasi. Xotin-qizlar paypog‘i, avtomashina pokrishkasi va baliq ovlash to‘rlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Efiroplastlar. Organik kislotalar va ko‘p atomli spirtlar reaksiyasi natijasida olinib, tovar ishlab chiqarishda to‘rt xil holatda ishlatiladi. 1. Lavsan plyonkasi. Pishiq hamda tiniqligi uchun parda shaklida magnitofon lentasi ishlab chiqarishda va go‘shtni o‘rashda foydalaniladi. 2. Lavsan tolasi. Yaxshi dazmollanishi va dazmolni uzoq vaqt saqlash uchun junga qo‘shib gazlama to‘qishda qo‘llaniladi. 3. Shisha shifer. Shisha tolalarini glitserin va malein kislotasini polikondensatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan qatron bilan shimdirib olinadi. U sarg‘ish rangli tiniq shifer bo‘lib, yozgi binolarning tomini yopishda ishlatiladi. 4. Shisha tola anizotrop material plastmassasi. Shisha tolalarini turli murakkab efirlar bilan shimdirish natijasida olingan bo‘lib, quyma stullar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Polimerlar va metall birikmalardan buyumlar tayyorlash Tariflari keltirilgan bir qator polimerlar bugungi kundalik faoliyatimizda ko‘p uchraydi. Shulardan biri plastmassa trubalaridir. O‘zbekistonda VERO, AKFA, ARTPLAST nomlari bilan bir necha xildagi plastmassa trubalari ishlab chiqarilmoqda. Plastmassa trubalaridan ichimlik suvlari uchun 47 vintellar, kanalizatsiya quvurlari, issiqlikni saqlash qurilmalariga issiq suvni yetkazib berish, issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlash va shu kabi bir qator ishlarni bajarishda foydalanilmoqda. Plastmassa trubasining nam ta’sirida yemirilmasligi va tashqi kuch ta’sirida o‘z holatini yo‘qotmasligi uning eng ijobiy tomonlaridan biridir. Lekin salbiy tomoni issiqqa bardoshsizligidadir. Plastmassa trubalariga ishlov berish juda oson. Ularni oddiy arralar, o‘tkir tig‘li pichoqlar bilan bemalol kesish mumkin. Trubalarni biriktirishda esa maxsus plastik erituvchi dazmoldan foydalaniladi. Plastmassa trubalarning shakllari, ko‘rinishi 20-rasmda ifodalangan. 20-rasm. Plastmassa trubalar va ulash jihozlari: a – to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazgich; b – ulagich; d – tarmoqlagich; e – truba. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling