Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Polimerizatsion plastmassalar
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polikondensatsion plastmassalar.
- Fenoplastlar.
- Aminoplastlar.
Polimerizatsion plastmassalar deb, to‘yinmagan past molekulali
organik moddalardan to‘yingan yuqori molekulali organik moddalar olish jarayoniga aytiladi. Polimerizatsion plastmassalar tarkibiga qarab olti guruhga bo‘linadi: poliolifenlar, teflonlar va boshqalar. Poliolifenlarga polipropelin va sevilinlar kiradi. Polietilen dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning 23 foizini tashkil qiladi. Rangi sadafsimon oq, ushlab ko‘rganda oq mumni eslatadi. 45 Teflon. Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh bera olganligi uchun organik platina deb ataladi. Undan tovalarning ichini qoplashda foydalaniladi. Bunday tovada masalliqni yog‘siz qovurish mumkin. Polikondensatsion plastmassalar. Polikondensatsiya deb, to‘yingan turli uglevodlarning birikishi natijasida yuqori molekulali organik hamda qo‘shimcha moddalar, masalan, suv hosil bo‘lish reaksiyasiga aytiladi. Polikondensatsion plastmassalar sakkiz guruhga bo‘linadi. Fenoplastlar. Bular fenol va formaldegidning qo‘shma polimeri- zatsiyasi natijasida olinadi. Fenoplastlar yonmaydi, ammo issiqlik ta’sirida zaharli fenol chiqaradi. Xalq xo‘jaligida ikki holatda ish- latiladi: 1. Karbolit . Fenolformaldegid qatroniga bo‘r va tuyilgan yog‘och massasi qo‘shib olinadi. Bundan akkumulatorlar idishi ishlab chi qariladi. 2. Getinaks. Qog‘oz varaqlarini fenolformaldegid qatroniga shim- dirish yo‘li bilan olinadi va texnik murakkab tovarlarning ba’zi qismlari uchun ishlatiladi. Aminoplastlar. Bular melamin va formaldegidning qo‘shma po- limerizatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Yonmaydigan va bezarar plastmassa. U ni ishlab chiqarishni dastlab o‘tgan asrning 20-yillarida avstriyalik kimyogar F.Pollak yo‘lga qo‘ygan. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda qo‘llaniladi. 1. Metalit . Melaminoformaldegid qatroniga bo‘r va tuyilgan yog‘och massasi qo‘shib olinadi. Undan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun idishlar ishlab chiqariladi. 2. Yupqa qatlam . Qog‘ozga melaminoformaldegid yoki mochevino- formaldegid qatroni shimdirib olinadi. Yog‘och – payraha taxtalar (DSP) ustini qoplash uchun ishlatilgani sababli qog‘oz qatlamli bezash plastikasi nomi bilan yuritiladi. 3. Mipora. Melaminoformaldegid yoki mochevino-formaldegid qat- ronini ko‘pirtirish natijasida olinib, qurilishda issiqlikni saqlaydigan qatlam sifatida ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling