Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Simlardan yasaladigan detallar


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Simlardan yasaladigan detallar 
Ko‘ndalang kesimining diametri 8 mm
gacha bo‘lgan uzun metall 
o‘zaklar simlar deb ataladi. Simlar odatda po‘lat, mis, aluminiy, latun 
va boshqa metallardan yasaladi. 


53
Zavodlarda simlar asosan o‘ramlar shaklida ishlab chiqariladi. Keyin 
ulardan kerakli qirqimlar kesib olinadi.
Kesib olingan sim bo‘lagini ishlatishdan oldin to‘g‘rilash lozim 
(23-rasm). Yumshoq simlarni plita ustiga qo‘yib bolg‘a bilan yengil 
zarbalar berish (23-rasm, a) hamda qayrilgan qismini ombur bilan 
qattiq qisgan holda (23-rasm, b) yoki tiskiga metall sterjen o‘rnatib, 
tayoqchalarga o‘ralgan simni undan tortib o‘tkazish orqali to‘g‘rilash 
mumkin (23-rasm, d).
Simdan turli shakllar yasash uchun u yassi jag‘li omburlar bilan 
qisiladi va kerakli burchak ostida bukiladi. Qiyshiq chiziq shaklidagi 
murakkab detallar esa dumaloq jag‘li omburlar bilan yasaladi. 
Halqa shaklidagi buyumlarni yasashda silindrsimon moslamalardan 
foydalaniladi. 
23-rasm. Simlarni to‘g‘rilash usullari. a – Bolg‘ada to‘g‘rilash; 
b – omburda to‘g‘rilash; d – sterjenda to‘g‘rilash.
Spiral o‘ramlari dumaloq o‘zaklarga o‘raladi. Bunda mazkur o‘zaklar 
simning uchi bilan birga tiskiga mahkamlab o‘rnatiladi. Simni o‘zakka 
aylantirib qattiq o‘rash orqali o‘ramlar hosil qilish mumkin.
Yasalgan spiral yassi jag‘li ombur bilan kesilsa, o‘ramlar alohida 
halqalar shakliga keladi. Halqalardan zanjir tayyorlashda, pardalarni 
osishda foydalanish mumkin.
Simni o‘zak va taxtacha bilan to‘g‘rilashda uning uchlarini 
yog‘ochlarga mahkam bog‘lash shart.
Simning o‘tkir uchlarini egov bilan tozalash kerak.


54

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling