Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


-rasm. Tunukani to‘g‘rilash. 25-rasm


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

 24-rasm. Tunukani to‘g‘rilash. 25-rasm.
Tunukani belgilash va chizib olish.
Tunukani belgilash.
Tunukani belgilash uchun quyidagi asboblar 
ishlatiladi: chertilka, chizg‘ich, qalam, sirkul, reysmus, go‘niya, kerper, 
shablonlar.
Kontur chiziqlardan farqli holda, egish chiziqlari listga ikki tomonidan 
o‘tkaziladi, chunki bukayotgan paytda chiziq tashqi tomonidan ham 
bo‘lishi kerak. Kontur chiziqlar bilan egish chiziqlarini orqa tomonidan 
to‘g‘ri chiziq qilish uchun listni kern orqali bo‘rtirib olinadi. Oq tunuka, 
ruxlangan temir va boshqa yumshoq metallarning egish chiziqlarini 
qalam yordamida chizish kerak, chunki chertilka chuqur iz qoldiradi va 
korroziyaga qarshi bo‘lgan sirtni buzib yuboradi.


56
Tunukani qirqish. Q
aychi bilan qirqayotganda uning pichoqlari 
oralig‘i va qirqish burchagi katta ahamiyatga ega. Pichoqlar orasidagi 
tirqish 0,1 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
Qaychilar har doim tayyor bo‘lishi uchun uni o‘z vaqtida charxlab, 
pichoqlari orasidagi oraliqni kichraytirib turish lozim.
Tunukani bukish. Bu tunukadan hajmli shakllarni paydo qilishning 
asosiy usulidir. Bukish tiskida, maxsus opravkalar va maxsus uskunalar 
yordamida bajariladi. Belgilab olingandan keyin egish chizig‘i tisk 
tepa joyining uchiga qo‘yiladi. Tiskining qisadigan joyi tunukani buzib 
qo‘ymasligi uchun uning chekkasiga nagubniklar joylashtiriladi va 
tunuka kiyanka bilan uriladi (26-rasm, a).
26-rasm. Tunukani bukish.
a)
b)


57
Kengroq bo‘lgan tunukani bukish uchun yog‘och brusokdan 
foydalaniladi (26-rasm, b).
Tunuka bilan ishlaganda yasalgan detalning mustahkamligini 
oshirish va chiqib qolgan chekkalarini qayirib olishi uchun otbortovka 
qo‘llaniladi. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi va bajarilayotgan 
paytda katta aniqlikni talab qiladi.
Uzun sim zagotovkalarni kesishda qo‘l va yuzni jarohatlashdan 
ehtiyot bo‘lish kerak.
Bukishda foydalaniladigan moslama (opravka) tiskiga mahkamlab 
o‘rnatiladi.
Sim to‘plami uch-to‘rtta joyi bog‘langan, rulon ko‘rinishida keltiriladi. 
Kerakli uzunlikdagi simni qirqib olish uchun bog‘lab tortuvchi tugunlarni 
yechib, uni orqaga itarib chiqarish lozim. Agar sim tortib olinsa, u o‘ralib 
qoladi va oxiri chigallashib chiqmay qoladi. Zagotovkani kerakli bo‘lgan 
uzunlikda qirqib olish uchun metall chizg‘ich yordamida o‘lchab olinadi 
va keyin qirqiladi.
Ko‘pincha uzunligi bir xil simlar kerak bo‘ladi. Buning uchun avval 
bitta sim kerakli uzunlikda qirqib olinadi va qolgan simlar uzunasini 
o‘lchash uchun ishlatiladi. Ingichka va yumshoq simni ombur yoki 
passatij yordamida qirqib olish mumkin.
Simni qirqish uchun u sandonga qo‘yiladi (27-rasm, a) yoki tiskiga 
vertikal holatda o‘rnatiladi. Tiskida qirqiladigan joyi tepaga qaratiladi 
va qirqiladi (27-rasm, b).

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling