62
Detalni o‘lchashda shtangensirkul jag‘larining qiyshayishiga yo‘l
qo‘ymaslik, ularni tegishli holatda qotirish
vinti bilan mahkamlab
qo‘yish lozim.
Shtangensirkulning ko‘rsatkichini o‘qishda uni to‘g‘ri tutib qarash
kerak bo‘ladi.
Shtangensirkul jag‘larining uchi o‘tkir bo‘ladi va shuning uchun uni
ishlatishda ehtiyot bo‘lish zarur.
Mazkur asbob ish o‘rnida foydalanish uchun qulay holatda qo‘yiladi.
Uning ustiga chiqindilar, qirindilar tushmasligi kerak.
Shtangensirkulni ishlatib bo‘lgach, latta bilan artish lozim.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Shtangensirkul noniusi deb nimaga aytiladi?
2. Shtangensirkulni asrashda qanday qoidalarga amal qilinadi?
3. Shtangensirkul bo‘linmasining qiymati deb nimaga aytiladi?
4. Shtangensirkul yordamida millimetrning butun va o‘nlik ulushlari
qanday o‘lchanadi?
5. Shtangensirkulda 10; 18; 20,4; 33,9 o‘lchamlarini belgilang.
Amaliy laboratoriya ishi
Shtangensirkulda o‘lchash usullari bilan tanishish
Jihozlar
Do'stlaringiz bilan baham: