Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Shtangensirkul  Ishni bajarish tartibi


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

 
Shtangensirkul 
Ishni bajarish tartibi
1. Shtangensirkul yordamida zagotovkalarning turli o‘lchamlarini aniq-
lashga doir amaliy ishlar bajaring.
2. Shtangensirkulda butun sonlarni: 5, 10, 20, 30, 2, 5, 9, 11, 15, 21, 26, 
29, 54, 78 mm ni belgilash bo‘yicha o‘lchash mashqlarini bajaring.
3. Shtangensirkulda millimetrning butun sonlari bilan o‘nlik ulushlarni 
belgilash bo‘yicha o‘lchash mashqlari: 5,5; 10,5; 15,5; 2,4; 4,8; 9,1; 
13,7; 16,9; 21,3; 73,2 qiymatlarni aniqlang.
Muammoli topshiriq 
Shtangensirkulda o‘lchash noqulay bo‘lgan yuzali buyumni qismlarga 
bo‘lib o‘lchash ketma-ketligini bajaring.


63
3.3 MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA ULARDAN 
FOYDALANISH
Frezarlash, tokarlik va parmalash stanoklarining vazifasi
tuzilishi va ishlov berish texnologiyasi 
Frezarlash stanoklari.
Maktab ustaxonalarida gorizontal frezarlash 
stanogi qo‘llaniladi (33-rasm). U bilan vertikal va gorizontal yuzalarga 
silindrik, diskli, torsovkali, burchakli, uchli va fason frezalar yordamida 
ishlov berish mumkin. Bu stanok o‘quvchilarning ishlash xavfsizligiga 
to‘la javob beradi. U yoritkich va ish zonasini himoyalovchi ekran bilan 
ta’minlangan. Stanokning shovqini va vibratsiyasi standart me’yorlarga 
javob beradi.
Stanokning stoli ko‘ndalang va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha 
harakatlana oladi.
Aylanish stanokning gorizontal shpin delidan kallakning shpindeliga, 
konussimon va silindrli-tishli uzatkich yordamida uza tiladi. 
Frezalar. Frezalar mahkamlanish 
usu 
liga, shakliga, konstruksiyasi va 
tishlar yo‘nalishiga qarab bo‘linadi.
Tish konstruksiyasiga qarab fre 
-
zalar o‘tkir charxlangan va par-
dozlovchilarga bo‘linadi (34-rasm).
O‘tkir charxlangan frezaning 
orqa yuzi, pardozlovchilarda old 
yuzi charxlanadi.
Frezalar tishining shakliga qarab, 
to‘g‘ri vintsimon va har tomonga 
yo‘nalgan tishli frezalarga bo‘linadi.
33-rasm. Gorizontal frezalash 
dastgohi.


64
Frezalar – ko‘p lezviyali asbob. Har bitta tishi keskich rolini o‘ynab, 
qirindini vergulsimon qilib oladi. Ish paytida bitta yoki bir nechta tish 
qatnashib, qolganlari shu vaqt ichida sovib ulguradi. Shunday qilib
frezalar tishi navbatma-navbat ishlaydi.
Frezalar tez kesuvchi P6M5, P6M5K5, P18 po‘latlardan yoki 
qattiq DK6, BK8 qotishmalaridan tayyorlanadi. Freza tishning old 
yuzidan qirindi chiqariladi, orqa tomoni esa ishlov berilayotgan detalga 
qaratilgan.
Rasmda frezaning asosiy burchaklari ko‘rsatilgan: o‘tkirlik burchagi 
p 50–70°, orqa burchak 12–30°, oldingi burchak va kesish burchagi 
(35-rasm).

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling